12.03.2021 yildagi SQ-256-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabr kuni qabul qilingan “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-256-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi SQ-256-IV-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish

1.

Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish.

1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish.

1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

2.

Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish.

2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2.2. Loyihalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish

3.

Ekologik auditorlarni tayyorlash, ekologik auditorning malakaviy sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, amal qilish muddatini uzaytirish va toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

3.1. Tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

3.2. Tegishli hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

4.

Ekologik auditorlik faoliyatini olib borish uchun ekologik auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

4.1. Tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

4.2. Tegishli hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

5.

Ekologik auditorlarning kasbiy malakasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik auditorlarining milliy assotsiatsiyasini tashkil etish.

5.1. Ekologik auditorlik tashkilotlari va ekologik auditorlar roʻyxatini shakllantirish.

5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik auditorlarining milliy assotsiatsiyasi birinchi yigʻilishini oʻtkazish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish

6.

Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

6.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

OʻzA,

MTRK,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

6.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida

7.

OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish.

7.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

OʻzA,

MTRK,

Adliya vazirligi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

7.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida