Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
* 3-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun:
uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi;
bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti;
bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo”, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmalari. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga Madaniyat ishlari vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-oktabr,
415-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy qilinadigan respublika teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdak nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat musiqali teatri
“Ayqulash” Qoraqalpogʻiston davlat ashula va raqs ansambli
Qoraqalpogʻiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpogʻiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Toshkent shahri
A. Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet Katta teatri
Toshkent davlat operetta teatri
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi opera teatr-studiyasi
M. Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri
Hamza nomidagi oʻzbek davlat akademik drama teatri
Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat yoshlar drama teatri
A. Qahhor nomidagi davlat satira teatri
Y. Oxunboboyev nomidagi oʻzbek respublika yosh tomoshabinlar teatri
Davlat rus yosh tomoshabinlar teatri
M. Gorkiy nomidagi davlat rus akademik drama teatri
Muqimiy nomidagi oʻzbek respublika musiqali teatri
Respublika qoʻgʻirchoq teatri
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi
M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent xoreografiya bilim yurti
A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti
Keyingi tahrirga qarang.
“Zarafshon” davlat folklor ansambli
“Lazgi” davlat vokal-xoreografiya ansambli
“Bahor” davlat xizmat koʻrsatgan ansambli
“Shodlik” davlat ashula va raqs ansambli
Uygʻur ashula va raqs ansambli
“Chen-chun” koreys ashula va raqs ansambli
“Oʻzdavteleradio” kompaniyasining “Tanovar” milliy raqs ansambli
Andijon viloyati
Y. Oxunboboyev nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri
A. Bakirov nomidagi Andijon viloyat yoshlar drama teatri
Andijon viloyat “Lola” qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati
S. Ayniy nomidagi Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatri
Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati
Yu. Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri
Jizzax viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati
M. Toshmuhamedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Namangan viloyati
A. Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri
Namangan viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Samarqand viloyati
H. Olimjon nomidagi Samarqand viloyat drama va komediya teatri
A. P. Chexov nomidagi Samarqand viloyat rus drama teatri
Samarqand viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Sirdaryo viloyati
O. Xoʻjayev nomidagi viloyat musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati
M. Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati
M. Gorkiy nomidagi Fargʻona viloyatlararo rus drama teatri
Yu. Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatri
Fargʻona viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Hamza nomidagi Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Xorazm viloyati
Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri
Xorazm viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
I. Artistlar
1. Sahnaning yetakchi ustalari
2. Barcha toifadagi balet artistlari
3. Barcha toifadagi vokal artistlar (opera solistlari)
4. Barcha toifadagi xor artistlari
5. Barcha toifadagi simfonik orkestr artistlari
Keyingi tahrirga qarang.
6. Barcha toifadagi drama artistlari
7. Yordamchi tarkib artistlari
II. Badiiy xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Direktor, direktor oʻrinbosari
3. Bosh rejissor, bosh dirijor, bosh rassom, bosh xormeyster, bosh baletmeyster
4. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom, sahnalashtiruvchi dirijor, dirijor, baletmeyster, rassom, xormeyster
5. Vokal konsertmeysteri, balet konsertmeysteri, akkompaniator, akkompaniator-konsertmeyster, adabiy qism, musiqiy qism, badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa mudirlari, badiiy rahbar yordamchisi, bosh rejissor yordamchisi
6. Vokal repetitori, balet repetitori, ovoz rejissori, nutq texnikasi repetitori
7. Ishlab chiqarish ustaxonasi, sex mudirlari
8. Bezakchi rassom, rassom, dekorator-butafor, pardozchi, kostumchi, rekvizitor, tikuvchi, bichuvchi, rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, poyabzalchi, elektr yorituvchi, ovoz yozish operatori, montajchi va sahna mashinisti
9. Katta iqtisodchi, iqtisodchi, bosh buxgalter, buxgalter, kassir, barcha mutaxassisliklar boʻyicha katta texniklar, ovoz yozish operatori, katta inspektor, inspektor
III. Oʻquv yurtlari
M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti, A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti professor-oʻqituvchilari konsertmeysterlari; Toshkent xoreografiya bilim yurti rahbarlari, oʻqituvchilari, konsertmeysterlari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.