02.04.2021 yildagi PQ-5049-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Asaka tumanini obodonlashtirish va arxitektura qiyofasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Asaka tumanining arxitektura qiyofasini yanada yaxshilash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-yilda investitsiya loyihalari doirasida investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dasturga muvofiq “Asaka city” turar joy majmuasini qurish” loyihasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Asaka tumani “Chek” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Asaka city” zamonaviy koʻp funksiyali majmuani (keyingi oʻrinlarda — “Asaka city” majmuasi) barpo etish uchun 53,3 gektar yer maydoni tanlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtosanoat-Injiniring” MCHJ “Asaka city” majmuasi loyihasining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) bosh rejasini (batafsil rejalashtirish loyihasini) ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi etib, “Tashgiprogor” AJ esa tanlov asosida bosh loyiha tashkiloti etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabrga qadar Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlariga ruxsat olish, tayyorgarlik ishlari hamda Loyihani amalga oshirish boʻyicha boshqa xarajatlar) “Avtosanoat-Injiniring” MCHJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtosanoat-Injiniring” MCHJ tomonidan avtomobilsozlik sanoati xodimlarini arzon turar joylar bilan taʼminlash maqsadida “Asaka city” majmuasida bir qator namunaviy koʻp kvartirali uylarni qurish ishlari boshlaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan boshlab “Asaka city” majmuasida obyektlarni qurish investorlarning mablagʻlari, shu jumladan kreditlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon viloyati hokimligi va “Oʻzavtosanoat” AJning Andijon viloyati, Asaka tumani, “Chek” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan, qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan 53,3 gektar sugʻoriladigan toshloq va unumdorligi past boʻlgan yer maydonida Loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Loyihani amalga oshirish uchun ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan yer maydoni “Avtosanoat-Injiniring” MCHJga ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtosanoat-Injiniring” MCHJ tanlangan hududda “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida direksiyalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi funksiyalari va vazifalarini, xususan buyurtmachi funksiyalarini bajarish, qurilishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda obyektlardan foydalanishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar “Oʻzavtosanoat” AJ va “Avtosanoat-Injiniring” MCHJ vakillari ishtirokida Andijon viloyati hokimligi qoshidagi “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida loyihalar tashabbuskorlarini tanlab olish va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi investitsiya takliflarining tanlovi yakunlari boʻyicha jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi — direksiya funksiyalarini bajaruvchi yuridik shaxs, investorlar, bosh pudrat tashkilotlari hamda tashkilotlar-norezidentlarga nisbatan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish uchun sugʻoriladigan yer maydoni ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Loyihani amalga oshirishda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini tashkil etish boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha obyektlarining joylashuviga muvofiq, Andijon viloyatining mahalliy budjeti, shuningdek, xizmatlarni yetkazib beruvchilar mablagʻlari hisobidan Loyihaning boʻlinish chegarasiga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish ishlari bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻoriladigan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida Loyiha uchun ajratilayotgan sugʻoriladigan yer maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish vazirligi Loyiha amalga oshiriladigan hududdagi obyektlarda qurilish-montaj ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5049-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 07/21/5049/0272-son)