13.04.2021 yildagi PF-6207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, qimmatli qogʻozlar chiqarilishini koʻpaytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln soʻmga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil boʻlgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan ilgʻor yondashuvlarni qoʻllash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorining uygʻun faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini taʼminlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga ilgʻor xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha toʻsiqlar va cheklovlarni bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni taʼminlovchi qonunchilik bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, koʻnikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi belgilangan korxonalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlarning umumiy hajmini yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foiziga yetkazish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy emitentlar oʻz aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan soʻng anderrayter tavsiyasiga koʻra xorijiy fond bozorlarida joylashtirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy savdolar orqali aksiyalarni IPO yoki SPO usulida joylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini quyidagi shartlarda oʻtkazish belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPO yoki SPO yoʻli bilan sotiladigan aksiyalarni xarid qilish uchun arizalarni toʻplash ushbu IPO yoki SPOni oʻtkazish shartnomasi tuzilgan anderrayter yoki anderrayterlar guruhi tomonidangina amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anderrayter aksiyadorlik jamiyatini dastlabki oʻrganish natijalari asosida aksiyalar xaridi boʻyicha arizalarni toʻplash uchun narx chegaralarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPO va SPO yoʻli bilan aksiyalarni taqsimlash aksiyalarga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anderrayterga aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan shartnoma asosida aksiyalar taqsimlanadigan investorlarni tanlash, shuningdek, investorlarga IPO va SPO doirasida xarid qilingan aksiyalarni sotish taqiqlanadigan muddatni belgilash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy bank 2021-yil 1-noyabrga qadar “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” DUK hisob raqamlari Markaziy bankka oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining “Moliya va investitsiya savodxonligi” dasturini quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar, jumladan kapital bozori hamda moliyaviy instrumentlar haqida xabardor qilish bilan bogʻliq tashabbuslarni hamjihatlikda amalga oshirgan holda mutasaddi tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy oʻquv muassasalari va tadqiqot institutlari, moliya tashkilotlaridan yetakchi mutaxassislarni moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga oid taʼlim tadbirlariga keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari hamda noiqtisodiy yoʻnalishdagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik” oʻquv kursini fan sifatida joriy etish. Ushbu fan doirasida mablagʻlarni toʻgʻri boshqarish, oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilish, jumladan moliyaviy instrumentlar boʻyicha oʻqitish metodologiyasini ishlab chiqish hamda “Moliyaviy savodxonlik olimpiadalari”ni tashkil etish orqali oʻquv kursining samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy, shu jumladan investitsiya boʻyicha savodxonligini oshirish borasidagi barcha tadbirlarni 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi doirasida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Dasturning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar masʼul xodimlari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhlari shakllantirilishini va ularning faoliyatini samarali tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan har bir korxona boʻyicha alohida “yoʻl xarita”lari tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6207-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya muhitini tubdan takomillashtirish, davlat aksiyalar paketini sotish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk daxlsizligi, uning roli va ahamiyatini oshirish, shu jumladan davlat aktivlarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlariga oʻtish, kapital bozorini iqtisodiyotni rivojlantirishning yetakchi omillaridan biriga aylantirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi davr mobaynida qimmatli qogʻozlar bozorini isloh qilish, xususan ushbu sohadagi qonunchilik tizimini takomillashtirish, investorlar huquqlarining himoyasini kuchaytirish, kapital bozorini samarali tartibga solish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik oʻrnatish yoʻlida ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda kapital bozorini yanada rivojlantirish, raqobat muhitini shakllantirish va fond bozori likvidligini oshirishni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq oʻz yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar va kamchiliklar mavjud, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorini rivojlantirish sohasida davlatning strategik rejalashtirish tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan ulushi past (0,3 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond bozorida amalga oshirilayotgan bitimlarning yuqori qismi (birjadagi hajmlarning 70 foizidan ortigʻi) davlat ishtirokidagi korxonalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining likvidligi past, davlat qimmatli qogʻozlari ikkilamchi bozorini rivojlantirish zaruriyati mavjud, amaliyotga joriy etilgan moliyaviy mahsulotlar turlari yetarli emas, davlat aksiya paketlari “bitta aksiya bitta lot” tamoyili asosida