Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-apreldagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1850-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
28/19-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori B.S. XAMIDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/19-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 19-iyuldagi 16/2-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1850, 2008-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 359-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/5-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1850-1, 2015-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 69-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 18-mart 6/5-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1850-2, 2017-yil 19-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 279-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 10/21/1850-3/0286-son)