|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida Davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishi, davlat organlarida sohaga oid boʻlmagan vazifalarning qisqartirilishi, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, shuningdek, davlat funksiyalarini amalga oshirishga xususiy sektorning jalb qilinishi kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan kelib chiqib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash maqsadida: 1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish va tuzilmasini maqbullashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin: a) 2021-yil 1-maydan boshlab: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining sonini 15 foizgacha maqbullashtirish hamda ularning yangilangan cheklangan sonini 1-ilovaga muvofiq belgilash; vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari lavozimlarini 2-ilovaga muvofiq qisqartirish; b) Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tugatish va uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berish. 2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini kiritsin: Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda mol-mulkini Moliya vazirligiga oʻtkazish; tugatilayotgan Agentlikning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarini, ular bilan kelishilgan holda, keyinchalik amalga oshirish mexanizmini belgilash; Kapital bozorini rivojlantirish agentligining vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkazilishi hisobiga uning faoliyatini kengaytirish. 3. Mazkur qarorning ilovalarida koʻzda tutilgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari: bir hafta muddatda markaziy apparat va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar xodimlari sonini maqbullashtirish boʻyicha komissiyalar tashkil etsin hamda qisqartiriladigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlasin; shtat birliklari qisqartirilayotgan xodimlar bilan munosabatlarda mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiy amal qilinishi hamda xodimlarning mehnat huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlasin; shtat birliklarini maqbullashtirish natijasida funksional majburiyatlarning qayta taqsimlanishini hisobga olib, 2021-yil 1-mayga qadar boshqaruv xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin. 4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin. 5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yil 15-mayga qadar: vazirlik, idoralar va boshqa budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ushbu qaror bilan belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga va yordamchi xodimlar sonining belgilangan meʼyorlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, xodimlarning oʻz kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini taʼminlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin. 6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Moliya vazirligi (O.Z. Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida, shuningdek, davlat korxonalari boshqaruv organlarida kamida bir nafardan oʻrinbosari lavozimlarini qisqartirish, shuningdek, boshqaruv xodimlari sonini 10 foiz miqdorida maqbullashtirish tashabbusi bilan chiqsin. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O.A. Xasanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov), Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: a) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qoʻllash orqali mahalliy davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruvi organlarida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashning zamonaviy usullarini joriy etish; maʼmuriy islohotlar doirasida davlat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini, shuningdek, bir-birini takrorlovchi funksiya va vazifalarni chuqur tahlil qilgan holda davlat organlari sonini qisqartirish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlari sonini qayta koʻrib chiqish; b) 2021-yil 1-sentabrga qadar xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini reyting baholashni amalga oshirish uchun maxsus dasturiy majmua ishlab chiqilishini hamda davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-avgustga qadar axborot berilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 3-aprel, PQ-5053-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga 1-ILOVA Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
Izoh: * Davlat organi rahbariga, zarur hollarda, tashkilot markaziy apparati, idoraviy va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi; zarur hollarda, mazkur davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mavjud shtat birliklarini qisqartirilishiga ruxsat etiladi; ** Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, Toshkent shahri tumanlaridagi boʻlinmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan. (1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoni tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qaroriga 2-ILOVA Vazirliklar va idoralarning qisqarayotgan rahbar oʻrinbosarlari va ularning cheklangan soni
Izohlar: * Rahbar oʻrinbosarlari lavozimi soni 3 va undan ortiq boʻlganda rahbarning birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilishi mumkin; ** Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi agentligi direktori — moliya vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “moliya vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi; *** Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining kasb-hunar taʼlimi boʻyicha oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi; **** Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi — qurilish vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “qurilish vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi; ***** Transport vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi; Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi — transport vaziri oʻrinbosari lavozimidagi “transport vaziri oʻrinbosari” maqomi chiqarib tashlanadi. (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 07/21/5053/0274-son, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан Об оптимизации структуры и сокращении численности штатных единиц