12.03.2021 yildagi SQ-251-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashining 2020-yil 20-noyabrdagi “Tumandagi ayrim fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqida”gi 67/18-6-sonli qarorini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashining 2020-yil 20-noyabrdagi “Tumandagi ayrim fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqida”gi 67/18-6-sonli qarorini (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) bekor qilish yuzasidan murojaati Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari koʻrsatganidek, fermer xoʻjaligi rahbari va hokimlik oʻrtasida oʻzaro kelishuvga erishilmagan boʻlsa-da, Qaror bilan “Jaloliddin Jilosi” fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomasini bekor qilish maʼqullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, agar Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 24-moddasiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga fermer xoʻjaliklari va tuman hokimligi oʻrtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarga aralashish vakolati berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashi Qarorning 3-bandi bilan qonunchilikka zid ravishda Gʻuzor tumani hokimligiga Qarordan kelib chiqib, fermer xoʻjaliklari yer maydonini zaxiraga qaytarish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish yuzasidan vazifa yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga koʻra maʼmuriy organ manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 19-moddasiga koʻra maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik maʼmuriy hujjatlarning va maʼmuriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta koʻrib chiqilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramasdan, xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashi tomonidan yer ijarasi shartnomalarini bekor qilish masalasini koʻrib chiqishda fermer xoʻjaligi rahbarining ishtirok etishi va holat boʻyicha oʻz fikrini bildirish imkoniyati taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashining 2020-yil 20-noyabrdagi “Tumandagi ayrim fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqida”gi 67/18-6-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-251-IV-son