sotilmaydi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlar bozorida mablagʻ jalb qilishga boʻlgan qiziqishi past;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozoriga uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ega yirik institutsional investorlarni jalb qilish boʻyicha ishlar sust olib borilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor infratuzilmasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan, shuningdek, ushbu sohada mahalliy tizimlarning imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy darajada kapital bozori infratuzilmasi mutlaqo rivojlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori sohasida bozor kapitallashuvini oshirish choralarini faol ravishda ilgari surish va amalga oshirishga imkon beradigan yuqori malakali mutaxassislar yetishmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani nomutanosib tartibga solishni nazarda tutuvchi hamda zamonaviy bozor talablariga va xalqaro standartlarga javob bermaydigan huquqiy hujjatlar koʻp;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ munosabatlar zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kamchiliklar kapital bozorining ulkan salohiyatidan foydalanishga, uning kapitallashuvi va likvidligini lozim darajada taʼminlashga, investitsiyalarni samarali jalb etishga, iqtisodiyot hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalari rivojiga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dasturning asosiy maqsadi erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlar umumiy hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi nisbatini 5 foizga yetkazishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishni chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi davlat siyosatini tubdan takomillashtirishdan iborat boʻlib, quyidagi ustuvor strategik vazifalarni oʻziga qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar uchun jozibador mexanizmlarni joriy qilish hisobiga kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln soʻmga yetkazish, bank tomonidan kreditlashning samarali muqobil mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan ilgʻor yondashuvlardan foydalanish orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotning investitsiyaviy talablarini maksimal darajada qanoatlantirish maqsadida kapital bozorining uygʻun faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini taʼminlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha toʻsiqlar, cheklovlar va sohaning haddan tashqari tartibga solinganligini bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini, tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni taʼminlovchi zarur qonunchilik bazasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan taʼminlashning barqaror tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, koʻnikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Emitentlar sonini koʻpaytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali taklifni oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozoridagi taklifni oshirish va korporativ boshqaruvni rivojlantirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning jozibadorligini oshirish, korxonalarni transformatsiya qilish, ularda korporativ boshqaruv va moliyaviy auditni joriy etish hamda operatsion samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjaviy investitsiya fondlari (Exchange traded funds) kabi moliyaviy vositalarni, shu jumladan oltinga bogʻlash orqali (Gold ETF) joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud obligatsiya turlarini ipoteka qimmatli qogʻozlari va “Sukuk” obligatsiyalari kabi yangi turlarini joriy etish orqali diversifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va ushbu tamoyillarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kraudfanding vositalarini keng joriy etish orqali mahalliy kapital bozoriga investorlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish hamda infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalarni mahalliy fond birjasida ommaviy taklif orqali xususiylashtirishni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorining mavjud infratuzilmasini tubdan takomillashtirish boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” Respublika fond birjasi oʻrtasida dasturiy aloqalarni oʻrnatish orqali davlat qimmatli qogʻozlari ikkilamchi savdolarida fond birjasi brokerlarining qatnashishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUKga Markaziy bankda hisobvaraq ochgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ axborot yagona portali va “Toshkent” Respublika fond birjasi veb-saytining tegishli boʻlimlari bazasida listing kompaniyalari va aksiyadorlari tomonidan axborotni oshkor qilish boʻyicha korporativ va bozor maʼlumotlarini oshkor qilishning yagona platformasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida barcha investorlar uchun ochiq boʻlgan emitent nomi, aksiya turi, imtiyozli aksiya uchun toʻlanadigan foiz, toʻlanadigan dividend miqdori va uni toʻlash sanasini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar bazasining elektron tablosini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolarining manfaatlarini ifoda etuvchi kapital bozori professional ishtirokchilarining oʻzini-oʻzi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” Respublika fond birjasining moddiy-texnika bazasini kuchaytirish va tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan uning investitsion jozibadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobini yuritish hamda boshqa depozitar operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kapital bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yoʻli bilan kapital bozorini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona dasturiy texnik kompleks (YADTK) faoliyatining uzluksizligini taʼminlash, rivojlantirish hamda uning zaxira markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond bozorida bitimlarni onlayn tartibda amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari boʻlgan mijozlar uchun ularning shaxsiy ishtirokisiz depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya vositachilari bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaxsiy maʼlumotlarini olish maqsadida “Oʻz mijozingni bil” (KYC) va “Daromadni legallashtirishga qarshi kurashish” (AML) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish usullarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan Milliy raqamlash agentligi funksiyasini bajarish va xalqaro ISO standartlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligiga oʻz nazorat funksiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi YADTKning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kapital bozorini huquqiy tartibga solish va nazorat qilish masalalarini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishning asosiy maqsadi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda samarali huquqiy bazani yaratish va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishdir. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) tamoyillari asosida sohaga oid toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi, jumladan “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihacini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori regulyatoriga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida uning chinakam mustaqilligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiyalashuv jarayonlarini ragʻbatlantirish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida investitsiya jamgʻarmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amaldagi qonunchilikka xolding korxonalari faoliyatini tartibga solish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional imkoniyatlarni optimallashtirish va tegishli tartiblarni byurokratiyadan holi qilishni hisobga olgan holda savdo, kliring va hisob-kitob qoidalarini, shuningdek, investitsion maslahatchilar va vositachilar uchun qoidalarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ehtimoliy xatarlarni hamda mamlakat moliya bozorining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda kapital harakatini samarali tartibga solish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) oʻrtasida maslahatlashuvlar, hamkorlik va axborot almashinuvi boʻyicha koʻp tomonlama anglashuv Memorandumini imzolash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining quyidagi vakolatlarini qonun darajasida mustahkamlash orqali nazorat funksiyasini va huquqiy tartibga solishni kuchaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan jismoniy shaxslarga jarima hamda yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalarni mustaqil ravishda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, kapital bozori ishtirokchilari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish va uni oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat funksiyasi doirasida taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar haqida axborotlarni eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozoridagi talabni oshirish boʻyicha mavjud muammolarning kompleks yechimini taʼminlash hamda kapital bozoridagi talabni oshirishni ragʻbatlantirish maqsadida turli yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish alohida ahamiyatga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish va aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflariga ariza berish, davlat va korporativ obligatsiyalar hamda boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun buyurtma berish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan mahalliy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini sotib olish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorida sugʻurta kompaniyalarining ishtirokini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozori sohasiga oid masalalar boʻyicha aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini amalga oshirishda barqaror mexanizmlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning mohiyati, ahamiyati va amalga oshirilishini tushuntirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat qimmatli qogʻozlari bozorini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda davlat qimmatli qogʻozlari bozorini, shu jumladan ularning ikkilamchi bozorini rivojlantirish, bu borada xalqaro standartlarni joriy etish hamda investorlar bazasini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek, market-meyker institutini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish, jumladan inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlari bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish, bu borada shaffoflikni taʼminlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kapital bozori ishtirokchilarining malakasini oshirish, ularni oʻqitish va qayta oʻqitish tizimini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohani bilimli mutaxassislar bilan taʼminlash, ularni qayta oʻqitish va malakasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bozorini tartibga solish sohasida bilim va koʻnikmalarga oʻrgatishga qaratilgan kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha institutsional baza yaratish, jumladan Bank-moliya akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida kapital bozori mutaxassisligi boʻyicha alohida yoʻnalishlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash va kapital bozori rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligiga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organlarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida erishiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

