Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2808-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qarori (roʻyxat raqami 2808, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 340-modda) bilan tasdiqlangan Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-mart,
2021-14-son
Kelishildi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
2021-yil 9-mart
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 9-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 11-martdagi 2021-14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son)