1-ILOVA
| T/r | Chora-tadbir mazmuni | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Masʼullar |
| 1. | 25 yoshgacha boʻlgan fuqarolarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha bepul 1 haftalik majburiy oʻquv kurslarini tashkil etish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
| 2. Oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslar joriy etilgan davlatlar tajribasini oʻrganish. | 2021-yil 15-aprel | |||
| 3. Oʻrganish natijalari asosida aniq mexanizmlarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyun | |||
| 2. | Oilani saqlab qolish uchun yosh oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi samarali mexanizmlarini ishlab chiqish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 1-aprel | Mahalla va oilani qoʻllab q�vvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi |
| 2. Yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash sohasida ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | 2021-yil 10-aprel | |||
| 3. Ushbu mavzuda yosh oilalar orasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. | 2021-yil 1-may | |||
| 4. Oʻrganish va oʻtkazilgan soʻrov natijalari asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab �iqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyun | |||
| 3. | Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya institutini keng tatbiq etish va uni bosqichma-bosqich nikohdan ajratish sharti sifatida belgilash. | 1. Oilaviy nizolar boʻyicha mediatorlarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil 10-aprel | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuvga koʻra), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sud (kelishuvga koʻra) |
| 2. Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya instituti joriy etilgan mamlakatlar ijobiy tajribasini oʻrganish. | 2021-yil 15-aprel | |||
| 3. Ajralish istagini bildirib sudga ariza bergan er-xotinni suddan oldin mediatorga yoʻnaltirish tartibini respublikaning muayyan hududida aprobatsiyadan oʻtkazish. Ushbu masala yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 15-may | |||
| 4. Aprobatsiya yakunlarini tahlil qilgan holda, ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiyani nikohdan ajratish sharti sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 15-iyul | |||
| 4. | Uchinchi shaxslar tomonidan er-xotinni, ularning xohishiga zid ravishda, nikohdan ajratishga uringanlik va oilaviy munosabatlarga salbiy taʼsir qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik chorasini belgilash. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud (kelishuvga koʻra) |
| 2. Mazkur masala yuzasidan keng jamoatchilik fikrini inobatga olish maqsadida OAVda muhokamalar tashkil qilish. | 2021-yil 15-aprel | |||
| 3. Qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyun | |||
| 5. | Alimentning eng kam miqdorini “bola hayot kechirishi minimumi” darajasida belgilash, yakuniy miqdorini esa individual yondashgan holda bola yoshi va ota-ona daromadidan kelib chiqib aniqlashni joriy etish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Majburiy ijro byurosi, Oliy sud (kelishuvga koʻra), Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
| 2. Aliment tayinlash sohasida ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | 2021-yil 15-aprel | |||
| 3. Qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyul | |||
| 6. | Nikohdan ajratish haqida sudga murojaat qilingan paytda aliment masalalarini ham majburiy ravishda hal etish tartibini yoʻlga qoʻyish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Oliy sud (kelishuvga koʻra), Adliya vazirligi, Majburiy ijro byurosi |
| 2. Qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyul | |||
| 7. | Aliment qarzdorlariga nisbatan transport vositasini boshqarish va ayrim davlat xizmatlaridan foydalanish huquqlarini cheklash, litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish kabi yangi majburlov choralarini qoʻllash. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Adliya vazirligi, Majburiy ijro byurosi, “Ijtimoiy fikr” markazi |
| 2. Aliment qarzdorlariga nisbatan transport vositasini boshqarish va ayrim davlat xizmatlaridan foydalanish huquqlarini cheklash, litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish kabi majburlov choralarini belgilangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | 2021-yil 1-may | |||
| 3. Ushbu mavzuda aliment oluvchilar va toʻlovchilar orasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. | 2021-yil 15-may | |||
| 4. Oʻrganish va oʻtkazilgan soʻrov natijalari asosida tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyul | |||
| 8. | Qarzdor haqida maʼlumot boʻlmasa, jumladan u bedarak yoʻqolgan boʻlsa, bolaga voyaga yetgunga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini toʻlash tartibini joriy etish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Moliya vazirligi, Oliy sud, Majburiy ijro byurosi, Adliya vazirligi |
| 2. Qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyul | |||
| 9. | “Bolalarga aliment undirish va oilani taʼminlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi toʻgʻrisida”gi Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari tarkibida ishchi guruh tashkil qilish. | 2021-yil 10-aprel | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2. “Bolalarga aliment undirish va oilani taʼminlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi toʻgʻrisida”gi Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilish masalasini birgalikda oʻrganib chiqish. | 2021-yil 1-may | |||
| 3. Konvensiyaga qoʻshilish masalasi maqsadga muvofiq deb topilganda tegishli axborot-tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2021-yil 1-iyun |
2-ILOVA
|
Kadirxanova Malika Akbarovna |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi, Ishchi guruhi rahbari | |
|
2. |
Abdinazarov Bobur Kalandarovich |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari |
|
3. |
Abruyev Djamshid Ismailovich |
Moliya vaziri oʻrinbosari |
|
4. |
Sidikov Furqat Axmedovich |
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
|
5. |
Tashkulov Akbar Djurabayevich |
Adliya vaziri oʻrinbosari |
|
6. |
Basitxanova Elmira Irkinovna |
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
|
7. |
Marufova Gulnora Mahmudovna |
Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziri oʻrinbosari |
|
8. |
Maxmudova Robaxon Anvarovna |
Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
Artikova Svetlana Baymirzayevna |
Bosh prokuror oʻrinbosari |
|
10. |
Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi |
Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari |
|
11. |
Abdullayeva Umida Hazratqulovna |
Ichki ishlar vazirligi boʻlim boshligʻi |
|
12. |
Turaqulov Zohidjon Abdumalik oʻgʻli |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari oʻrinbosari |
|
13. |
Raximova Nigina Xayrullayevna |
“Ijtimoiy fikr” markazi direktori oʻrinbosari |