2020-yil (amalda)

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

Erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlarga asoslangan bozor kapitallashuvi

trln soʻm

1,9

4,9

14,5

45

2.

Erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlarning umumiy qiymati

Foizda

(YAIMga nisbatan)

0,3

0,7

1,9

5

3.

Korporativ obligatsiyalarning umumiy qiymati

trln soʻm

0,16

0,75

1,88

3,94

Foizda

(YAIMga nisbatan)

0,03

0,1

0,3

0,5

4.

“Moliya va investitsiya savodxonligi” dasturi asosida qamrab olinadigan aholi va tadbirkorlik subyektlari soni

nafar

5 000

20 000

40 000

5.

Investitsiya hisob raqamlari soni

yil davomida faol boʻlgan depo hisobvaraqlar

4 000

6 000

10 000

20 000

6.

Hududiy investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarning qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismi

foizda

(hududiy investitsiya dasturi qiymatiga nisbatan)

1

3

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur koʻrsatkichlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra qayta tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Emitentlar sonini koʻpaytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali taklifni oshirish

1.

Davlat aksiyalar paketini sotish jarayonini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Kompaniyalarning bozorga kirishga tayyorligi, listingga kiritilgunga qadar korporativ transformatsiyasi orqali davlat aksiyalar paketini belgilangan tartibda sotish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank

2. Davlat aksiyalar paketini sotishni asosan mahalliy kapital bozorida amalga oshirish, respublikaga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, anderrayter tavsiyasiga koʻra mahalliy emitentlar oʻz aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan soʻng xorijiy fond bozorlarida joylashtirish tartibini qoʻllash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil sentabr

3. Aksiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirishga toʻsqinlik qilmaydigan davlat ishtirokidagi korxonalarning sotib olinadigan aksiyalari boʻyicha cheklovlarni belgilash, institutsional investorlar uchun faqat birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif bilan kapital bozorida savdoni amalga oshirish orqali oʻz ulushini yanada oshirish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

4. Davlat aksiyalar paketini sotish jarayonini qoʻllab-quvvatlash uchun donorlarning texnik koʻmagini keng jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

2.

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

1. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining mustaqil aʼzolariga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2021-yil dekabr

3. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari mustaqil aʼzolari reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil dekabr

3.

Bozor talablaridan kelib chiqqan holda qimmatli qogʻozlarning yangi turlarini amalda joriy etish.

1. Mavjud obligatsiyalar turlarini diversifikatsiya qilish — opsion va fyucherslar chiqarish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Yangi turdagi qimmatli qogʻozlarni (jumladan, sekyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar) joylashtirish va ularning muomalasi amalga oshirilishini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil may

4.

Fond birjalari vositalar qatorini kengaytirish.

1. Birjalardagi savdosi amalga oshiriladigan Exchange Trading Funds (ETF), shu jumladan oltinga bogʻlangan (Gold ETF) fondlar savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha huquqiy bazani yaratish.

Qonun loyihasi

2022-yil iyun

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan birjaviy obligatsiyalar (commercial paper) savdosini joriy etish.

3. Valyuta xatarlarini kamaytirishga qaratilgan valyuta fyucherslarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

5.

Korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish.

1. Korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun taʼminot talabini bekor qilish.

2. Yopiq obuna boʻyicha joylashtirishga moʻljallangan korporativ obligatsiyalar chiqarish uchun qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Moliya vazirligi, Markaziy bank

6.

Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish.

1. “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini moliyalash-tirish maqsadida Islom taraqqiyot banki texnik koʻmagini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank

2. “Sukuk” obligatsiyalarini tajriba tariqasida ingliz huquqi tamoyillarini qoʻllagan holda joylashtirish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil yanvar

3. Qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2022-yil aprel

7.

Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish maqsadida normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, mutasaddi vazirlik va idoralar

2. Xorijiy tajribani oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2022-yil 1-may

II. Kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish

8.

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

1. Qimmatli qogʻozlar bozori rivojlangan xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar depozitariylari faoliyatlarini oʻrganish va tahlil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank

2. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DKga Markaziy bankda hisobvaraq ochgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil dekabr

3. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning emissiya risolasini roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin qimmatli qogʻozlarning xalqaro identifikatsiya kodlarini (ISIN, CFI va FISN) berish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

4. Yirik xalqaro portfel investorlarini Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozoriga jalb qilish maqsadida “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK va yirik xalqaro qimmatli qogʻozlar depozitariylari (Clearstream, Euroclear) oʻrtasida yaqindan hamkorligini oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

5. Jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi maʼlumotlaridan foydalanish huquqini berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

9.

Korporativ maʼlumotlarning yagona portalini takomillashtirish.

