12.03.2021 yildagi SQ-248-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Surxondaryo viloyati hokimining hisobotini eshitib, viloyatni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash orqali turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 24 trln. soʻmni, oʻsish surʼati esa 2019-yilga nisbatan 104,4 foizni tashkil etgan. Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 198 mlrd. soʻm) amalda 116,7 foizga (1 trln. 398 mlrd. soʻm) bajarilganligi natijasida budjetga 200 mlrd. soʻm qoʻshimcha manbalar shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya sharoitida 63,3 mingdan ziyod muhtoj oilaga 59 mlrd. soʻmlik ijtimoiy yordam koʻrsatilgan, tadbirkorlik subyektlarining 5 mingdan ziyod kredit shartnomalari boʻyicha 1 trln. 749 mln. soʻmlik toʻlovlarning muddati uzaytirilishi natijasida 21,5 mingdan ortiq korxonalar faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,5 trln. soʻmga teng boʻlgan 752 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 6,4 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi 252 ta loyiha boʻyicha 221,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit mablagʻlari oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 245,2 mln. AQSh dollariga teng mahsulotlarning 26 ta davlatga eksporti amalga oshirilgan. Amaliy yordam koʻrsatilishi natijasida 57,9 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha qiymat soligʻi mablagʻi 14 ta eksportyor korxona hisob-raqamiga qaytarilgan, 39 ta korxonaga 109,7 mlrd. soʻmlik aylanma mablagʻ krediti ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan qariyb 17,7 mingta jismoniy va yuridik shaxslarga 432,4 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan, mazkur kreditlarning 14,5 mlrd. soʻmi “temir daftar”ga kiritilgan 1 ming 260 ta oilaga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda 3 ming 820 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish (3 ming 797 gektar tomchilatib, 23 gektar yomgʻirlatib sugʻorish) boʻyicha ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, paxtachilikda Denov, Jarqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlaridagi 2 ming 375 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilishi natijasida vegetatsiya davrida jami 6,9 mln. m3 suv iqtisod qilinib, ushbu suv 1,2 ming gektardan ortiq maydonda ekilgan takroriy ekinlarni sugʻorishga yoʻnaltirilgan. Natijada 40 foiz mineral oʻgʻitlar, 35 foiz yoqilgʻi moylash mahsulotlari iqtisod qilingan, hosildorlik oʻrtacha 15-20 sentnerga oshishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida 43 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish uchun jami 275 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kungacha 29 ming nafarga yaqin xotin-qizlar 9 toifaga ajratilgan holda, “ayollar daftari” elektron bazasiga kiritilgan boʻlib, ularning muammolarini hal etish boʻyicha “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 37 ming nafardan ortiq yoshlarga 16 ming 320 gektar yer maydoni ajratib berilishi moʻljallangan boʻlib, bugungi kungacha 870 nafardan ortiq yoshlarga jami 507 gektar yer maydoni ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan oʻrganish jarayonida viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida oʻz yechimini kutib turgan bir qator muammoli masalalar mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 20-fevralda boʻlib oʻtgan sessiyasida oʻrganish natijalari muhokama etildi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan nazoratni taʼminlashga mahalliy vakillik organlarini keng jalb etish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 322-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolovning viloyatni kompleks ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Surxondaryo viloyatini kompleks oʻrganish yakunlari haqidagi axboroti (1-ilova) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyatini har tomonlama rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi muammolarini bartaraf etish borasidagi ishlarni oʻrganish yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi oʻtkazilganligi hamda tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2021-yil 15-aprelga qadar yuridik shaxslarning budjet toʻlovlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq summalari qaytarilishini taʼminlasin, soliq toʻlovchilarning budjet oldida boqimonda qarzdorligi yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov) Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) bilan birgalikda 2021-yil avgustga qadar Muzrabot tumanining “Obihayot” mahallasidagi taʼmirtalab 27 ta koʻp kvartirali uy-joyni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼmirlash va atrofini obodonlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Energetika vazirligi (A. Sultanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminotini yaxshilash va isteʼmolchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida “Shargʻun” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Termiz” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Sulton Saodat” nimstansiyasini 2 ta 25 mVA kuch transformatorlari bilan taʼminlash, shuningdek “Shargʻun” nimstansiyasidan 10-sonli shaxta hududigacha 12,3 km. uzunlikdagi ikki zanjirli havo elektr liniyasini hamda shu hududda 110/6 kV.li nimstansiya qurish masalalarini batafsil oʻrganib chiqib, oʻrganish natijalari asosida tegishli choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida mavjud transformatorni yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi Sherobod tumanida joylashgan temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish korxonasi quvvatini oshirsin hamda foydalanishga mutlaqo yaroqsiz ahvolga kelib qolgan yogʻoch tayanchlarni temir-beton tayanchlar bilan almashtirish ishlarini tezlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AJ (U. Sayidov) bilan birgalikda Termiz shahri va Termiz tumani aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlash ahvolini yaxshilash maqsadida “Termiz-1” va “Termiz-2” gaz taqsimlash stansiyalariga keluvchi magistral gaz tarmogʻi quvurini yangilash masalasini oʻrganib chiqsin hamda zarur holda demontaj qilish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vazirligi (I. Mahkamov) “Oʻzbekkoʻmir” AJ (A. Odilov) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi balansidagi “Sariosiyo” stansiyasidan Uzun koʻmir omborigacha boʻlgan temir yoʻldan samarali foydalanish choralarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) xalqaro ahamiyatdagi M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1444 — 1622 km. qismlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar 2020-yilda qurilish-taʼmirlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazilgan 29 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini zarur jihozlar bilan taʼminlab, foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) bilan birgalikda Muzrabot tumanidagi 3 va 11-sonli hamda Qiziriq tumanidagi 17-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshlangan taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar viloyatdagi koeffitsiyenti 2 dan oshib ketgan maktablarga qoʻshimcha oʻquv binolari qurish, mukammal taʼmirga muhtoj maktablarni taʼmirlash, sport zali mavjud boʻlmagan maktablarga sport zali qurish borasida mavjud holatni atroflicha oʻrganib chiqib, kelgusi yillar uchun dasturlarni shakllantirishda inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar Termiz tumanida tashkil etilgan Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazini zarur tibbiy va reabilitatsion uskunalar bilan jihozlagan holda, reabilitatsiya tadbirlari amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumanidagi erkaklar uchun hamda Sariosiyo tumanidagi ayollar uchun moʻljallangan “Muruvvat uylari”ni fizioterapiya apparatlari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) 2021-yil 1-aprelga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda tadbirkorlar oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama bitimga muvofiq 19 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish boʻyicha Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin hamda natijasi toʻgʻrisida Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilanib, 2019-2020-yillarda ijrosi toʻliq bajarilmagan tadbirlarni (2-ilova) hamda 2021-yil uchun tasdiqlangan investitsiya dasturida koʻzda tutilmagan tadbirlarni (3-ilova) chuqur tahlil qilgan holda, ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandixon tumani markazining bosh rejasi ishlab chiqilishini, tumanda davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining boʻlimlari uchun yangi binolar qurish hamda jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarda qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash nazarda tutilgan ijtimoiy soha obyektlarini har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturlaridan oʻrin olishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash jarayonida moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda, mablagʻlar manbalari aniq belgilanishini hamda oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror bilan vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilib borsin, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2021-yil 15-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini, tasdiqlangandan keyin ijrosini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda viloyatdagi jami 30 ta koʻp kvartirali uy-joyni taʼmirlash uchun mahalliy budjetga qoʻshimcha shakllantirilgan mablagʻlar hisobidan oʻrnatilgan tartibda mablagʻ ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati toʻxtatilgan kichik biznes subyektlarini hududlar kesimida tahlil qilgan holda, ularning faoliyatini qayta tiklash boʻyicha har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish, yoshlar bandligini taʼminlash, ular uchun yer maydonlarini ajratish borasidagi ishlarni izchillik bilan davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan xotin-qizlar bandligini taʼminlasin, ularning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlariga yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotgan hamda ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi boʻlgan ayollarni moddiy qoʻllab-quvvatlasin, taʼmirtalab uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joylarda istiqomat qilayotgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni yashash sharoiti mavjud uylarga koʻchirish va ularga ijara kompensatsiyalarini ajratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatga muhtoj xotin-qizlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali aniqlangan kasallikni davolash boʻyicha sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik koʻmakka muhtoj xotin-qizlarga malakali psixologlarni biriktirib, ular tomonidan psixologik yordam koʻrsatilishini taʼminlash choralarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetda shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan mahalliy budjetda saqlanishi koʻzda tutilmagan idora va tashkilotlarga mablagʻ ajratish holatlariga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet erkin qoldiq mablagʻlarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni hal etishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, xususan, investitsiya dasturi ijrosi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda sektor rahbarlari, mutasaddi rahbarlar tomonidan joylarda ayollarning muammolarini hal etish, xususan, bu boradagi “yoʻl xaritalari” ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatning oʻz saylov okrugida “temir daftar”, “yoshlar daftari”, “ayollar daftari” asosida aholi muammolarining hal etilishi ustidan deputatlik nazorati oʻrnatishini, bu borada faol va masʼuliyatli boʻlishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Surxondaryo viloyatida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va muammolardan kelib chiqqan holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini yoʻlga qoʻyish, bu borada mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatini oʻrganish yakunlaridan tegishli xulosa chiqargan holda, hududda shu kabi kamchilik va muammolar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi mavjud muammolardan kelib chiqib, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga tegishli baho bersin, ularning masʼuliyatini oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi taʼminlanishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-248-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi SQ-248-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatini kompleks oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15 — 20-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kompleks ravishda oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari viloyatni kompleks ravishda rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini koʻrsatdi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 24 trln. soʻmni, oʻsish surʼati esa oʻtgan yilga nisbatan 104,4 foizni tashkil etgan. Xususan, 5,5 trln. soʻmlikdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, 7,9 trln. soʻmlikdan ziyod xizmatlar koʻrsatilgan, chakana savdo aylanmasi 12 trln. 352,6 mlrd. soʻmdan iborat boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 198 mlrd. soʻm) amalda 116,7 foizga (1 trln. 398 mlrd. soʻm) bajarilganligi natijasida budjetga 200 mlrd. soʻm qoʻshimcha manbalar shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya sharoitida 63,3 mingdan ziyod muhtoj oilaga 59 mlrd. soʻmlik ijtimoiy yordam koʻrsatilgan, 5,4 mingdan ortiq korxonalarning jami 147,9 mlrd. soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligi muddati uzaytirilgan, tadbirkorlik subyektlarining 5 mingdan ziyod kredit shartnomalari boʻyicha 1 trln. 749 mln. soʻmlik toʻlovlarning muddati uzaytirilishi natijasida 21,5 mingdan ortiq korxonalar faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan 978 ta loyiha uchun 1,8 trln. soʻmdan ziyod kreditlar boʻyicha 390 mlrd. soʻmlik moliyaviy yordam (kafillik va kompensatsiya koʻrinishida) berilgan. Mahalliylashtirish dasturiga asosan 19 ta loyiha doirasida 56,4 mlrd. soʻmdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,5 trln. soʻmga teng boʻlgan 752 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 6,4 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan. Shundan, tashabbuskorlar mablagʻlari 1 trln. soʻmni, bank kreditlari 634,3 mlrd. soʻmni, xorijiy kredit liniyasi va investitsiya mablagʻlari 94,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Termiz shahrida qiymati 15 mlrd. soʻmlik investitsiya hisobiga yillik 30 ming metr kv. oynaga turli shakl va ishlov berish korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, Oltinsoy tumanidagi “Xoʻjaipok” sihatgohida qiymati 85 mlrd. soʻm boʻlgan 200 oʻrinli zamonaviy sogʻlomlashtirish markazi tashkil etilgan, Boysun tumanida qiymati 10 mlrd. soʻmlik yillik quvvati 17 ming tonna qoʻy junidan lanolin ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda xorijiy investitsiya ishtirokidagi 252 ta loyiha boʻyicha 221,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit mablagʻlari oʻzlashtirilgan. Oʻzlashtirilgan mablagʻlarning 32 foizi Xitoy, 18,1 foizi Afgʻoniston, 7,5 foizi Rossiya, 6,7 foizi Turkiya, 5,7 foizi Avstriya davlatlari investorlari tomonidan jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qiymati 52,1 mln. AQSh dollari boʻlgan 6 ta strategik ahamiyatga ega yirik loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, 30,8 mln. AQSh dollariga teng 5 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 300 dan ortiq doimiy va 400 dan ziyod mavsumiy ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 245,2 mln. AQSh dollariga teng mahsulotlarning 26 ta davlatga eksporti amalga oshirilgan, ularning asosiy qismi Xitoy (27,5 foiz), Afgʻoniston (21,5 foiz), Pokiston (18 foiz), Rossiya (10 foiz), Qirgʻiziston (6,8 foiz), Turkiya (5,7 foiz) davlatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportyor korxonalarga amaliy yordam koʻrsatilishi natijasida 57,9 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha qiymat soligʻi mablagʻi 14 ta eksportyor korxona hisob-raqamiga qaytarilgan, 39 ta korxonaga 109,7 mlrd. soʻmlik aylanma mablagʻ krediti ajratilishiga yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan qariyb 17,7 mingta jismoniy va yuridik shaxslarga 432,4 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan, mazkur kreditlarning 14,5 mlrd. soʻmi “temir daftar”ga kiritilgan 1 ming 260 ta oilaga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 ming 773 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 385 nafar ishsizga ijtimoiy toʻlovlar toʻlab berilgan, 1 ming 367 nafar kam taʼminlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 222 ming 979 gektar sugʻoriladigan yer maydoniga qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilib, 2 mln. 211,2 ming tonna sabzavot, 326,8 ming tonna poliz, 164,5 ming tonna meva, 95,5 ming tonna uzum, 24,4 ming tonna dukkakli don mahsulotlari yetishtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda 3 ming 820 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish (3 ming 797 gektar tomchilatib, 23 gektar yomgʻirlatib sugʻorish) boʻyicha ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, paxtachilikda Denov, Jarqoʻrgʻon, Shoʻrchi tumanlaridagi 2 ming 375 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilishi natijasida vegetatsiya davrida jami 6,9 mln. m3 suv iqtisod qilinib, ushbu suv 1,2 ming gektardan ortiq maydonda ekilgan takroriy ekinlarni sugʻorishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari tomonidan 40 foiz mineral oʻgʻitlar, 35 foiz yoqilgʻi moylash mahsulotlari iqtisod qilingan, hosildorlik oʻrtacha 15 — 20 sentnerga oshishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud 560 gektar yaroqsiz bogʻlar oʻrniga va qoʻshimcha 859 gektar maydonda jami 1 ming 419 gektar yangi intensiv bogʻlar barpo etilgan, 513 gektar ochiq maydonga va 346 gektar eski samarasiz tokzorlar oʻrniga yangi tokzorlar barpo etilgan. Viloyatdagi 464 gektar issiqxona xoʻjaliklarida 19 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2020-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 7 ta yoʻnalish boʻyicha (koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash, ijtimoiy sohani tayyorlash, issiqlik, ichimlik suvi, elektr, gaz va koʻmir taʼminoti) ishlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, issiqlik taʼminotida 4 ta qozon va 0,6 km. issiqlik tarmogʻi mukammal taʼmirlangan, 1 ming 904,5 km. elektr uzatish tarmoqlari va 501 dona transformator punktida mukammal, 3 ming 881 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 63 dona transformator punktida joriy taʼmirlash amalga oshirilgan, 11,2 km. gaz quvuri va 285 ta gaz taqsimlash punkti mukammal taʼmirlangan hamda 40,3 km. tarmoq yangidan qurilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suvi taʼminotida 5 km. tarmoq mukammal, 37 km. tarmoq esa joriy taʼmirlangan, 30 dona ichimlik suvi inshootidagi nosoz yopqichlar joriy taʼmirlangan, 327 dona suv nasosi qayta taʼmirlanib, aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida 113 ta obyektda 393,5 mlrd. soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Termiz shahridagi “Bogʻi shamol” mahallasida qurilgan 35 ta 7 qavatli uy-joylarda yashovchi aholi talabidan kelib chiqib, mazkur hududda 1 ming 540 oʻrinli maktab binosi qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 35 foizdan 41,5 foizga yetkazish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida 4 ming 995 oʻringa moʻljallangan 43 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish uchun jami 275 mlrd. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 560 dan ortiq madaniy meros yodgorliklari mavjud boʻlib, turizm sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijasida 2019-yilda tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2018-yilga nisbatan 4 barobarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida Boysun va Sariosiyo tumanlarida kichik turizm zonalarini barpo etish orqali hududni “Kichik Shveysariya”ga aylantirish, Termiz tumanidagi “al-Hakim at-Termiziy” majmuasi atrofini “Oʻrta asrlar shaharchasi”ga aylantirish, Termiz shahridagi “Baxt” bogʻi hududida “Yapon bogʻi” va “Kato Kyudzo” memorial muzeyini barpo etish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Termiz shahar IIO FMBda xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan, ushbu tizimga 24 ta chorrahadagi 80 dona zamonaviy raqamli videokuzatuv kameralari toʻgʻridan toʻgʻri ulangan. Termiz shahrida 10 ta “Tezkor chaqiruv tugmalari” (SOS) oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda oʻtkazilgan “Turmush” tadbirlarida qariyb 67 mingta oila oʻrganilgan, 1 ming 320 ta oilaviy nizolar muhokama qilingan, natijada 889 ta nizoli oilaning notinchligiga barham berilgan boʻlsa, 652 ta oilada ajrimlarning oldi olinishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etgan 1,2 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berilgan hamda 980 nafari ishga joylashtirilgan. Norasmiy ish bilan band boʻlgan 1 ming 250 nafar xotin-qizlar vaqtinchalik oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar sifatida rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “ayollar daftari” yuritilishini yoʻlga qoʻyish va ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, xotin-qizlar 9 toifaga ajratilgan holda, bugungi kunga qadar jami 28 ming 928 nafari “ayollar daftari” elektron bazasiga kiritilgan, har bir hudud boʻyicha alohida “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “yoshlar daftari” boʻyicha ishga joylashtirish orqali qariyb 20 ming nafar, tadbirkorlikka koʻmaklashish orqali 13,2 ming nafardan ziyod, kasb-hunarga oʻqitish orqali 7,7 ming nafardan ortiq, “Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida hamda “Ustoz-shogird” anʼanasi doirasida tadbirkorlarga va usta-hunarmandlarga biriktirish orqali 8,5 ming nafarga yaqin yoshlar bandligini taʼminlash belgilab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan, aholi yashash joylariga yaqin 16 ming 320 gektar yer maydoni tanlab olinib, 37 ming nafardan ortiq yoshlarga ajratib berilishi koʻzda tutilgan, bugungi kungacha 870 nafardan ortiq yoshlarga oʻrtacha 58 sotixdan jami 507 gektar yer maydoni ajratib berilgan va ushbu yoshlarning 1,5 ming nafardan ortigʻi ish bilan taʼminlanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-fevral kuni Bandixon tumanida harbiy texnikalarni jalb etgan holda katta “Sport festivali” oʻtkazilgan, joriy yilning 8-fevral kuni viloyat boʻyicha 60 ta sektordagi eng faol yoshlar yetakchilari va Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazilib, hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan gʻoyalar tanlab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganish davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, oʻz yechimini kutib turgan muammolar va kamchiliklar mavjudligi ham kuzatildi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ijro intizomini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 — 2020-yillar davomida Surxondaryo viloyati hokimligi masʼul ijrochi sifatida qabul qilingan ijro hujjatlaridan muddati kelgan 3 ming 329 ta topshiriqdan 3 ming 288 tasi (98,7 foizi) ijrosi taʼminlangan, qolgan 32 ta topshiriq ijrosi hozirgi kunda ham taʼminlanmay turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan, iqtisodiy masalalar boʻyicha 4 ta, qurilish masalalari boʻyicha 15 ta, qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha 3 ta, investitsiya masalalari boʻyicha 4 ta, ijtimoiy masalalar boʻyicha 8 ta topshiriq bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilanib, ijro muddati 2019-2020-yillar boʻlgan tadbirlardan 30 tasi ijrosi toʻliq yakuniga yetkazilmagan, shuningdek 13 ta tadbir 2021-yil uchun tasdiqlangan investitsiya dasturida koʻzda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning noyabr oyida yangidan tashkil etilgan Bandixon tumanida 2020-yil davomida davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining boʻlimlari uchun yangi binolar qurish va jihozlash ishlari belgilangan boʻlib, ijrosi taʼminlanmagan. Tuman markazining bosh rejasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, agrar soha, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2020-yil davomida 689 ta kichik biznes subyekti tugatilishi natijasida 1 ming 459 ta ish oʻrni yoʻqotilgan. Tugatilgan kichik biznes subyektlari soni 2019-yilga nisbatan kamaygan boʻlsa-da, ushbu koʻrsatkich Qumqoʻrgʻon tumanida qariyb 9 barobar (25 tadan 217 tagacha), Denov tumanida 4 barobar (35 tadan 137 tagacha) oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda 9 ming 690 ta kichik biznes subyektini tashkil etish belgilangan boʻlib, amalda reja 78 foizga bajarilgan. Ushbu koʻrsatkich Termiz shahrida 48 foizga, Shoʻrchi tumanida 59 foizga, Sariosiyo tumanida 63 foizga ijro etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil yakuniga koʻra, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning dastlabki reyting koʻrsatkichlari boʻyicha Qiziriq va Uzun tumanlari “sariq hudud”dan “qizil hudud”ga oʻtgan, Murzabot va Qumqoʻrgʻon tumanlari “qizil hudud”dan “sariq hudud”ga oʻtkazilgan, qolgan birorta hudud boʻyicha oʻzgarish boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda investitsiya loyihalari doirasida ishga tushirilgan umumiy qiymati 762,6 mlrd. soʻmlik 302 ta loyiha biznes rejaga nisbatan 20 foizga kam quvvatda ishlamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda ishga tushirilgan 754 ta loyiha asosida 6 ming 480 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi qayd etilgan boʻlib, yaratilgan ish oʻrinlari borasidagi soliq hisobotlari tahlili 547 ta loyiha boʻyicha 4 ming 138 ta ish oʻrni haqiqatda yaratilmaganligini koʻrsatdi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183 ta loyihada 1 ming 293 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi qayd etilgan boʻlsa-da, ushbu korxonalar soliq hisobotlarida 2020-yil dekabr oyidagi ishchi-xizmatchilar soni 2019-yil dekabr oyiga nisbatan oshmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123 ta loyihada 1 ming 700 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi qayd etilgan boʻlsa-da, ushbu korxonalar soliq hisobotlarida ishchilar soni 2019-yil dekabr oyidagi ishchilar soniga nisbatan kamaygan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185 ta investitsiya loyihasida 1 ming 671 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi qayd etilgan boʻlsa-da, soliq hisobotlariga asosan 536 ta yoki 1 ming 140 ta ishchi soni koʻp koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmonining 5-bandida hududiy komissiyalarga ikki hafta muddatda har bir hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tadbirlarni va masʼul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etish vazifasi yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan hududiy komissiya aʼzolari 17 ta tashkilot rahbarlaridan iborat boʻlsa-da, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da faqat soliq organlari masʼul etib belgilangan, shuningdek unda hududning mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmagan va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasidagi yoʻnalishlar toʻliq qamrab olinmagan, shu bois 2020-yil 15-noyabrga qadar tasdiqlanishi lozim boʻlgan “Yoʻl xaritasi” bugungi kunga qadar Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanmasdan qayta ishlab chiqish uchun qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra viloyatdagi 3 ming 696 ta xoʻjalik yurituvchi subyekt “nol” hisobot topshirgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 70 foizga (2020-yilda 2 ming 163 ta) oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada Denov (404 ta), Qiziriq (334 ta), Uzun (322 ta), Shoʻrchi (315 ta), Qumqoʻrgʻon (280 ta), Boysun (256 ta) tumanlari va Termiz shahridagi (391 ta) ishlar qoniqarsiz ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturi doirasida Termiz shahridagi “Oravit Ceramic” MChJ tomonidan xorijiy davlatdan oʻz vaqtida ishlab chiqarish uskunalari olib kelinmaganligi sababli santexnika jihozlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmagan va 80 ta ish oʻrni yaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning Denov tumanida 3,1 trln. soʻmlik, Sherobod tumanida 2,1 trln. soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich Bandixon tumanida 658,9 mlrd. soʻmni, Qiziriq tumanida esa 756,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi ayrim klaster korxonalari faoliyati koʻzlangan natijani bermagan, masalan, “Surxondaryo Agroxizmat” MChJ tomonidan paxta yetishtirishda Qiziriq va Sherobod tumanlarida hosildorlik 13,6 sentnerni, kooperatsiyalar tomonidan Shoʻrchi va Bandixon tumanlarida 21 sentnerni tashkil etganligi natijasida jami 30 mlrd. soʻm zarar koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, meva-sabzavot klastyerlari tomonidan Angor tumanidagi “Tanovar Surxon” korxonasi tomonidan 52 ming AQSh dollari, Denov tumanidagi “AGRO FRUIT FOOD” MChJ tomonidan 174 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan boʻlsa, Oltinsoy tumanidagi “Sulton sharbati” MChJ tomonidan umuman eksport amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahalliy budjet ijrosi va uning maqsadli sarflanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning shahar va tumanlarida 2020-yil davomida mahalliy budjetga ayrim soliq turlari boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlari ijrosi taʼminlanmagan. Xususan, jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha reja Jarqoʻrgʻon tumanida 70 foizga, Qumqoʻrgʻon tumanida 85 foizga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha reja esa Qiziriq tumanida 55 foizga, Termiz shahrida 64 foizga, Boysun tumanida 80 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi mavjud boqimonda qarzdorligi 122,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 12,2 mlrd. soʻmga yoki qariyb 111 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻrsatkich Angor tumanida 4,7 barobar, Termiz shahrida 2,9 barobar, Shoʻrchi tumanida 2,1 barobar, Muzrabot tumanida 1,7 barobar, Termiz tumanida 1,6 barobar, Jarqoʻrgʻon va Qiziriq tumanlarida 1,2 barobar oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda joriy yilning 1-yanvar holatiga yuridik shaxslarning budjet toʻlovlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq summasi miqdori 5 mlrd. 973,8 mln. soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar koʻrsatganidek, jami 4 mlrd. 224,2 mln. soʻmlik xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan, shuningdek 92,3 mln. soʻm mablagʻ davlat xaridlari toʻgʻrisidagi meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinmagan holda sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet kodeksi talablariga zid ravishda budjetda saqlanishi koʻzda tutilmagan tashkilotlarga mablagʻ ajratish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 4-fevraldagi 20/VI-I-sonli qaroriga asosan 2020-yil boshiga erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan viloyat davlat soliq boshqarmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va taʼmirlash ishlari uchun 160 mln. soʻm ajratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 18-apreldagi 37/VI-4-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-chorak yakuniga koʻra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Termiz harbiy prokuraturasiga yangi avtomashina xarid qilish uchun 121 mln. soʻm ajratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiziriq tuman davlat soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 90 mln. soʻm mablagʻ sarflangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining 2020-yil 13-oktabrdagi 98/15-06-sonli qarori bilan daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan tuman davlat soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 67 mln. soʻm ajratilgan, xususiy tadbirkorga tegishli boʻlgan binoni taʼmirlash uchun 163,8 mln. soʻm mablagʻ sarflangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov, Sariosiyo, Uzun tuman hokimlarining tegishli farmoyishlari bilan 100 mln. soʻmdan jami 300 mln. soʻm mablagʻ viloyat futbol klubiga homiylik xarajatlari uchun sarflangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasiga daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan xizmat avtomashinasi xarid qilish uchun 95,8 mln. soʻm mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Xalq deputatlari Shoʻrchi tuman Kengashining 2020-yil 15-oktabrdagi 84/VI-XIX-sonli qaroriga asosan ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda “ETIBORXON RAXIMOVA” xususiy korxonasi bilan tibbiyot birlashmasi oʻrtasida tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomaga muvofiq, 2 ta holatda 67 dona tibbiy kislorod ballonlari birja savdolaridagi narxga nisbatan jami 92,3 mln. soʻm qimmat narxda xarid qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning shahar va tumanlari budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalarning kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish maqsadida “Ochiq budjet” portalida aholini xabardor qilish va ularning faol ishtirokini taʼminlash borasida yetarli ishlar olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2019-yil 4-choragi yakunlariga koʻra tumanlar budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Oltinsoy tumanida 183,9 mln. soʻm, Muzrabot tumanida 106,2 mln. soʻm jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarga yoʻnaltirilishi yuzasidan “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirilgan eʼlon boʻyicha 614 ta taklif kelib tushgan boʻlishiga qaramasdan, amalda eng koʻp ovoz olgan tadbirlar uchun budjetdan umuman mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qoʻshimcha manbalar hisobidan jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun axborot portalida qayd etilgan mablagʻning Sariosiyo tumanida 33 foizi, Sherobod tumanida 47,3 foizi, Termiz tumanida esa 54 foizi yoʻnaltirilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 2-choragi yakunlariga koʻra, Muzrabot tumani boʻyicha 144,8 mln. soʻm, Denov tumani boʻyicha 332,7 mln. soʻm, Qiziriq tumani boʻyicha 69,9 mln. soʻm, Termiz shahri boʻyicha 166,7 mln. soʻm mablagʻ tegishli budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarga yoʻnaltirilishi yuzasidan eʼlonlar axborot portaliga joylashtirilib, aholi tomonidan 984 ta taklif berilgan boʻlsa-da, ushbu tadbirlar uchun tuman va shahar hokimlarining tegishli farmoyishlari qabul qilinmaganligi bois mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 3-choragi yakunlariga koʻra, Boysun tumanida 290 mln. soʻm, Shoʻrchi tumanida 130 mln. soʻm, Denov tumanida 95,5 mln. soʻm, Qiziriq tumanida 84,2 mln. soʻm, Muzrabot tumanida 19 mln. soʻm tuman budjetida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻ yoʻnaltirishda “Ochiq budjet” axborot portalida bildirilgan jamoatchilik fikri inobatga olinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinsoy va Angor tuman budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun mos ravishda 26 foiz va 50 foizga kam mablagʻlar sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, viloyat budjetining, tuman va shahar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2020-yil 4-choragida xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalliy hokimliklar tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Uy-joy, kommunal soha, elektr energiyasi, tabiiy gaz taʼminoti, transport infratuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning Muzrabot tumani “Obihayot” mahallasidagi 27 ta koʻp kvartirali uy-joy oʻta taʼmirtalab ahvolda, atrofida juda koʻp noqonuniy qurilishlar mavjud, mazkur uylarda shirkat tuzilmaganligi bois ularni taʼmirlash va atrofini obodonlashtirish uchun mahalliy budjet hisobidan mablagʻ ajratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan “Koʻp kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash” jamgʻarmasi tashkil etilgan boʻlib, mahalliy budjet va qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2021-yilda viloyatdagi jami 30 ta koʻp kvartirali uy-joyni taʼmirlash rejalashtirilgan, ammo ushbu maqsad uchun mahalliy budjet hisobidan yetarli mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan “Shargʻun” nimstansiyasidan 10-sonli shaxta hududigacha 12,3 km. uzunlikdagi ikki zanjirli havo elektr liniyasini hamda shu hududda 110/6 kV.li nimstansiya qurish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda elektr taʼminotini yaxshilash va isteʼmolchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida “Shargʻun” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Termiz” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Sulton Saodat” nimstansiyasini 2 ta 25 mVA kuch transformatorlari bilan taʼminlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi uzoq yillardan buyon ekspluatatsiyada boʻlgan past kuchlanishli 520,6 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 182 dona transformator punkti jismonan va maʼnan eskirgan, xususan, Termiz shahridagi koʻp yillardan buyon ekspluatatsiyada boʻlgan 30 km. uzunlikdagi 6-10 kV.li kabel tarmoqlarini rekonstruksiya qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrining “Yulduz” mahallasidagi xonadonlarga tabiiy gaz temir yoʻl uzelini kesib oʻtuvchi d-102 mm.li yer osti oʻrta bosimli gaz quvuri orqali oʻtgan boʻlib, kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlash borasida bir qator muammolar yuzaga kelayotganligi bois “Hududgaz” Surxondaryo gaz taʼminoti filiali tomonidan ushbu gaz quvurini d-159 mm.li gaz quvuriga almashtirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun tumanidagi koʻmir ombori hududiga yotqizilgan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi balansidagi 950 metr temir yoʻl taʼmirtalab ahvolda boʻlib, temir yoʻl vagonlarida keltirilgan koʻmirning “Sariosiyo” stansiyasidan yuk mashinalarida tashilishi qoʻshimcha vaqt hamda xarajatni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda “Sariosiyo” stansiyasidan Uzun koʻmir omborigacha boʻlgan 950 metr uzunlikdagi temir yoʻldan samarali foydalanish (taʼmirlash, ijaraga berish, balansga oʻtkazish va hokazo) boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilgi investitsiya dasturida Sariosiyo tumanidagi 8 ta obyektda 163,9 pm. koʻprikni toʻla taʼmirlash ishlari koʻzda tutilgan boʻlib, bugungi kunda koʻprik qurish ishlari deyarli tugallangan, ammo Moliya vazirligi tomonidan belgilangan limit doirasida talab etilayotgan 13,8 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilmaganligi hamda buyurtmachi “Surxondaryo mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan ushbu hududdagi 6,3 km. avtomobil yoʻlida qurish va taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmaganligi sababli ushbu koʻpriklar foydalanishga topshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-aprel — 1-may kunlari viloyatga tashrifi davomida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga xalqaro ahamiyatdagi M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1444 — 1622 km. qismlarini rekonstruksiya qilish texnik-iqtisodiy asoslarining ishlab chiqilishini jadallashtirib, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritish hamda qurilish ishlarini 2020-yil fevral oyidan boshlash boʻyicha vazifalar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan obyektning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etilgan boʻlishiga qaramasdan xalqaro moliya institutlari mablagʻlari jalb etilmagan va qurilish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda jami 1 ming 125 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, bolalarning 41,5 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. Ushbu koʻrsatkich Bandixon tumanida 20,6 foizni, Denov tumanida 26,7 foizni, Qumqoʻrgʻon tumanida 31 foizni, Oltinsoy tumani 33,4 foizni tashkil etadi. Viloyatda 6 yoshli bolalarning 31,4 foizi maktabga tayyorlov boʻyicha qamrab olinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda viloyatdagi 29 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari toʻliq yakuniga yetkazilgan, ammo ular jihozlar bilan taʼminlanmaganligi bois faoliyat koʻrsatmayapti, natijada 3 ming 540 nafar maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovdan chetda qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat hokimligi hamda tadbirkorlar oʻrtasida 2028-yilda tuzilgan uch tomonlama bitimga muvofiq, 2018 — 2020-yillarda quvvati 1 ming 440 oʻrinli 19 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish rejalashtirilgan boʻlib, Moliya vazirligi tomonidan mablagʻ ajratilgan boʻlsa-da, “Oʻzmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati filiali tomonidan kredit mablagʻlari ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil “Obod markaz” davlat dasturi asosida Muzrabot tumanidagi 3- va 11-sonli, “Obod qishloq” dasturi asosida Qiziriq tumanidagi 17-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼmirlash ishlari boshlangan boʻlsa-da, bugungi kungacha yakuniga yetkazilmagan. Shuningdek, viloyatdagi 17 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼmirga muhtoj ahvolda, 17 ta muassasani zarur jihozlar bilan taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020 oʻquv yilida viloyatdagi 907 ta maktabni bitirgan 38 ming 447 nafar oʻquvchining 12,9 foizi oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilingan boʻlsa, 45 ta maktabning birorta ham bitiruvchisi oliy taʼlim muassasasiga kira olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 55 ta maktab koeffitsiyenti 2 dan oshib ketgan, 95 ta maktab bugungi kunda mukammal taʼmirga muhtoj, 320 ta maktabda sport zali mavjud emas, 266 ta maktabning atrofi toʻliq oʻralmagan, 254 ta maktabda ichimlik suvi tashib keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashriflari hamda qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritilgan maktablardan 11 tasi 2021-yilgi investitsiya dasturiga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi maktablarda bugungi kunda jami 551 nafar pedagog kadrga ehtiyoj mavjud, xususan, ingliz tili (115 nafar), matematika (49 nafar), informatika (46 nafar), geografiya (36 nafar) fanlari boʻyicha oliy maʼlumotli pedagoglar yetishmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda viloyatdagi jami 6 ta oliy taʼlim muassasasida 35 ming 885 nafar talaba tahsil olayotgan boʻlib, ulardan 10 ming 210 nafarining (28,4 foiz) yotoqxonaga ehtiyoji bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda vrachlarga ajratilgan 7 ming 602,5 ta shtat birligidan ayni damda 3 ming 612 tasi, yaʼni 47,5 foizi vakant boʻlib turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-choragida Termiz tumanida 100 oʻrinli Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi tashkil etilgan boʻlib, loyiha-smeta hujjatlarida markazni tibbiy va reabilitatsion uskunalar bilan jihozlash nazarda tutilmaganligi bois shu kunga qadar reabilitatsiya tadbirlari amalga oshirilmayapti. Natijada har yili 800 nafarga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflab, reabilitatsiya tadbirlarini olish uchun boshqa hududlarga borishga majbur boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumanidagi erkaklar uchun hamda Sariosiyo tumanidagi ayollar uchun moʻljallangan “Muruvvat uylari”da yashayotgan nogironlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida ushbu muassasalarni fizioterapiya apparatlari bilan taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 41 ta madaniyat markazidan 15 tasining binosi mavjud emas yoki avariya holatida, 10 ta markaz binosi rekonstruksiyaga, 16 tasi kapital va mukammal taʼmirga muhtoj ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, viloyatda “temir daftar”ga kiritilgan 52 ming 496 ta ehtiyojmand oilada 53 ming 535 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar bor, 15-fevral holatiga “temir daftar”dagi 53 ming 516 nafar fuqaro ish bilan taʼminlangan boʻlsa, ularning 57,4 foizi oʻzini oʻzi band qilish orqali, 33,1 foizi esa vaqtincha ish bilan taʼminlangan, bor-yoʻgʻi 9,5 foizigina doimiy ish bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ishlari, ishiga qayta joylashtirish, sanoat, agrosanoat, qurilish loyihalarida ish bilan taʼminlanganligi uchun “temir daftar”dan chiqarilgan 14 ming 784 nafar fuqaroning roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasidagi korxonalarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisobotlari asosida tahlil qilinganda 966 nafar fuqaro (6,5 foiz) ish bilan taʼminlanmaganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 885 nafar fuqaroning ishga joylashtirilganligi bois “temir daftar”dan chiqarilganligi qayd etilgan boʻlsa-da, bugungi kunda ushbu fuqarolar ishsiz hamda daromad manbaiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil dekabr holatiga ish bilan taʼminlangan 307 nafar fuqaroning ish haqi miqdori eng kam ish haqi miqdoridan ham kamligi (624 ming 888 soʻm) aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi jami 721 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan 180 tasi oʻz binosiga ega emas, 77 ta mahalla fuqarolar yigʻini binosi esa kapital taʼmirga muhtoj ahvolda. 2020-yilda qurilishi rejalashtirilgan 80 ta mahalla fuqarolar yigʻini binosidan 21 tasi foydalanishga topshirilgan boʻlsa, qolgan 59 tasi, yaʼni 74 foizi boʻyicha hech qanday ish qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini oʻz vaqtida hal etib borish borasidagi ishlar talab darajasida emas. Xususan, 2021-yilning 15-fevraliga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandligi taʼminlanmagan 5 ming 823 nafar ayollardan 7,5 foizi ishga joylashtirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyi taʼmirga muhtoj 1-guruh nogironi boʻlgan 324 nafar ayoldan bor-yoʻgʻi 3 foizining uy-joyini taʼmirlashga koʻmaklashilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotgan 2 ming 775 nafar ehtiyojmand ayolni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha atigi 4 foiziga amaliy yordam koʻrsatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatga muhtoj 3 ming 475 nafar ehtiyojmand ayolning 4,5 foiziga tibbiy yordam berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy yordamga ehtiyoji boʻlgan 722 nafar ayolning 14 foiziga soha mutaxassislari jalb etilgan holda huquqiy yordam koʻrsatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik maslahatga muhtoj 510 nafar ayolning bor-yoʻgʻi 8,5 foiziga psixologik yordam berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik xizmat koʻrsatish borasida ham bir qator muammolar mavjudligi maʼlum boʻldi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kreditlar ajratish sohasida Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha Angor, Boysun, Jarqoʻrgʻon, Sherobod tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordamga muhtoj II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish sohasida Bandixon, Boysun, Jarqoʻrgʻon tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish yuzasidan Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Oltinsoy, Termiz, Uzun tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joylarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga yordam koʻrsatish sohasida Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaramogʻida nogironligi boʻlgan bolalari mavjud yolgʻiz ayollarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida Angor, Bandixon, Boysun, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Termiz, Uzun, Sherobod tumanlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xizmatga hamda psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga yordam koʻrsatish sohasida Sherobod tumanida amaliy ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Huquqbuzarliklarning oldini olish, sud-huquq, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2020-yil davomida jami 3 ming 176 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan, xususan, oʻta ogʻir va ogʻir turdagi jinoyatlar soni 72 — 77 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir mahalla fuqarolar yigʻinida oila, xotin qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari lavozimi joriy etilgan boʻlishiga qaramasdan viloyatda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 24,5 foizga oshgan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 14 foizga, yoshlar jinoyati 25,6 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda oʻz joniga qasd va suiqasd qilish bilan bogʻliq 205 ta holat qayd etilgan, shundan 45 ta suiqasd, 160 ta holatda shaxslar oʻz joniga qasd qilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari Denov va Jarqoʻrgʻon tumanlarida 22 tadan, Sherobod tumanida 20 ta, Muzrabot va Termiz tumanlarida 16 tadan, Qiziriq tumanida 15 ta sodir boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 721 ta mahalladan 142 tasida yoki 19,7 foizida jinoyatlar oshishiga yoʻl qoʻyilgan. Qayd etilgan jinoyatlarning 1 ming 280 tasi oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda jami 61 ta jinoyat ishi boʻyicha 101 nafar shaxs tomonidan korrupsiyaga oid, xususan, 3 nafar viloyat miqyosidagi va 98 nafar tuman (shahar) miqyosidagi mansabdor shaxslar tomonidan jinoiy qilmishlar sodir etilgan. Jinoyat sodir etgan shaxslarning 39 nafari xalq taʼlimi, 10 nafari sogʻliqni saqlash, 6 nafari ichki ishlar, 6 nafari bank tizimi xodimlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davrda viloyat boʻyicha tergov qilingan jinoyat ishlari boʻyicha prokuratura organlari tomonidan davlat, jamoat va fuqarolarga yetkazilgan jami 15 mlrd. soʻmlikdan ortiq zarar aniqlanib, ularning 80,4 foizi tergov jarayonida undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat xalq taʼlimi tizimidagi 271 nafar hisobchining 130 nafari (48 foizi) oliy maʼlumotga ega emas. Muqaddam oʻzlashtirish yoki rastrata bilan bogʻliq jinoyat sodir etib sudlangan boʻlsa-da, ish beruvchilar tomonidan ushbu holatlarga koʻz yumib ishdan boʻshatmaslik, ishga qabul qilish yoki muqaddam sudlanganligini bila turib, keyinchalik jinoyat sodir etishning oldini olish choralari koʻrilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Sherobod, Uzun, Termiz, Sariosiyo tuman xalq taʼlimi boʻlimlarida 21 nafar hisobchi muqaddam oʻzlashtirish va rastrata jinoyati uchun sudlangan shaxslarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda koronavirusga qarshi kurashish uchun mahalliy budjetdan va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar va gumanitar yordamlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan 48 tashkilotda oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 2 ming 861 holatda 9 mlrd. 537,3 mln. soʻm mablagʻ ortiqcha sarflanishiga va turli moliyaviy xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda ularning tizimlaridagi 51 ta muassasada oʻtkazilgan tekshirishlarda 47 ta muassasada jami 2 ming 784 holatda 8 mlrd. 411,9 mln. soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga mosligi, shuningdek qurilish-taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 77 holatda jami 1 trln. 125,3 mln. soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Aholi murojaatlari bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, viloyat hokimligiga kelib tushgan 23 ming 269 ta murojaatdan 59 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlarning Denov tumanida 33,2 foizi, Termiz tumanida 38,6 foizi, Jarqoʻrgʻon tumanida 41,1 foizi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 10,6 foizi ijobiy yechimini topgan, xolos. Xususan, ushbu koʻrsatkich Termiz shahrida 5,8 foizni, Shoʻrchi tumanida 6 foizni, Boysun tumanida 7,3 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar natijasida viloyat hokimligiga kelib tushgan murojaatlar soni boʻyicha respublikada 3-oʻrinda, murojaatlarni qanoatlantirish boʻyicha 7-oʻrinda, murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi boʻyicha esa 10-oʻrinda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududdagi dolzarb muammolar va ularning yechimi yuzasidan koʻrilgan choralar kutilgan natijani bermaganligi sababli bir qator sohalarda murojaatlarni yoʻllash yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi murojaatlarida asosan uy-joy bilan taʼminlash (4 ming 325 ta), yer maydoni ajratish yoki asossiz olib qoʻyish (2 ming 638 ta), aholi uy-joylarini taʼmirlash (1 ming 916 ta), ichki yoʻllarni taʼmirlash va qurish (1 ming 879), moddiy yordam (940 ta), yer maydonini oʻzboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish (710), mahalliy hokimiyat xodimlarining xatti-harakatlari (487 ta), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazidan kredit uchun tavsiyanoma olish (392 ta), uy-joy (ipoteka) krediti (309 ta), buzilgan uy-joy (bino) oʻrniga kompensatsiya toʻlovi (285 ta), ichimlik suvi taʼminoti (264 ta) boʻyicha muammolar yoʻllangan boʻlib, ushbu masalalar ikki yil davomida oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali yoʻnaltirilgan 282 ta murojaatning qonun bilan belgilangan ijro muddatlari buzilgan, hatto, ayrim murojaatlar 7 oygacha kechiktirilgan holda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi SQ-248-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilangan va ijrosi toʻliq yakuniga yetkazilmagan tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bajarilmagan tadbirlar

