Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/458/1375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/458/1375-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
* 3-ilova berilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun:
uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi;
bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti;
bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligiga Madaniyat vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-oktabr,
415-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Toshkent shahri
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Oldingi tahrirga qarang.
““Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 266-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/266/2859-son)
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasi
“Oʻzbekiston davlat sirki” davlat birlashmasi
Toshkent zoologiya parki
“Xalqlar doʻstligi” saroyi
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Turon” harbiy teatri davlat muassasasi
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-maydagi 370-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 09/19/370/3063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2019-y., 09/19/493/3288-son)
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand zoologiya bogʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Termiz zoologiya parki
“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali
Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Fargʻona zoologiya bogʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son)
* Ushbu tashkilotlarga kiradigan jamoalar uchun uzoq muddat uzluksiz xizmati davri jamoa xodimlarining Madaniyat vazirligi tizimidagi umumiy ish stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/458/1375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari
roʻyxati
I. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari
1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning oʻrinbosari (direktor oʻrinbosari), menejer
2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh maʼmur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi
3. Sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi
4. Boʻlim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri
II. Badiiy-rahbar xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom
3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri
III. Badiiy xodimlar
1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom
2. Modelyer rassom, bezakchi rassom, chiroq boʻyicha rassom, qoʻgʻirchoqshunos, oʻyinchoq-qoʻgʻirchoqlar bezatuvchisi, dekorator
3. Dirijor, xormeyster, baletmeyster
4. Vokal sinfi boʻyicha konsertmeyster, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster
5. Balet repetitori, vokal repetitori, sirk nomerlari repetitori
6. Rejissor, rejissor yordamchisi
7. Xormeyster yordamchisi, dirijor yordamchisi, baletmeyster yordamchisi
8. Ovoz rejissori, ovoz operatori
9. Tashkilotchi pedagog (repetitor), manej inspektori
IV. Artist xodimlar
1. Yetakchi sahna ustasi
2. Barcha toifalardagi balet artisti
3. Barcha toifalardagi artist-vokalchi (yakkaxon xonanda)
4. Barcha toifalardagi xor artisti
5. Barcha toifalardagi (simfoniya, kamer) orkestr artisti
6. Barcha toifadalargi drama artisti
7. Barcha toifalardagi instrumental artist
8. Barcha toifalardagi barcha janrlardagi sirk artisti
9. Yordamchi tarkib artisti
V. Mutaxassislar
1. Barcha toifadagi buxgalter, iqtisodchilar
2. Muhandis
3. Barcha nomdagi mutaxassislar
4. Matbuot kotibi, maʼmur, assistent, kadrlar boʻyicha inspektor
5. Vrach, veterinar vrach (feldsher), bioximik vrach, toksikolog vrach, laborant
6. Barcha toifalardagi agronomlar va zootexniklar
7. Barcha toifalardagi ilmiy xodimlar va metodistlar
8. Fondlarni saqlovchilar
9. Barcha toifalarlardagi kutubxonachilar, bibliograflar, veb-dasturchilar va ekskursovodlar
VI. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
1. Butafor, grimchi-postijer, kostumchi, uniformist
2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi
3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota boʻyicha)
4. Otlar murabbiylari
5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi
VII. Taʼlim muassasalari
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning filiallari, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari tarkibi;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari
* Ushbu tashkilotlarga kiradigan jamoalar uchun uzoq muddat uzluksiz xizmati davri jamoa xodimlarining Madaniyat vazirligi tizimidagi umumiy ish stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/458/1375-son)
Keyingi tahrirga qarang.