1. Korporativ maʼlumotlarning yagona portali negizida kapital bozorida quyidagi maʼlumotlarni oshkor qilish va xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi yagona markazlashtirilgan resurs tashkil etish:

emitentlar va kapital bozoridagi professional ishtirokchilar faoliyatiga doir tahliliy statistik maʼlumotlarni oshkor qilish;

qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari reyestri;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisida maʼlumot.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi

2. Portalda emitentlar va kapital bozorining professional ishtirokchilari faoliyatidagi oshkor qilinishi majburiy boʻlgan muhim maʼlumotlar va hisobotlarning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

3. Kapital bozorida maʼlumotlarni eʼlon qilish va oshkor qilish, maxfiy va ichki maʼlumotni saqlash va oshkor qilmaslik qoidalarini xorijiy tajribani oʻrgangan holda qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil may

10.

Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining kasbiy faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydigan kapital bozoridagi professional ishtirokchilarning oʻzini oʻzi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlardagi kapital bozori professional ishtirokchilarining oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilotlari faoliyatini oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

2. Oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilot faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari, maqsadlari va mexanizmlarini aniqlash.

Tahliliy maʼlumotlar

2021-yil dekabr

3. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, ayniqsa, maʼlumotlarning oshkor etilishi va savdo qoidalariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish jarayoniga tashkilotni keng jalb qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

11.

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini takomillashtirish.

1. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini tahlil qilib, bozor sharoitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchiliklarni aniqlash.

Tahliliy maʼlumotlar

2021-yil iyun

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Yagona dasturiy-texnik majmuasining dasturiy taʼminot va serverlari litsenziyasi muddatini Koreya fond birjasi bilan muzokaralar olib borish orqali uzaytirish.

2021-yil iyul

3. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qoʻshimcha ravishda oliy toifali mutaxassislarni jalb qilish.

2022-yil dekabr

12.

Respublikada birja faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. Birja faoliyatini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Fond va valyuta birjalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyun

13.

“Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyatini takomillashtirish.

1. Fond birjasi listing qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan hamkorlikda

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida qimmatli qogʻozlarining birja listingida boʻlish mazmun-mohiyati, uning afzalliklari va huquqni qoʻllash amaliyotidagi boshqa muhim masalalarni tushuntirish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari va treninglar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022 yy.

3. “Toshkent” Respublika fond birjasi qoshida birja listingiga kiritilmagan qimmatli qogʻozlar savdosini taʼminlovchi “Over The Counter” (OTC) tizimini yaratish hamda joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil yanvar

4. Kapital bozori, shu jumladan fond birjasidagi holatni yoritishga hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum interaktiv telekoʻrsatuvlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

14.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi muassisligida tashkil etilgan “Fond bozorining axborot-resurs Markazi” davlat unitar korxonasi mol-mulklarini “Toshkent” Respublika fond birjasi tasarrufiga mulk huquqi asosida oʻtkazish masalasini oʻrganib chiqish va tegishli takliflarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. “Fond bozorining axborot-resurs Markazi” DUKga tegishli Yagona dasturiy texnik kompleks (YADTK) va “Toshkent” RFBning Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy manzilida joylashgan maʼmuriy binosini mustaqil baholovchi tashkilotlarni, shu jumladan chet el tashkilotlarini jalb qilgan holda baholash.

2. YADTKning baholangan qiymatiga toʻgʻri keladigan “Toshkent” RFB binosining tegishli qismini Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish masalasini “Toshkent” RFB aksiyadorlari umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish.

3. Oʻrganishlar asosida tegishli takliflarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

15.

“Toshkent” Respublika fond birjasi ustav kapitalidagi davlat ulushini qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan 25 foiz + 1 aksiya miqdorigacha qisqartirish.

1. Salohiyatli investorlar bilan “Toshkent” RFB ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr-noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi “Toshkent” RFB bilan hamkorlikda

2. Muzokaralar natijasi boʻyicha “Toshkent” RFB ustav kapitalidagi davlat ulushini belgilangan tartibda sotish boʻyicha taklif kiritish.

Normativ huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

16.

Kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etish boʻyicha huquqiy asoslar yaratish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

3. Loyihani mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

17.