Mazmuni

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

Izoh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-sonli qarori hamda 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli qarori 17-ilovasi

Angor, Boysun, Denov, Qumqoʻrgʻon, Oltinsoy, Uzun Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod, Termiz tumanlarida 31,2 km. lotokli sugʻorish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

2019-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi “Guliston Dashnobod” SIU hududidagi “Doʻstlik” sugʻorish kanalini gidrotexnik inshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish.

2019-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi “Shodmonqozoq” kanalining
PK 0+00 dan PK 50+00 gacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish.

2019-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi “Toʻpalang gavhari” SIU hududidagi “Xarkush-2” sugʻorish kanalini gidrotexnik inshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish.

2019-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Muzrabot tumani “Fidokor” mahallasi hududini suv bilan taʼminlash maqsadida 1,5 km. bosimli quvur hamda nasos stansiyasini qurish.

2019-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4201-sonli qarori

2019-yilgi “Obod qishloq” dasturi doirasida 20 ta MFYni ichimlik suvi bilan taʼminlash obyektlarida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish uchun talab etilayotgan 8 mlrd. 552 mln. soʻm mablagʻni respublika budjetidan ajratish.

2019-yil

Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi PQ-4667-sonli qarori

9-bandi d-qismi

Denov tumani markazidagi “Guliston” va “Lolazor” mahallalarini bogʻlovchi “Qizilsuv” daryosi ustidan oʻtuvchi yangi koʻprik qurish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya vazirligi

Mablagʻ ajratilmagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari

4.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 709-sonli qarori

Boysun tumanida “Sayrob” madaniyat markazi uchun yangi bino qurish, “Dashtigʻoz” madaniyat markazini rekonstruksiya qilish.

