08.04.2021 yildagi 193-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2022-y., 09/22/657/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2022-y., 09/22/657/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
6. Jamg‘armadan mablag‘lar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantirilgan Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) qaroriga ko‘ra sarflanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) rasmiy veb-sayti orqali oxirgi olti oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yilda ikki marotaba hisobotni e’lon qilish.
ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga Jamg‘armadan mablag‘ ajratishga oid murojaatlarni Kengash majlisida ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun Kengashning a’zolariga tegishliligi bo‘yicha taqsimlaydi;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Kengash qarorlari asosida ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan tadbirlar doirasida xaridlarni tashkil etish bo‘yicha buyurtmalar ishlab chiqilishini va ishlab chiqilgan buyurtmalarni Kengash bilan kelishgan holda xarid jarayonlarini tashkil etilishi, shuningdek, xarid jarayonlari natijalariga ko‘ra vositachilik shartnomalari tuzilishi va moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
23. Kengash taklifi hamda Vazirlik xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro‘yxatida keltirilgan mamlakat va xalqaro tashkilotlarda ro‘yxatdan o‘tgan bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilish va bemorlarga ishlatishga ruxsat beriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I-bosqich

Sog‘liqni saqlash vazirligi

• Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromad va xarajatlar smetasi Kengash takliflari asosida ishlab chiqish.

Belgilangan muddatlarda

• Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

har yili 25-dekabrga qadar

• Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.

Doimiy

• Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

har chorak yakuni bo‘yicha

• Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilish.

Belgilangan muddatlarda

II-bosqich

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish kengashi

• Jamg‘arma mablag‘larini Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) qaroriga muvofiq sarflash.

Doimiy

• Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashxis qo‘yiladigan va davolanadigan onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan Kengash bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

• Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni (keyingi o‘rinlarda — bemorlar) sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish hajmini (keyingi o‘rinlarda — rejalashtirilgan ko‘mak xajmi) tasdiqlash.

har yili 1-fevralga qadar, zaruratga ko‘ra, yil davomida bir necha marotaba

III-bosqich

Jamqarma mablag‘larini boshqarish kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bemorlarga rejalashtirilgan ko‘mak xajmi doirasida Jamg‘arma mablag‘laridan:

Doimiy

• onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalariga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini sotib olish;

• onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilish;

• onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis qo‘yish va tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini xarid qilish xarajatlarini qoplashga foydalaniladi.

IV-bosqich

Murojaatchi

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har yilga sog‘lomlashtirishga ko‘maklashiladigan bemorlar ro‘yxatiga kiritilgan bemorlar tomonidan rejalashtirilgan ko‘mak xajmiga qo‘shimcha takliflar bo‘lgan taqdirda, shuningdek, ro‘yxatga kiritilmagan bemorlar tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yordam ko‘rsatish yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (key�ngi o‘rinlarda — Markaz) rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilish.

Qo‘shimcha taklif bo‘lgan hollarda

V-bosqich

Markaz

Markazga kelib tushgan murojaatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va tahlil qilgan holda, Kengashning navbatdagi majlisiga muhokama uchun kiritish.

Belgilangan muddatlarda

VI-bosqich

Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish kengashi

Murojaatlar Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga �uvofiq hamda tasdiqlangan ushbu daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritish imkoniyatlarini inobatga olgan holda, Kengash majlisida ko‘rib chiqish.

Belgilangan muddatlarda

Markaz

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar yuzasidan Kengash qarorini Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtirish va ushbu bayonnomadan ko‘chirmani Markaz tomonidan murojaat egasiga yuborish.

Uch kun muddatda

Oldingi tahrirga qarang.

1.

Sabirov Ulug‘bek Yusupxonovich

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi

2.

Qayumov Abduraxman Abdumavlyanovich

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

Varisova Maksuda Azizovna*

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)

4.

Ganiyev Doniyor Avazovich*

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)

5.

Tillashayxov Mirzagolib Nigmatovich

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

6.

Sharipov Alisher Mirhamidovich

Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori

7.

Mirtalipov Mirazim Mirsamatovich*

Sog‘liqni saqlash vazirligining moliyalashtirish va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i

8.

Ibragimova Sapura Zaxidovna*

Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti shifokori

9.

Iskandarov Kamol Zayniddinovich*

Bolalar milliy tibbiyot markazi shifokori

10.

Umarova Aziza Farxadovna

“SmartGov consulting” konsaltinglik byurosining ijrochi direktori (kelishuv asosida)

11.

Xodjaxanova Munira Abdukaxxarovna

“EZGU AMAL” jamoat fondi vasiylik kengashi raisi (kelishuv asosida)

12.

Qodirov Mirzoxidjon Muxtarovich

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy ekspertizasi va standartlash Davlat markazi DUK direktori

13.

Maxmudova Aziza Jumanovna

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy-ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)