Dasturni amalga oshirish hamda kapital bozori sohasini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida Moliya vazirligi, Markaziy bank, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumini imzolash.

1. Memorandum loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

Memorandum loyihasi

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Memorandumni imzolash.

2021-yil sentabr

III. Kapital bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish

18.

Yagona dasturiy texnik kompleksning (YADTK) zaxira markazini tashkil etish.

1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda tender savdolarini oʻtkazish.

3. Tender savdolari gʻolibi bilan shartnoma imzolash.

4. Imzolangan shartnomaga asosan moliyalashtirishni ochish.

5. YADTKning zaxira markazini ishga tushirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil noyabr

Moliya vazirligi, “Toshkent” RFB, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

19.

Fond bozorida bitimlarni qulay va masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni joriy etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalariga asosan fond birjasida elektron tijoratning mobil ilovalari uchun texnik talablar va tamoyillarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. “Toshkent” RFB tomonidan onlayn rejimda bitimlarni amalga oshirish boʻyicha mobil ilova ishlab chiqish.

4. Tegishli mobil ilovalarni ishlab chiqishda brokerlar tomonidan YADTKga ulanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

“Toshkent” RFB, Moliya vazirligi

20.

Moliya vazirligiga oʻz nazorat funksiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi YADTKning dasturiy taʼminotini ishga tushirish.

1. YADTKning tegishli dasturiy taʼminotini modernizatsiya qilish boʻyicha YADTK yaratuvchilari bilan muzokara olib borish.

2. Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasini va xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

3. YADTKning tegishli dasturiy taʼminotini modernizatsiya qilish va mazkur ishlarni moliyalashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, “Toshkent” RFB

21.

“Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” DUK tomonidan Milliy raqamlash agentligi funksiyasini bajarish va xalqaro ISO standartlarini joriy qilish.

1. Milliy raqamlash agentligi funksiyasi boʻyicha ISIN xalqaro kodi (ISO 6166), CFI xalqaro kodi (ISO 10962), FISN xalqaro kodi (ISO 18774) standartlarini joriy qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) ishlab chiqish.

2. AAT doirasida Milliy raqamlash agentliklarining uyushmasi (ANNA) servis byurosi bilan oʻzaro texnik aloqalarni oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi

22.

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari boʻlgan mijozlar uchun oʻz shaxsiy ishtirokisiz depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish.

1. Masofadan turib depo hisobvaraqlarini ochish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

2. Markaziy depozitariy va Investitsiya vositachilari tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaxsiy maʼlumotlarini olish maqsadida “Oʻz mijozingni bil” (KYC) va “Daromadni legallashtirishga qarshi kurashish” (AML) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

IV. Kapital bozorini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish

23.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquq?y hu??a?l?rni birlashtirishni ?azarda tutuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro donorlar texnik koʻmagini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2. Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

hosilaviy moliya vositalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishini tartibga solish normalarini;

investitsiya vositachilarining faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

“Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun normalari fond birjasiga taalluqli emasligini koʻzda tutish.

Qonun loyihasi

2022-yil may

3. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil may

24.

Qimmatli qogʻozlar bozorining xalqaro bozorga integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) maslahatlashuvlar, hamkorlik va axborot almashinuvi boʻyicha koʻp tomonlama Anglashuv memorandumiga Moliya vazirligining qoʻshilishi.

1. Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) bilan muzokaralar olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. IOSCO tavsiyalari asosida qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish hamda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

25.

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya jamgʻarmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Mazkur loyihaga xalqaro konsultantlarni hamda xalqaro donorlar texnik koʻmagini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank

2. Loyihani mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda taklif kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil dekabr

26.

Iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiya jarayonini ragʻbatlantirish maqsadida amaldagi qonunchilikka xolding korxonalari faoliyatini tartibga solish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb qilish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

xolding korxonalari tushunchasi va faoliyatining asosiy mezonlarini belgilash;

xolding korxonalari faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni yumshatish.

Qonun loyihasi

2021-yil noyabr-dekabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonun loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil aprel

27.

Kapital bozori rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda korporativ harakatlar standartini joriy etish va dividendlarni toʻlash tartibini takomillashtirish.

