1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4949-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4949-son qaroriga muvofiq 2021-yil 1-apreldan mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq quyidagi chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Agentlik mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish yigʻimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminoti manbalariga ulanish, shu jumladan, elektr energiyasidan foydalanish va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama kampaniyalarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarini qisman qoplab berish yoʻnalishidagi moliyaviy yordamdan foydalanayotgan eksport qiluvchi tashkilot tomonidan ochilgan savdo uyi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilgan eksport qiluvchi tashkilot moliyaviy yordam koʻrsatilgan kundan boshlab quyidagi muddat va hajmlarda eksportni amalga oshirmagan taqdirda, ushbu eksport qiluvchi tashkilotga kelgusida moliyaviy yordam taqdim qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish, mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishlarida — 6 oy muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida — 3 oy muddatda, qoplab berilgan xarajatlarning kamida 10 barobari miqdorida eksport amalga oshirilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash, shuningdek, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarini, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash, shuningdek, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlari, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“z) eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham respublikada, ham chet elda standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish boʻyicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmaklashadi, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ushbu yoʻnalishlarda xarajatlarning tegishli qismini qoplash yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma stendlarini tashkil etishda va xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishda, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazishda, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari)ning potensial sotish bozorlariga kirishda eksport qiluvchilarni hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizini qoplab beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish, shuningdek, umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish choralarini koʻrish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “toʻlov topshirigʻi nusxalari” soʻzlari “toʻlov topshirigʻi va (yoki) solishtirma dalolatnoma nusxalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “d” kichik band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilganligi haqidagi maʼlumot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 12-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishidagi moliyaviy yordamdan foydalanayotgan eksport qiluvchi tashkilotning kamida 51 foiz ulushi ishtirokida 2021-yil 1-apreldan keyin tashkil etilgan savdo uyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatdagi xomashyo tovarlaridan boshqa tovarlar eksportiga ixtisoslashgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilgan boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 161-162-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“161. Agentlik tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilgan eksport qiluvchi tashkilot moliyaviy yordam koʻrsatilgan kundan boshlab quyidagi muddat va hajmlarda eksportni amalga oshirmagan taqdirda, ushbu eksport qiluvchi tashkilotga kelgusida moliyaviy yordam taqdim qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish, mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishlarida — 6 oy muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida — 3 oy muddatda, qoplab berilgan xarajatlarning kamida 10 barobari miqdorida eksport amalga oshirilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har oyning yakuni bilan Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilgan savdo uylari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 9-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish yigʻimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminoti manbalariga ulanish, shu jumladan, elektr energiyasidan foydalanish va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama kampaniyalarini tashkil qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida — 50 foiz miqdorda. Shu bilan birga, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari uchun — 50 foiz miqdorda, lekin 4-ilovaga muvofiq savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari boʻyicha Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan toʻlab beriladigan bir oylik qatʼiy miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda, bitta eksport qiluvchi tashkilot uchun jami 100 kvadrat metrgacha boʻlgan maydon hisobiga toʻlab beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi
Moliyaviy yordam olish toʻgʻrisida ariza
________________________________________________(eksport qiluvchi tashkilotning nomi) quyidagilarda moliyaviy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz*:
_________________________________________standartini joriy qilish (muvofiqlik sertifikati olish) (standart, sertifikat nomi)
taqdimot va reklama kampaniyalari oʻtkazish (talab qilinadigan xizmatlar (ishlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinishi zarur) ________________________________________________________________________
xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish (qatnashiladigan tender va tanlov haqidagi maʼlumotlar ilova qilinishi zarur) _____________________________________________________________________________
______________________________ mahsulotini (brendini, tovar belgisini)______________________dagi
_________________________________da boʻlib oʻtadigan biznes-seminarda (biznes-trening, savdo missiyasi,
(davlat nomi)
biznes-forumda) ishtirok etish (tadbir haqida maʼlumot, oʻtkazish sanasi boʻyicha maʼlumotlar ilova qilinishi zarur)
_________________________da boʻlib oʻtadigan ________________________________________xorijiy
(davlat nomi)
(koʻrgazma, yarmarka nomi)
koʻrgazmasida (yarmarkada) ishtirok etish (koʻrgazma, yarmarka toʻgʻrisida maʼlumotlar ilova qilinishi zarur)
mahsulotlar namunalarini _______________________________________________________dagi xorijiy
(davlat nomi)
xaridorga (tashqi savdo uyiga, shou-rumga, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga) yuborish (mahsulotlar nomlari, miqdori, oʻlchamlari, qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar, rasmlari va tijorat taklifi ilova qilinishi zarur)
____________________________________da savdo uyini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini
(davlat nomi)
ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash (Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilganligi haqidagi maʼlumot ilova qilinishi zarur)
*) Yuqoridagi bandlardan birining tanlanishi va shu bandda soʻralgan zarur maʼlumotlar ilova qilinishi zarur.
1. Anketa; 2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi koʻrsatiladi); 3. ...
_________________________________ rahbari
_____________________ ”;
(eksport qiluvchi tashkilot nomi)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quyidagi mazmundagi 4-ilova qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari boʻyicha Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan toʻlab beriladigan bir oylik qatʼiy miqdorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 kvadrat metr uchun AQSh dollarida
Xarajat nomi
Qoʻshni davlatlar
Rossiya Federatsiyasi
Kavkaz davlatlari (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya), Belarus, Ukaraina, Moldova va Turkiya
Osiyo qitʼasi
Yevropa qitʼasi
Amerika qitʼasi
Afrika qitʼasi
Boshqalar (Avstraliya va orol davlatlar)
Yaqin Sharq va boshqa Osiyo davlatlari
Osiyo-Tinch okeani davlatlari
Ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari*
6
20
8
8
26
31
26
6
26
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda, zarur hollarda, savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari boʻyicha Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan toʻlab beriladigan bir oylik qatʼiy miqdorlarga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib boradi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)