4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda YIDXP faoliyati doirasida quyidagi imkoniyatlarni joriy etsin:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 179-son qaroriga
1-ILOVA
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddati | |||
| I. Davlat xizmatlari bilan bogʻliq murojaatlarni qabul qilish tartibi | ||||||
| 1-bosqich | Murojaat qiluvchi | Davlat xizmatlariga oid masala yuzasidan qoʻngʻiroq qilib murojaat qilish. | Ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar | |||
| 2-bosqich | Operator | 1) Oʻzini tanishtirib zarur maʼlumotlarni maʼlum qilish; 2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish boʻyicha interfaol tarzda tushuntirish berish. | 20 daqiqa ichida | |||
| Murojaat qiluvchi | Operatorning onlayn tushuntirishi davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan foydalanish. | Zaruratga koʻra | ||||
| Operator | Murojaatga darhol javob berish imkoni boʻlmaganda, murojaatni yozib olish va ikki kun muddatda batafsil (ogʻzaki yoki yozma) javob berish. | 2 ish kuni davomida | ||||
| II. Davlat xizmatlari bilan bogʻliq boʻlmagan murojaatlarni qabul qilish tartibi | ||||||
| 1-bosqich | Murojaat qiluvchi | Davlat xizmatlaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan masala yuzasidan qoʻngʻiroq qilish. | Ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar | |||
| 2-bosqich | Operator | Davlat organlari va tashkilotlarining aloqa xizmatlari (ishonch telefoni) yagona bazasidan murojaatdagi masala yuzasidan vakolatli boʻlgan davlat organi yoki tashkilotining aloqa xizmatlari (ishonch telefoni) bilan darhol ulab berish. | 10 daqiqa ichida | |||
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 179-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
qoʻngʻiroq qilgan shaxsga ushbu Namunaviy nizomning 24-bandida koʻrsatilgan axborot va maʼlumotlarni maʼlum qilishni taklif etishi;
Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA| T/r | Axborot tarkibi |
| 1. | Davlat xizmatini koʻrsatish shartlari |
| 2. | Davlat xizmatini koʻrsatishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari |
| 3. | Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi |
| 4. | Davlat xizmatini koʻrsatish natijasi |
| 5. | Davlat xizmatini koʻrsatish muddatlari |
| 6. | Davlat xizmatini koʻrsatish narxi |
| 7. | Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan hujjatlar |
| 8. | Davlat organi yoki tashkilotining harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi |
| 9. | Davlat xizmatini taqdim etuvchi davlat organi yoki tashkilotining manzili, telefonlari (shu jumladan, ishonch telefoni), ish rejimi |
| 10. | Davlat xizmatini koʻrsatishning holati va natijalari toʻgʻrisida axborot |
Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA| Liniyaga kelib tushgan qoʻngʻiroqlar (birlik) | Qabul qilingan qoʻngʻiroqlar (birlik) | Oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroqlar (birlik) | Suhbatning umumiy davomiyligi (daq. sek.) | Suhbatning oʻrtacha davomiyligi (daq. sek.) | Chiquvchi qoʻngʻiroqlar birlik) | |
| __.__.__ | ______ | ______ | ______ | ______ | ______ | ______ |
Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
3-ILOVAIdoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish
| Bosqichlar | Masʼullar | Tadbirlar | Muddat | |||
| 1-bosqich | Murojaat qiluvchi | 1) Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga qoʻngʻiroq qilib murojaat qilish. 2) Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi orqali qoʻngʻiroq qilib murojaat qilish. | Ehtiyojga koʻra | |||
| 2-bosqich | Operator | 1) Oʻzini tanishtirib zarur maʼlumotlarni maʼlum qilish; 2) Murojaat bilan ishlash: a) koʻp beriladigan savollar roʻyxatidagi savol berilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazmasdan oʻzi javob berish; b) murojaatni ijro intizomini nazorat qilish tizimida roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrib chiqish uchun davlat organi rahbariyatiga kiritish; v) vakolatiga kirmaydigan masala boʻlsa, tegishli vakolatli organga murojaat qilishni maslahat berish. | Bir ish kuni mobaynida | |||
| 3-bosqich | Davlat organi rahbariyati | Murojaatni koʻrib chiqishga masʼul tarkibiy boʻlinmani belgilash. | Bir ish kuni mobaynida | |||
| 4-bosqich | Davlat organi masʼul tarkibiy boʻlinmasi | 1) Murojaatni qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish; 2) Zarur hollarda murojaat qiluvchini jalb qilgan holda joyining oʻziga chiqib murojaatni oʻrganish; 3) Murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha yozma xat yoki tegishli qaror loyihasini tayyorlash va rahbariyatga imzoga kiritish. | Qonunchilikda belgilangan muddatda | |||
| 5-bosqich | Davlat organi rahbariyati | Murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilish va murojaat qiluvchini yozma shaklda xabardor qilish. | Bir ish kuni mobaynida | |||
| 6-bosqich | Operator yoki belgilangan masʼul xodim | 1) Murojaat koʻrib chiqilganligi holatini ijro intizomini nazorat qilish tizimida qayd etish va nazoratdan yechish; 2) Statistik maʼlumotlarni veb-saytga joylashtirib borish. | Bir ish kuni mobaynida | |||