органов государственной власти и управления В целях обеспечения эффективности и результативности деятельности органов государственной власти и управления страны исходя из широкомасштабных реформ, проводимых в таких направлениях, как внедрение современных рыночных механизмов государственного регулирования, сокращение непрофильных задач в государственных органах и внедрение в их деятельность цифровых технологий, а также привлечение частного сектора к осуществлению государственных функций: 1. Одобрить предложения Республиканской комиссии по сокращению штатных единиц управленческого персонала и оптимизации структуры органов государственной власти и управления, их ведомственных и территориальных подразделений, предусматривающие: а) начиная с 1 мая 2021 года: оптимизацию до 15 процентов численности управленческого персонала и определение обновленной предельной численности органов государственной власти и управления, их ведомственных и территориальных подразделений согласно приложению № 1*; сокращение должностей заместителей руководителей министерств и ведомств согласно приложению № 2*; * приложения № 1 и 2 приводится на узбекском языке. б) упразднение Агентства по развитию рынка капитала и передачу всех его задач, функций и полномочий Министерству финансов. 2. Министерству финансов (Т.А. Ишметов) совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в месячный срок внести проект решения Президента Республики Узбекистан, предусматривающий: передачу Министерству финансов полномочий, прав, обязательств и имущества Агентства по развитию рынка капитала; определение механизма последующей реализации проектов упраздняемого Агентства с участием международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций по согласованию с указанными организациями; расширение деятельности Министерства финансов за счет передачи ему полномочий Агентства по развитию рынка капитала. 3. Руководителям органов государственной власти и управления, указанных в приложениях к настоящему постановлению: в недельный срок образовать комиссии по оптимизации численности работников центрального аппарата и подведомственных организаций и утвердить перечень сокращаемых должностей; обеспечить неукоснительное соблюдение требований трудового законодательства, недопущение нарушения трудовых прав работников, штатные единицы которых подлежат сокращению; учитывая перераспределение функциональных обязанностей в результате оптимизации штатных единиц, в срок до 1 мая 2021 года пересмотреть и утвердить должностные инструкции управленческого персонала. 4. Министерству занятости и трудовых отношений совместно с Советом Федерации профсоюзов Узбекистана принять меры по оказанию содействия в трудоустройстве работников, штатные единицы которых сокращены. 5. Министерству финансов (Т.А. Ишметов) в срок до 15 мая 2021 года: обеспечить регистрацию штатных расписаний министерств, ведомств и иных бюджетных организаций в соответствии с предельной численностью управленческого персонала и нормами численности вспомогательного персонала, определенными настоящим постановлением; внести проект постановления Президента Республики Узбекистан о внедрении единой системы оплаты труда, предусматривающей повышение эффективности деятельности органов государственной власти и управления, их ведомственных и территориальных подразделений, усиление стремления к высокоэффективному труду, обеспечение заинтересованности работников в повышении своего профессионального уровня. 6. Министерству экономического развития и сокращения бедности (И.И. Норкулов), Министерству финансов (О.З. Насритдинходжаев), Агентству по управлению государственными активами (А.Ж. Ортиков) инициировать на общих собраниях акционеров (участников) хозяйственных обществ, в уставном фонде (капитале) которых государственная доля составляет 50 и более процентов, а также в органах управления государственных предприятий сокращение не менее одной должности заместителя руководителя, а также оптимизацию численности управленческого персонала в размере 10 процентов. 7. Агентству развития государственной службы при Президенте Республики Узбекистан (О.А. Хасанов), Министерству экономического развития и сокращения бедности (И.И. Норкулов), Министерству юстиции (Р.К. Давлетов) совместно с другими заинтересованными министерствами и ведомствами: а) в трехмесячный срок внести проект постановления Президента Республики Узбекистан, предусматривающий: внедрение в органах государственной власти на местах и органах государственного управления современных методов оценки на основе ключевых показателей эффективности (KPI) посредством активного применения информационно-коммуникационных технологий; сокращение количества государственных органов в рамках административных реформ с проведением глубокого анализа эффективности и результативности их деятельности, а также дублирующих функций и задач; пересмотр структуры и численности управленческого персонала Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей, города Ташкента, районов и городов; б) в срок до 1 сентября 2021 года разработку и поэтапное внедрение в государственных органах специального программного комплекса рейтинговой оценки результатов достижения работниками ключевых показателей эффективности (KPI). 8. Агентству развития государственной службы при Президенте Республики Узбекистан совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательство, вытекающих из настоящего постановления. 9. Возложить на заместителя Премьер-министра Д.А. Кучкарова и министра финансов Т.А. Ишметова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления. Обсуждение хода исполнения настоящего постановления, осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за его исполнение, возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова и руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан З.Ш. Низомиддинова. О результативности осуществляемых мер информировать Президента Республики Узбекистан в срок до 1 августа 2021 года. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 3 апреля 2021 г., № ПП-5053 (Национальная база данных законодательства, 03.04.2021 г., № 07/21/5053/0274) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||