Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-fevral,
3/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-fevraldagi 3/4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 27-bandda:
birinchi xatboshidagi “ikki” degan soʻz “keyingi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan boʻlsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi.”.
2. 29-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el valyutasining qayta sotilishi sotuv kunidagi talab va taklif asosida shakllanadigan bozor kursida akseptsiz ravishda amalga oshiriladi”.
3. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Naqd valyuta mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar tijorat banklari tomonidan uch kun muddat davomida Markaziy bankka taqdim etilishi lozim.”.
4. Quyidagi mazmundagi 471-band bilan toʻldirilsin:
“471. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Markaziy bankning ruxsati asosida amalga oshiriladi.”.
5. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Markaziy bankning ruxsatini olish uchun tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga moʻljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablagʻlari qaysi davlatga olib chiqilishi, xorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablagʻlarini olib chiqish maqsadlari koʻrsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etadi.”.
6. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Tijorat banklarining naqd valyuta mablagʻlarini olib chiqish uchun murojaati Markaziy bank tomonidan uch bank ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tijorat banklariga naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat beriladi.
Tijorat banklariga naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat berishni rad qilish faqat tijorat banklarining murojaati mazkur Qoidalarning 48-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda amalga oshiriladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 10/21/3281-1/0237-son)