1. Korporativ harakatlar standartini hamda dividend siyosatini joriy etish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil fevral

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Aksiyadorlik jamiyatlarida tatbiq etiladigan tavsiyaviy xarakterga ega korporativ harakatlar standartlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

3. Aksiyadorlik jamiyatlarida bozor talablaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladigan dividend siyosatini yuritish tartibini joriy etish, shu jumladan “Dividendlarni eʼlon qilish sanasi” (Declaration date), “Soʻnggi roʻyxatga olish sanasi” (Nolder-of-Record Date), “Eks-dividend sanasi” (Ex-dividend date) va “Toʻlov sanasi” (Payment Date) tushunchalarini joriy etish va ushbu sanalarning amal qilish tartibini belgilash.

V. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish

28.

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan mahalliy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini sotib olish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish.

1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kapital harakati operatsiyalarini liberallashtirish masalasi boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Maslahatlashuvlar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2021-yil sentabr

29.

2023-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fond bozorini jahon fond bozori indekslari, shu jumladan “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) reytingidagi dunyoning “rivojlanayotgan” fond bozorlari roʻyxatiga kiritish.

1. “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) jahon indeksi yurituvchilari bilan tavsiyalar olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

Tashkil?y chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Kamida 2 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyatini mazkur reyting talablariga mos ravishda tashkil etish.

2022-yil aprel

3. Mazkur jarayonni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

2022-yil dekabr

30.

Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar boʻyicha moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini izchil amalga oshirish.

1. Moliya, iqtisodiyot va biznes sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv va ilmiy dasturlarida kapital bozori asoslarini oʻrganishni taʼminlaydigan moliyaviy savodxonlik boʻyicha maxsus kurslarni joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

2. Oliy taʼlim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar mavzulari roʻyxatiga kapital bozoridagi kamchilik va muammolarni tadqiq qilishga doir mavzularni kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

3. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlarida kapital bozorini yanada rivojlantirish modelini ishlab chiqish uchun iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar nomzodlari uchun nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bankini yaratish.

Dissertatsiyalar banki loyihasi

2021-yil oktabr

31.

Kapital bozori sohasini rivojlantirishga oid masalalar va investorlarga yaratilayotgan yengilliklar boʻyicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish.

1. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni taklif qilgan holda Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish bosqichlari boʻyicha xalqaro konferensiyalar tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2021-2022 yy.

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Kapital bozoridagi investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish masalalariga oid davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

32.

Kapital bozorida sugʻurta korxonalarining ishtirokini ragʻbatlantirish.

1. Sugʻurta korxonalarining investitsiya faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni “Sugʻurta bozorini rivojlantirish strategiyasi” bilan uygʻunlashtirish.

2. Sugʻurta kompaniyalarining investitsiya faoliyati sohasidagi tartibga soluvchi talablarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi

33.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil etish

Davlat kafolatisiz 50 mln doll. miqdorida mablagʻlar jalb etish hamda ushbu mablagʻlarni mahalliy korporativ qimmatli qogʻozlarga joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

VI. Davlat qimmatli qogʻozlari bozorini rivojlantirish

34.

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini kengaytirish.

1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tavsiyalari asosida kapital harakati bilan bogʻliq amaliyotlarni takomillashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (dastlabki bosqichlarda Xalqaro moliya institutlari) tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

3. Market-meyker institutini joriy etish.

4. Ikkilamchi bozorni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil dekabr

35.

Davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish.

Ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish choralarini koʻrish:

bozor talabidan kelib chiqib, uzoq muddatli (5 — 10 yil) davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish boʻyicha auksionlar oʻtkazishni amaliyotga kiritish;

inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

davlat qimmatli qogʻozlarini sotib oluvchi investorlar bazasini kengaytirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank

36.

Davlat qimmatli qogʻozlari bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish.

1. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish grafigini oldindan eʼlon qilishni amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi

2. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish boʻyicha auksionlarni haftaning belgilangan kuni va vaqtida oʻtkazish amaliyotini tatbiq qilish.

