13.04.2021 yildagi PQ-5072-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Davlat budjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil may oyidan boshlab ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda, 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha yangi tartibni bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qaror ilovasiga muvofiq tanlab olingan tuman (shahar)lar budjetlariga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 92,7 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 1-bandida belgilangan bosqichlarni inobatga olgan holda tuman (shahar) budjetlari tasdiqlangan xarajatlarining 5 foiziga teng miqdordagi mablagʻlar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va ushbu mablagʻlarning boshqa maqsadlarga ishlatilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oliy Majlis Senatiga tuman (shahar)lar budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu namunaviy nizom asosida tumanlar va shaharlar hokimliklari ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tuman va shaharning alohida xususiyatidan kelib chiqib, tuman (shahar)lar budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining masʼul xodimlaridan iborat Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya tarkibini tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga va “Ochiq budjet” portaliga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shaharlar hokimlariga jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga budjet mablagʻlarining oʻz vaqtida ajratilishi va ularning amalga oshirilishi jarayonini yoritib borish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikri asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikri asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning shakllantirilishi va sarflanishi yuzasidan oʻquv seminar va treninglar tashkil etish, mazkur jarayonning mohiyatini aks ettiruvchi oʻquv materiallarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikri asosida moliyalashtiriladigan tadbirlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning shakllanish va sarflanish jarayonlari monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ochiq budjet” portalida jamoatchilik tomonidan taklif qoldirish va ovoz berish jarayonini uslubiy, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda boshqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda fuqarolar ishtirokidagi tashabbusli budjetlashtirishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda joylarda aholi oʻrtasida tashabbusli budjetlashtirishni amalga oshirish mexanizmini, uning mohiyatini keng yoritish maqsadida metodik hamda oʻquv materiallari tayyorlanishi va tarqatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5072-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qaroriga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil maydan boshlab budjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar)lar nomi

Qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kegeyli tumani

3 429

2.

Andijon viloyati

Asaka tumani

10 052

3.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

9 754

4.

Jizzax viloyati

Doʻstlik tumani

2 995

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani

6 992

6.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

7 662

7.

Namangan viloyati

Chust tumani

8 204

8.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani

6 167

9.

Surxondaryo viloyati

Oltinsoy tumani

7 165

10.

Sirdaryo viloyati

Xovos tumani

3 825

11.

Toshkent viloyati

Quyi Chirchiq tumani

3 913

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

10 394

13.

Xorazm viloyati

Xonqa tumani

6 507

14.

Toshkent shahri

Uchtepa tumani

5 622

Jami

92 681

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5072/0329-son; 26.10.2022-y., 07/22/409/0956-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)