Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-apreldagi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining kuchga kirishi munosabati bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda tegishli axborot-tahlil departamentlari rahbarlar va mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini qayta koʻrib chiqsinlar va yangilangan vazifalar taqsimotini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-aprel,
94-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1, 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
3) 3-ilovada:
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-bandda:
“a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish”;
“b” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga transport xizmatlariga toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni birxillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish”;
“d” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan jabr koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati monitoringini olib borish”;
v) 7-bandda:
toʻrtinchi xatboshi “islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini” soʻzlaridan keyin “shuningdek xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 13-bandning birinchi xatboshidagi, 16-bandning toʻrtinchi va oʻninchi xatboshidagi, 17-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
4) 4-ilovada:
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandda:

v) 8-bandda:

g) 13-bandning birinchi xatboshidagi, 16-bandning toʻrtinchi va oʻninchi xatboshidagi, 17-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
6) 6-ilovada:
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-band “b” kichik bandning oʻn birinchi xatboshi “pochta va aloqa” soʻzlaridan keyin “shuningdek pochta aloqasi vositalari orqali pensiyalarni oʻz vaqtida yetkazib berish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 7-bandda:
toʻrtinchi xatboshi “iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini” soʻzlaridan keyin “shuningdek tegishli tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 13-bandning birinchi xatboshidagi, 16-bandning toʻrtinchi va oʻninchi xatboshidagi, 17-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7) 7-ilovada:
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandda:
toʻqqizinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“quyidagilarni:
kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy yordam koʻrsatishni amalga oshirish;
oilada tibbiy madaniyatni oshirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish;
kam taʼminlangan, yolgʻiz qariyalarni, pensionerlar va nogironlarni, shuningdek ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarni sifatli bepul tibbiy yordam va dorivor vositalar bilan taʼminlash boʻyicha Hukumat qarorlarini amalga oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini amalga oshirish monitoringi olib borilishini taʼminlaydi”;
oʻn oltinchi xatboshi oʻn yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
v) 8-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 13-bandning birinchi xatboshidagi, 16-bandning toʻrtinchi va oʻninchi xatboshidagi, 17-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
II. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 2-dekabrdagi 564-son qarorida:
1) 1-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning beshinchi xatboshidagi va 12-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 2-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “uning Raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “uning Raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
3) 3-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
12-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4) 4-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning beshinchi xatboshidagi va 12-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5) 5-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698–f-son farmoyishiga ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning yettinchi xatboshidagi va 12-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda; 32-33-son, 248-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda; 2009-y., 49-son, 523-modda)