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi,

Markaziy bank

3. Davlat qimmatli qogʻozlarini sotib oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida auksion natijalari boʻyicha hisob-kitoblarni “T + 1” yoki “T + 2” xalqaro standartiga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaldagi hujjatlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish

2021-yil 1-oktabr

Markaziy bank,

Moliya vazirligi

4. Shaffoflikni taʼminlash maqsadida davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha auksion natijalarini va boshqa maʼlumotlarni Moliya vazirligi va OʻzRVB saytlariga tezkor joylashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi,

OʻzRVB

5. Davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash muddatini xalqaro standartlarga moslashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Moliya vazirligi,

Markaziy bank

6. Davlat qimmatli qogʻozlari bozorida daromadlilik va foizlarni hisoblashni Xalqaro kapital bozorlari xalqaro assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan qoʻllaniladigan formulalarga moslashtirish.

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

OʻzRVB

7. Mobil ilovalar yordamida davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish va sotish boʻyicha arizalarni qabul qilish tartibini joriy qilish.

Amaldagi hujjatlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish

2021-yil 1-dekabr

OʻzRVB,
Markaziy bank,

Moliya vazirligi

37.

Infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish.

2022-yilda ichki bozorda eksperiment tariqasida 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank

VII. Kapital bozori ishtirokchilarini oʻqitish va qayta oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish

38.

Kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha institutsional baza yaratish.

1. Bank-moliya akademiyasida kapital bozori mutaxassisligi boʻyicha taʼlim yoʻnalishini joriy etish.

2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Biznes-maktabda Kapital bozori fakultetini tashkil etish.

Bunda, kapital bozori ishtirokchilari uchun “Korporativ moliya”, “Biznes etika” va “Kapital bozori” kurslarini joriy etish.

3. Sohadagi yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatgan holda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil dekabr

Bank-moliya akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

39.

Kapital bozori, shu jumladan bozorni tartibga solish sohasida bilim va koʻnikmalarga qaratilgan kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini yaratish.

1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va malaka oshirish tizimiga qadar taʼlimning barcha bosqichlarini qamrab oladigan sohaga oid uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini yaratish.

2. Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) qimmatli qogʻozlar bozori regulyatorlari uchun global sertifikat yillik dasturlarida Moliya vazirligining har yili kamida 2 nafar mutaxassislari ishtirokini taʼminlash.

3. Xalqaro moliya korporatsiyasining Milken instituti kapital bozorlari dasturi (Ifc-Milken Institute Capital Markets Program) orqali mutaxassislarni muntazam ravishda oʻqitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

40.

Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida tegishli oʻquv-trening kurslarinitashkil etish.

1. Xorijiy universitetlar va mahalliy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “Kapital bozori asoslari”, “Kapital va moliya bozori sohasida sertifikat olish uchun maxsus oʻquv kurslari”, “Korporativ boshqaruv va kuzatuv kengashi mustaqil aʼzolarini tayyorlash”, “Komplayens nazorat va risk-menejment” hamda “FATF talablari bilan ishlash” kabi yoʻnalishlarda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2. AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi hamda Koreya moliyaviy nazorat xizmati bilan hamkorlikda Moliya vazirligi va Markaziy bank xodimlari uchun kapital bozorini tartibga solish yoʻnalishida treninglar tashkil etish.

3. Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun har yarim yilda kamida bir marta oʻquv markazida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi belgilangan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxona nomi*

1.

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

2.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

3.

“Oʻzmilliy bank” AJ

4.

AT Xalq banki

5.

“Agro bank” ATB

6.

“Mikrokreditbank” ATB

7.

“Qishloq qurilish bank” ATB

8.

“Oʻzagrosugʻurta” AJ

9.

“Qurilishmashlizing” AJ

10.

“Oʻzbekinvest” AJ

11.

“Uzbekistan airways” AJ

12.

“Oʻztransgaz” AJ

13.

“Olmaliq KMK” AJ

14.

“Navoiy KMK” AJ

15.

“Oʻzavtosanoat” AJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda mazkur roʻyxatdagi korxonalarni oʻzgartirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmoni 1-bandining “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi, 3-bandining “v” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4127-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 06/21/6207/0334-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)