2020-yil

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Boysun tumani davlat arxivi uchun zamonaviy tipdagi bino qurish (barcha turdagi jihozlar bilan taʼminlash bilan birga).

2020-yil

Moliya vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

5.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 710-sonli qarori

Muzrabot tumanidagi 4 ta mahallada yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish va 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish.

2019-2020-yillar

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

6.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 711-sonli qarori

Sariosiyo tumanida 18,4 km. yangi elektr tarmogʻi qurish, 3 ta TP oʻrnatish, 4,5 km. tarmoqni rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash.

2020-yil

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani “Tortuli” va “Turmushobod” mahallalari aholisining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun ichimlik suvi inshooti va tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish.

2020-yil

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Suv taʼminot� va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani markazi aholisining va ijtimoiy soha obyektlarining oqova suv xizmatini yaxshilash maqsadida 25 km. kanalizatsiya tizimi?i qurish.

2019-2020-yillar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani “Boysunobod” mahallasi hududida 125 oʻrinli va “Nodirabegim” mahallasi hududida 240 oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish.

2020-yil

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Shargʻun koʻmir” konida ishlovchi xodimlar farzandlari uchun 385 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish.

2020-yil

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” mahallasi hududida 315 oʻrinli yangi maktab qurish.

2020-yil

Xalq taʼlimi vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi 73-sonli umumtaʼlim maktabi, 51-sonli, 64-sonli, 65-sonli va 69-sonli maktablar filiali uchun qoʻshimcha oʻquv binolari qurish.

2020-yil

Xalq taʼlimi vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi 14-sonli, 62-sonli, 70-sonli, 51-sonli, 55-sonli, 41-sonli umumtaʼlim maktablari uchun 12x24 metr hajmdagi sport zal binolarini yangidan qurish.

2020-yil

Xalq taʼlimi vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanidagi 2-sonli, 9-sonli, 1-sonli, 3-sonli,12-sonli, 68-sonli, 5-sonli, 32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablariga “Q-box” uskunalarini oʻrnatish.

2019-2020-yillar

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasidagi 65-sonli, “Shoxqishloq” mahallasidagi 64-sonli QOPni rekonstruksiya qilish.

2020-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hududida yopiq suzish havzasini barpo etish.

2020-yil

Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanida sportning olimpiya turlarini oʻz ichiga oluvchi (boks, karate, taekvondo, erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo, yengil va ogʻir atletika, voleybol, gandbol) maxsus sport kompleksini barpo etish.

2020-yil

Moliya vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani Shargʻun shahridagi 4-Kasbiylashtirilgan Yongʻin xavfsizligi qismini zamonaviy yongʻin oʻchirish avtomobili bilan taʼminlash.

2020-yil

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumanida zamonaviy “Yoshlar” markazini barpo etish. Bunda, kutubxona (bosma va elektron), axborot oʻquv markazi, kovorking markazi, kinoteatr, ilmiy-texnologik ishlanmalar va sinov oʻtkazish kompleksi, chet tillarini oʻqitish markazi, yosh ijodkorlar asarlarini namoyish etish galereyasi, hunarmandchilik yoʻnalishlarini tashkil etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani davlat arxivi uchun zamonaviy tipdagi bino qurish (barcha turdagi jihozlar bilan taʼminlash bilan birga).

2019-2020-yil

“Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Sariosiyo tumani markazida elektr, tabiiy gaz va suv oʻlchagichlarini sinovdan oʻtkazish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi filialini tashkil etish.

2019-yil

“Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan hamda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan mablagʻ ajratilmagan.

7.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 872-sonli qarori

Shoʻrchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 89-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida tor soha mutaxassislari va tez tibbiy yordam (103) xodimlari uchun yangi bino qurish hamda 103 tez yordam shoxobchalarida avtotransportlar uchun turar-joy qurish.

2020-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Shoʻrchi tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruqxona boʻlimi uchun qoʻshimcha bino qurish.

2020-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Respublika budjetidan mablagʻ ajratilmagan.

Shoʻrchi tumani markazida “Yoshlar ittifoqi” uchun “Yoshlar markazi” hamda “Axborot-kutubx?na” markazi binosini qurish.

2020-yil

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Yoshlar jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratilmagan.

8.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 160-sonli qarori

Oltinsoy tumanidagi “Yangi qurilish” mahallasida qoʻshimcha 160 kVA TP oʻrnatish.

2020-yil

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mablagʻ ajratilmagan.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi SQ-248-IV-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda Hukumat qarorlarida amalga oshirilishi belgilangan, ammo 2021-yil uchun tasdiqlangan investitsiya dasturida koʻzda tutilmagan tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bajarilmagan tadbirlar

Mazmuni

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 710-sonli qarori

Muzrabot tumani 52-sonli va 51-sonli qishloq oilaviy poliklinika binolarini hamda A. Nabiyev tugʻruqxona boʻlimi binosini, R. Boʻriyev QVP binosini rekonstruksiya qilish.

2021-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Muzrabot tumani Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi uchun 18x42 sport zali hamda 25x11 hajmdagi yopiq suzish havzasini qurish.

2021-yil

Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 871-sonli qarori

Qumqoʻrgʻon tumanida 2020-yilda bajarilishi taʼminlanmagan “Azlarsoy” mahallasi hududida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish, 2021-yilda bajarilishi belgilangan 4 ta mahallada yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish va 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish.

2020-2021-yillar

Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Qumqoʻrgʻon tumani “Qarsoqli” va “Chayontepa” mahallalarida yangi maktab binosini, 16-sonli, 21-sonli, 25-sonli, 51-sonli, 79-sonli maktablarga qoʻshimcha oʻquv binosi qurish.

2021-yil

Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

3.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 872-sonli qarori

Shoʻrchi tumanida 2020-yilda bajarilishi taʼminlanmagan “Gʻarmaqoʻrgʻon” mahallasi hududida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish, 2021-yilda baj�rilishi belgilangan 4 ta mahallada yangi maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish, 22-sonli, 15-sonli, 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish.

2020-2021-yillar

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Shoʻrchi tuman tibbiyot birlashmasida 20 oʻrinli travmatologiya boʻlimi binosini qurish.

2021-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Shoʻrchi tuman markaziy shifoxonasida chiqindi suvlarni qayta ishlab zararsizlantirish tizimini rekonstruksiya qilish.

2021-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 160-sonli qarori

Oltinsoy tumani “Ekraz” mahallasidagi 10-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini kapital rekonstruksiya qilish

2021-yil

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Oltinsoy tumanidagi 52-sonli, 8-sonli, 12-sonli, 59-sonli, 24-sonli, 30-sonli, 46-sonli, 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarini rekonstruksiya qilish.

2021-yil

Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Oltinsoy tuman madaniyat markazini rekonstruksiya qilish.

2021-yil

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi PQ-4667-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 222-sonli qarori

Denov tumani “Oʻrtaqishloq” mahallasida ichimlik suv tarmoqlari va inshootini yangidan qurish hamda rekonstruksiya qilish.

2021-yil

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Denov tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish.

2021-yil

Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Denov tumanidagi 18-sonli QOP uchun yangi bino qurish.

2021-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi