15.03.2021 yildagi KQ-203-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini uy-joy bilan taʼminlash, yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga faol jalb etish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda oʻtgan toʻrt yilda shahar va qishloqlarda arzon uy-joylar qurish boʻyicha qabul qilingan dasturlarga binoan 140 mingta uy-joy barpo etilib, bu avval qurilgan uylarning oʻrtacha soniga nisbatan 4-5 baravar koʻpdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq amalga oshirilayotgan tadbirlarga qaramay, aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyoji yuqoriligicha qolmoqda, minglab uy-joylar barpo etish, loyiha va qurilish sifatini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash lozimligini hayotning oʻzi talab qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois 2021-yilda 54 mingta oilani uy-joy bilan taʼminlash, jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta uy qurish va ushbu maqsad doirasida 11 trln. 500 mlrd. soʻm mablagʻ ajratish belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturiga muvofiq quyidagi amaliyot joriy qilindi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratish, ayniqsa daromadi past, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga dastlabki badalning bir qismini subsidiya sifatida toʻlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshpanasiz qolgan, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijara huquqi asosida davlat uy-joy fondidagi turar joylarga vaqtincha joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar qurish uchun davlat tomonidan aholiga hamda quruvchilarga imtiyozlar, yaʼni ipoteka krediti boʻyicha imtiyozli davr berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uz navbatida, eng asosiy masala berilayotgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha adolatli tizim yaratish, bu borada odamlarimizning xabardorligini oshirish, eng muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantirish, qurilish sifatini nazorat qilish hamda uy-joylar narxini adolatli shakllantirish ustidan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish, bu borada belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faol ishtirokini taʼminlash maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida senatorlar, deputatlar va jamoat faollaridan iborat tarkibda “Xalqparvar” komissiyalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda “Xalqparvar” komissiyalarni jalb qilgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni aniqlash, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, quruvchi xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish borasida amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan axborotlarni oʻz sessiyalarda muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ipoteka kreditlari, subsidiyalar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mahallalarda manzilli targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shahar hokimliklari tomonidan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga doir hududiy dasturlar ijrosini va ulardagi maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishini nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiya namunaviy tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini oʻz ichiga olgan elektron maʼlumotlar bazasini ishga tushuradigan hamda koʻp qavatli uy-joylar barpo etadigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini va hududiy tanlov komissiyalari faoliyatining shaffofligi hamda oshkoraligini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksionga qoʻyilishini nazorat qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ipoteka kreditlari berish va subsidiyalar toʻlash tartibi, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning shartlari hamda qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali ishga tushirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashiga doir davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga (A. Xodjayev) xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining aholini uy-joy bilan taʼminlash ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati natijalari yuzasidan oʻtkaziladigan sessiyalarini respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) aholiga ipoteka kreditlari berish hamda subsidiyalar toʻlash tartibi, qurilayotgan koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarning narx hamda sifat darajasi holatini va mazkur yoʻnalishdagi davlat dasturi ijrosining borishini oʻz majlislarida muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-203-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ-203-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Ish joyi va lavozimi

1.

hududdagi senator (mavjud boʻlgan taqdirda)

2.

xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari*

3.

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlim boshligʻi

4.

tuman (shahar) hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi

5.

tijorat banklari tuman (shahar) boʻlimi mudiri

6.

Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimi rahbari

7.

tuman (shahar) nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi

8.

tuman (shahar) gazetasi bosh muharriri

9.

ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarga ega blogyerlar**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlar soni — 3 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarga ega blogyerlar soni — 3 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ-203-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiya toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiyaning (bundan buyon matnda “Xalqparvar” komissiya deb yuritiladi) maqsad va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish tartibini, tegishli hududda joylashgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Xalqparvar” komissiya oʻz faoliyatini qonunchilik hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xalqparvar” komissiya xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) qarori bilan tuziladigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xalqparvar” komissiya aʼzolari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga va ushbu masalada moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj ehtiyojmand oilalar hamda uy-joy qurilishi sohasiga doir masalalar boʻyicha mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Xalqparvar” komissiya mahalliy Kengashlar oldida masʼul va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Xalqparvar” komissiyaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Xalqparvar” komissiyaning asosiy maqsadi mahalliy hokimliklar hamda masʼul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish borasidagi ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini oʻrnatishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Xalqparvar” komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun qurilayotgan uy-joylarga yer maydonlari ajratish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va oʻz muddatlarida tugallash, uy-joyga muhtoj fuqarolar roʻyxatini shakllantirish, ipoteka krediti, subsidiyalar oluvchilar oʻrtasida mablagʻlarni adolatli taqsimlash borasidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarning oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurilishi sohasiga quruvchi xususiy pudrat tashkilotlarini keng jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar shaffofligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga doir hududiy dasturlar ijrosining borishi toʻgʻrisida tuman va shahar hokimliklarining axborotlarini eshitishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan mahalliy Kengashlar kotibiyatlari bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Xalqparvar” komissiya tarkibi va faoliyatini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xalqparvar” komissiya senatorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli hududdagi tashabbuskor, davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan fuqarolar orasidan rais va aʼzolardan iborat tarkibda mahalliy Kengashning vakolat muddatiga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xalqparvar” komissiya raisligiga nomzod “Xalqparvar” komissiya aʼzolari orasidan mahalliy Kengashlar raislari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xalqparvar” komissiya raisi lavozimiga nomzod mahalliy Kengashlar deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiya raisi saylanganligi toʻgʻrisida mahalliy Kengashlar qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar “Xalqparvar” komissiya raisi lavozimiga koʻrsatilgan nomzod zarur miqdordagi ovozlarni toʻplamagan boʻlsa, “Xalqparvar” komissiya raisining takroriy saylovi ushbu Nizomning 9-10-bandlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Xalqparvar” komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, “Xalqparvar” komissiya majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga “Xalqparvar” komissiya faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni “Xalqparvar” komissiya ishida ishtirok etishga taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Xalqparvar” komissiya oʻz faoliyatini majlislar shaklida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiya majlisini rais oʻz tashabbusiga yoki “Xalqparvar” komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tashabbusiga koʻra chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Xalqparvar” komissiya aʼzosi “Xalqparvar” komissiya majlislarida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiya aʼzosi uzrli sabablarga koʻra majlisda ishtirok etish imkoniyati yoʻqligi haqida “Xalqparvar” komissiya raisini oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Xalqparvar” komissiya majlislari, agar ularda “Xalqparvar” komissiya aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Xalqparvar” komissiya majlisini “Xalqparvar” komissiya raisi, u boʻlmagan yoki oʻz vazifalarini bajara olmagan taqdirda, “Xalqparvar” komissiya aʼzolaridan biri olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Xalqparvar” komissiyaning majlislari ochiq tarzda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Xalqparvar” komissiya koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan “Xalqparvar” komissiya jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlar majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va “Xalqparvar” komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiyaning tegishli hududda joylashgan davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan koʻrib chiqilishi shart, natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Xalqparvar” komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash mahalliy Kengashlar kotibiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.