Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3113-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 320-son “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-aprel,
10-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 10-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 3-bandda:
uchinchi xatboshi “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi va sakkizinchi xatboshilar “yashash guvohnomasi” degan soʻzlardan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 31-bandda:
ikkinchi xatboshi “pasportga” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasiga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “yashash guvohnomasiga” degan soʻzlardan keyin “(identifikatsiya ID-kartasiga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshidagi “va doimiy propiskasiz” degan soʻzlar “(identifikatsiya ID-kartasisiz) va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 12-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan)” degan soʻzlar “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 24-bandning oltinchi xatboshisidagi, 60 va 79-bandlarning beshinchi xatboshilaridagi “doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti” degan soʻzlar “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 27-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
6. 29-bandning uchinchi xatboshisi va 152-band “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlaganida yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaxsga berganida, mazkur Yoʻriqnomaning 30 — 34-bandlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti qoidalari qoʻllaniladi.”.
9. 74-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi, 87-bandning beshinchi xatboshisidagi, 90-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 92-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy propiska qilingan” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3113-6/0266-son)