19.03.2021 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida (keyingi oʻrinlarda — Tarmoq markazi) Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda ushbu vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq taʼlim muassasalarida Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan hududiy markazlarni (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning bilim va koʻnikmalari, kasbiy layoqati va mahoratini uzluksiz oshirib borishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy boshqaruv uslublari, boshqaruvda toʻgʻri va samarali qarorlar qabul qilish hamda nazorat qilish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, suv xoʻjaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish uchun kasbiy tayyorgarlikni zarur darajada taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning toʻgʻridan toʻgʻri va bevosita shakllarini amaliyotga joriy etish, fan va ishlab chiqarish bilan uygʻunligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislari va rahbar kadrlarining ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy markazga ushbu markaz tashkil etilgan taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy markaz faoliyatini tashkil qilish uchun shartnoma asosida soha boʻyicha oliy maʼlumotli menejer jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy markaz rahbari va menejerining mehnatiga amaldagi mehnatga haq toʻlash tartibida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Tarmoq markazi va hududiy markazlarning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida pulli oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish jarayonini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning maqsadi va asosiy vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining malakasini oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilarni (trenerlarni) qayta tayyorlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq markazi va hududiy markazlarda malaka oshirish kurslari yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashgan auditoriyalarni tashkil qilsin, ularning taʼmirlanishi, zamonaviy oʻquv qurollari, kompyuter texnikalari, mebellar va boshqa inventarlar bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq markazi va hududiy markazlarga zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislar, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasiga joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, ilm-fan yutuqlari, shuningdek, xorijiy tajriba asosida malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturlari va adabiyotlarini puxta ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturlari va reja-grafiklarini hamda tinglovchilar kontingentini tasdiqlab borsin hamda oʻquv mashgʻulotlari va amaliyotini yuqori saviyada tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati mutaxassislari va rahbar kadrlari, ushbu vazirlik tizimidagi tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasini oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;

xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasini oshirish ularning oʻz mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 150-son qaroriga
1-ILOVA

Suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislari malakasini oshirish hududiy markazlari tashkil etiladigan taʼlim muassasalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Hududiy markazlar tashkil etilayotgan taʼlim muassasasi

Taʼlim muassasasining joylashgan hududi

1.

Beruniy suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani

2.

Kegeyli qishloq xoʻjaligi kolleji

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumani

3.

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

Andijon viloyati Marhamat tumani

4.

Galaosiyo suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Buxoro viloyati Galaosiyo shahri

5.

Doʻstlik suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Jizzax viloyati Doʻstlik tumani

6.

Kasbi suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani

7.

Qamashi suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani

8.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri

9.

Navbahor suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Navoiy viloyati Navbahor tumani

10.

Mingbuloq suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Namangan viloyati Mingbuloq tumani

11.

Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi

Samarqand viloyati Samarqand shahri

12.

Oqoltin sanoat texnikumi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani

13.

Qiziriq suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Surxondaryo viloyati Bandixon tumani

14.

Yangiyoʻl oziq-ovqat texnologiyasi kolleji

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani

15.

Quva suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

Fargʻona viloyati Quva tumani

16.

Qoʻshkoʻpir suv xoʻjaligi va meliorats�ya kolleji

Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish jarayonini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish jarayonini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasi har uch yilda bir marta oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka oshirish jarayoni kunduzgi oʻqish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda, malaka oshirish jarayoni masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kursining oʻquv dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv dasturlari) oʻzlashtirish muddati bir haftadan (54 soat) kam boʻlmagan hajmda belgilanadi, shundan auditoriya mashgʻulotlari 30 soatni, amaliy mashgʻulotlar — 6 soatni, mustaqil taʼlim — 18 soatni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka oshirishning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv xoʻjaligi sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, sohaga yangi texnologiyalar tatbiq etilishini jadallashtirish, soha mutaxassislarining kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini muntazam ravishda oshirib borish malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning bilimi, koʻnikmalari, kasbiy layoqati va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy boshqaruv uslublari, boshqaruvda toʻgʻri va samarali qarorlar qabul qilish hamda nazorat qilish boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish, suv xoʻjaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish uchun kasbiy tayyorgarlikni zarur darajada taʼminlash malaka oshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparatining mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining malakasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida (keyingi oʻrinlarda — Tarmoq markazi)da oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik markaziy apparatining mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining malakasini oshirish Vazirlik, shuningdek, uning tizimidagi tashkilotlar buyurtmasiga asosan Tarmoq markazi bilan shartnoma asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tarmoq markazida malaka oshirish kurslari Vazirlik bilan kelishilgan holda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy islohotlar va ularning natijadorligi hamda suv xoʻjaligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini oqilona boshqarish, suvning hisobini yuritishni raqamlashtirish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;

sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ nazoratni raqamlashtirish;

nasos stansiyalari, sugʻorish va drenaj quduqlarini oqilona boshqarish, suv va elektr energiyasi hisobini raqamlashtirish, elektr energiyasini tejash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, qurish va taʼmirlash-tiklash, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarini loyihalash va amalga oshirish, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;

suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik shartlari va autsorsingni joriy qilish, mablagʻlardan maqsadli foydalanish.

