O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-sentabrdagi 204-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 404-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 49-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari bir hafta muddatda tegishli Axborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaxassislari funksional vazifalarining taqsimlanishini tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-dekabr,
561-son
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha axborot — tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga bo‘ysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Departament o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida:
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
kommunal sohada monitoringni ta’minlash, ushbu sohadagi ahvol va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat ko‘rsatishdagi sifat o‘zgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish bo‘yicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
kommunal xizmat ko‘rsatish uchun tariflar oshganda davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
(6-bandning “a” kichik bandiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat ko‘rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
yo‘lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga transport xizmatlariga to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni birxillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(6-bandning “b” kichik bandiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
kapital qurilishda, muhim xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan litseylar va kollejlar qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash hamda ahvol va vaziyatni tahlil qilish;
kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo‘jalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
loyihalash va qurilish ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari tashkil etish darajasini oshirish;
qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o‘tishni ta’minlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o‘rganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta’minlash va ishlarning ahvolini tahlil qilish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta’minlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika qurilish kompleksini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan ta’minlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
d) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish, harbiylashtirilgan tuzilmalarning moddiy-texnik ta’minoti sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatishga tayyorligi holatini tizimli o‘rganish va tahlil qilish;
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi monitoringini va nazorat qilinishini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish tizimini takomillashtirish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlar davlat tizimi funksiyalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan ta’minlash;
xavfli yuklar tranziti ahvoli monitoringi va tahlilini ta’minlash, xavfli yuklar tranzitini nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishni belgilangan tartibda ta’minlash, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berishni yoki ruxsatnoma berishning rad etilishini rasmiylashtirish;
xavfli yuklar tranziti ustidan nazoratni tashkil etish;
harbiylashtirilgan tizimlarni moddiy-texnik ta’minlash masalalarini ishlab chiqish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash, ushbu yo‘nalishda ishlarni muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan jabr ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati monitoringini olib borish;
(6-bandning “d” kichik bandiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini o‘rganadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, shuningdek xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarinishakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
(7-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
(7-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
(7-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
9. Departament:
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, kommunal xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoringni va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan axborot-tahlil departamenti mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
15. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funksional masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda o‘z ijrosida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-sentabrdagi 204-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 404-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 49-son, 523-modda)
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 48-49-son, 495-modda; 2005-y., 14-son, 102-modda, 30-31-son, 234-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda, 39-son, 404-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 2009-y., 49-son, 523-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)