Tarmoq markazida Vazirlik buyurtmasiga asosan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham malaka oshirish kurslari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik har yili 10-yanvarga qadar Tarmoq markaziga Vazirlik markaziy apparatining mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari orasidan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshiradigan tinglovchilarning soni va muddatlarini koʻrsatgan holda buyurtma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tarmoq markazi Vazirlikning buyurtmasiga asosan har yili 15-yanvarga qadar yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlarini, oʻquv mashgʻulotlarini amalga oshiradigan professor-oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislarning roʻyxatini hamda reja-grafiklarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv dasturlari va reja-grafiklar Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tarmoq markazi tomonidan malaka oshirish kurslarining oʻquv mashgʻulotlarini amalga oshirish uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, sohaga aloqador boshqa oliy taʼlim va ilmiy-tekshirish muassasalari, vazirliklar va idoralarning professor-oʻqituvchilari hamda tajribali mutaxassislari soatbay haq toʻlash asosida jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq markazi Vazirlik buyurtmasiga asosan xorijiy ekspertlarni ham jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlik tasdiqlangan oʻquv dasturlari va reja-grafiklar boʻyicha tinglovchilar kontingentining aniq roʻyxatini davriy ravishda Tarmoq markaziga taqdim qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tarmoq markazida malaka oshirish oʻqitishning zamonaviy shakllari va uslublari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsion va innovatsion texnologiyalardan foydalanib tasdiqlangan mashgʻulotlar dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquv mashgʻulotlari Tarmoq markazida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Amaliy mashgʻulotlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi “Ilmiy-oʻquv markazi” davlat unitar korxonasining oʻquv-tajriba uchastkasida, zamonaviy boshqaruv tizimli suv xoʻjaligi obyektlarida, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlarining yer maydonlarida, suvni tejaydigan texnologiyalar butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda, shuningdek, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda boshqa obyektlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlar Vazirlik bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlik va uning tizimidagi tegishli tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq markazi bilan malaka oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning tasdiqlangan reja-grafik boʻyicha malaka oshirishga oʻz vaqtida qatnashishini taʼminlaydi.

18. Tarmoq markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan oʻquv dasturlari va reja-grafiklar boʻyicha tinglovchilarga yuqori saviyali professor-oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislar tomonidan mashgʻulotlarni toʻliq va sifatli oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni zarur oʻquv materiallari bilan taʼminlaydi, mavjud oʻquv resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilarning davomati va faol ishtiroki boʻyicha monitoring olib boradi hamda Vazirlikka kundalik maʼlumot taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka oshirish mashgʻulotlari yakuni boʻyicha tinglovchilarning olgan bilimi imtihon (suhbat) natijasi asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonni (suhbatni) tashkil etish va oʻtkazish uchun Tarmoq markazi direktorining buyrugʻi bilan imtihon komissiyasi tuziladi. Komissiya, qoida tariqasida toq sonda boʻlib, rais va kamida ikki nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar bilan yakuniy imtihon (suhbat) — ular kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda oʻquv dasturlariga asosan oʻtkaziladi. Imtihon natijalari imtihon qaydnomasida “oʻtdi” yoki “oʻtmadi” deb baholanadi hamda komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq markazi tomonidan oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan (suhbatdan oʻtgan) tinglovchilarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonni topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) tinglovchilarga sertifikat berilmaydi. Mazkur holatda tinglovchilarga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablarga koʻra imtihonga kelmagan tinglovchilar uchun Tarmoq markazi tomonidan qoʻshimcha ravishda imtihon tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻqituvchilarni (trenerlarni) qayta tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, shuningdek, suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasi oʻqituvchilar (trenerlar) tomonidan oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish hududiy markazlarida (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun jalb etiladigan oʻqituvchilarning (trenerlarning) tarkibi tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻqituvchilar (trenerlar) hududiy markazlarning buyurtmasi boʻyicha shartnoma asosida Tarmoq markazida tasdiqlangan oʻquv dasturlari boʻyicha qayta tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻqituvchilarning (trenerlarning) oʻquv dasturlari va oʻquv jarayonlari grafiklari har bir hududning oʻziga xos tuproq-iqlim sharoiti hamda suv xoʻjaligi tizimi eʼtiborga olingan holda, Tarmoq markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hududiy markazlar tomonidan oʻqituvchilikka (trenerlikka) texnikum, kollej, shuningdek, soha boʻyicha oliy taʼlim muassasalari, suv xoʻjaligi, loyiha va boshqa tashkilotlarning professor-oʻqituvchilari va tajribali mutaxassislari soatbay haq toʻlash asosida jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tarmoq markazida oʻqituvchilarni (trenerlarni) qayta tayyorlash kurslari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini oqilona boshqarish, suvning hisobini yuritishni raqamlashtirish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ nazoratni raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasos stansiyalari, sugʻorish va drenaj quduqlarini oqilona boshqarish, suvning va elektr energiyasi hisobini raqamlashtirish, elektr energiyasini tejash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, qurish va taʼmirlash-tiklash, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarini loyihalash va amalga oshirish, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik shartlari va autsorsingni joriy qilish, mablagʻlardan maqsadli foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻqituvchilar (trenerlar) Tarmoq markazida bir haftadan (54 soat) kam boʻlmagan oʻquv mashgʻulotini, shundan, 30 soatlik auditoriya mashgʻulotlari, 6 soatlik amaliy mashgʻulotlar hamda 18 soatlik mustaqil mashgʻulotlarni oʻtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qayta tayyorlash kursining yakuni boʻyicha oʻqituvchilar (trenerlar) bilimi Tarmoq markazi bilan qayta tayyorlash boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tarmoq markazi tomonidan oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan (suhbatdan oʻtgan) oʻqituvchilarga (trenerlarga) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma oʻqituvchi (trener) uchun ikki yil davomida hududiy markazlardagi malaka oshirish kurslarining tegishli yoʻnalishi boʻyicha dars berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Imtihonni topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) oʻqituvchilarga (trenerlarga) guvohnoma berilmaydi. Bunday holatda oʻqituvchilarga (trenerlarga) qayta tayyorlash kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻqituvchilar (trenerlar) hududiy markazlarda suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislarni malakasini oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazishga jalb etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablarga koʻra imtihonga kelmagan oʻqituvchilar (trenerlar) uchun imtihon Tarmoq markazi tomonidan qoʻshimcha ravishda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislarining, shuningdek, suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasi hududiy markazlarda shartnoma asosida oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi har yili 5-yanvargacha suv xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlarning malaka oshiradigan mutaxassislari roʻyxatini shakllantiradi va tegishli hududiy markazga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar oʻz mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasini oshirish uchun tegishli hududiy markazga buyurtma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hududiy markazlarda suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislarining, suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasi oʻqituvchilar (trenerlar) tomonidan mazkur Nizomning 25-bandiga koʻra tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Amaliy mashgʻulotlar hududiy markazlarning oʻquv tajriba-uchastkasida, zamonaviy boshqaruv tizimli suv xoʻjaligi obyektlarida, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlarining yer maydonlari, suvni tejaydigan texnologiyalar butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda hamda boshqa obyektlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududiy markaz bilan malaka oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning tasdiqlangan reja-grafik boʻyicha malaka oshirishga oʻz vaqtida qatnashishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy markazlarda suv xoʻjaligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan nomutaxassis xodimlar malaka oshirish kurslariga jalb qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Hududiy markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan oʻquv dasturlari va oʻquv jarayoni jadvali boʻyicha tinglovchilarga professor-oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislar tomonidan mashgʻulotlar toʻliq va sifatli oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni zarur oʻquv materiallari bilan taʼminlaydi, mavjud oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning murojaatiga muvofiq yotoqxona bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari davomida tinglovchilarning davomati va faol ishtiroki boʻyicha monitoring olib boradi hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga kundalik maʼlumot taqdim qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Malaka oshirish kursi yakuni boʻyicha tinglovchilarning olgan bilimi yakuniy imtihon (suhbat) oʻtkazish asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonni tashkil etish va oʻtkazish uchun hududiy markaz tashkil etilgan taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan imtihon komissiyasi tuziladi. Komissiya, qoida tariqasida, toq sonda boʻlib, rais va kamida ikki nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tinglovchilar bilan yakuniy imtihon — ular kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda oʻquv dasturlariga asosan oʻtkaziladi. Imtihondan oʻtish natijalari imtihon qaydnomasida “oʻtdi” yoki “oʻtmadi” deb baholanadi hamda komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy markazlar tomonidan oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan (suhbatdan oʻtgan) tinglovchilarga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonni topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) tinglovchilarga sertifikat berilmaydi. Bunday holatda tinglovchilarga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablarga koʻra imtihonga kelmagan tinglovchilar uchun hududiy markazi tomonidan qoʻshimcha ravishda imtihon tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining mutaxassislari va rahbar kadrlari, ushbu vazirlik tizimidagi tashkilotlar mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmolchilari uyushmalari, klaster tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va rahbar kadrlari malakasini oshirish ularning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchilarni (trenerlarni) Tarmoq markazida qayta tayyorlash xarajatlari buyurtmachilar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xorijiy grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Suv xoʻjaligi sohasi mutaxassis va rahbar kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish jarayonini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 09/21/150/0223-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)