1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xomashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash orqali innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirishga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu asosda respublikaning eksport hajmlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son Farmoniga muvofiq “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Urgut” EIZ) uchun Samarqand viloyatining Urgut, Pastdargʻom, Nurobod tumanlari hamda Samarqand shahridan jami 918,0 gektar yer maydoni ajratilganligi, shundan 278,7 gektar yer maydonida “Urgut” EIZ ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi, 207,2 gektar yer maydonida muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlari joylashtirilganligi, 173,1 gektar yer maydoni muhofaza zonalaridan iborat ekanligi hamda 259,0 gektar yer maydonida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish rejalashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZ hududida qiymati 313,0 mln dollarlik, shundan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 56,8 mln dollar boʻlgan 55 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilganligi, shuningdek, 4 328 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilganligi hamda umumiy qiymati 90,0 mln dollarlik, shundan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 23,2 mln dollar boʻlgan 29 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga muvofiq “Urgut” EIZ tarkibiga kiritilgan Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” mavzesidagi 21,09 ga yer maydoni 2015-2016-yillarda Urgut tumani hokimining qaroriga asosan 52 ta tadbirkorlik subyektiga ajratib berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyatining Urgut tumani “Oʻramas” mavzesi hududidan 50 gektar (shundan 27,7 gektari noqulay relyefda joylashgan, tuproq unumdorligi jihatidan 56,3 ball bonitet boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari) hamda Samarqand shahar hokimligi zaxirasidagi Samarqand shahri “Xishrav” mavzesida joylashgan 294 gektar (shundan 33,6 gektari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari) yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Urgut” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Urgut” EIZ hududini ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yer maydonlari hisobiga kengaytirish Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Energetika vazirligi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar “Urgut” EIZning “Mergancha” hamda “Sariqtepa” mavzelarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Urgut tumanidan oʻtuvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidan alohida tarmoq chiqargan holda podstansiya qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Urgut” EIZ ishtirokchilari uchun barpo qilingan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga “Urgut” EIZ hududidan tashqarida boʻlgan isteʼmolchilarning ulanishi qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand viloyati hokimligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Samarqand viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish hisobiga “Urgut” EIZ direksiyasining maʼmuriy binosi qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalari etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi tashkilot tanlov asosida aniqlanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Samarqand viloyati hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga asosan “Urgut” EIZ hududi tarkibiga kiritilgan Urgut tumani “Mergancha” mavzesida loyihalar joylashtirilmagan 37,0 gektar yer maydonida ichki avtomobil yoʻllarini qurish va yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Samarqand viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch yil muddatda sugʻoriladigan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida “Urgut” EIZ loyihalarini joylashtirish uchun ajratilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishi choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Samarqand viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Urgut” EIZ tarkibiga kiritilgan Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” mavzesidagi Urgut tumani hokimining qarorlariga asosan 2015-2016-yillarda ajratib berilgan 21,09 ga yer maydonida 52 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan qurilgan bino va inshootlarga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Samarqand viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Urgut” EIZ direksiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Samarqand viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda “Urgut” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, “Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli tarzda va oʻz vaqtida koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda “Urgut” EIZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 1 mlrd dollardan kam boʻlmagan hajmdagi imtiyozli kredit liniyalarini bosqichma-bosqich jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun “Urgut” EIZ hududida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, hududning va mavjud mineral-xomashyo resurslari salohiyati xalqaro ishbilarmon doiralarda doimiy ravishda keng yoritilishini (taqdimotini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 133-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Ichimlik suv tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash
3.
“Oʻramas” mavzesida suv inshootini qurish.
1 ta 500 m3
2022-yil III-chorak
8 000,0
2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
4.
“Oʻramas” mavzesida suv tarmogʻi va 1 ta 1000 m3, 1 ta 500 m3 suv inshootini qurish.
15,0 km, 1 ta 1000 m3,
1 ta 500 m3
2023-yil III-chorak
28 500,0
2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash
5.
“Hishrav-2” mavzesida ichki yoʻllarni qurish.
20,0 km
2023-yil IV-chorak
22 980,0
2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
Elektr energiyasi tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash
6.
“Xishrav-2” mavzesida 5,0 km uzunlikdagi ikki zanjirli 110 kV boʻlgan elektr tarmogʻini tortish va quvvati 35 MVA boʻlgan ikki transformatorli 110/10 kVA podstansiya qurish.
5,0 km, 1 dona, 25 000 kVA
2023-yil II -chorak
20 000,0
2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
7.
“Oʻramas” mavzesiga 8,0 km uzunlikdagi ikki zanjirli 110 kV boʻlgan elektr tarmogʻini tortish va 4 ta TP oʻrnatish.
8,0 km, 4 dona TP
2022-yil IV-chorak
1 212,0
Tabiiy gaz tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash
8.
“Oʻramas” mavzesiga 1 ta sanoat tugunini oʻrnatish.
1 ta sanoat tuguni
2021-yil III-chorak
400,0
2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
“Hududgaztaʼminot” AJ,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
9.
“Hishrav-2” massivlariga 3,0 km uzunlikdagi tabiiy gaz tarmogʻini tortish va 3 ta sanoat tugunini oʻrnatish.
3,0 km, 3 ta sanoat tuguni
2022-yil IV-chorak
4 200,0
Aloqa tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash
10.
“Hishrav-2” massivlariga 3,0 km optik tolali aloqa tarmogʻini tortish
3,0 km
2022-yil III-chorak
11,0
“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari
“Oʻzbektelekom” AK,
Samarqand viloyati hokimligi,
“Urgut” EIZ direksiyasi” DUK
JAMI:
95 443,0
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 133-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻShIMChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning I boʻlimi quyidagi mazmundagi 6-7-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. “Urgut” EIZning Samarqand shahar “Xishrav-2” massivi yer maydonlariga Samarqand shahar hokimligi zaxira yer maydonlari hisobidagi 294 gektar yer maydonlari, quyidagi chegaralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — “Eski anxor” kanali hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati “Maroqand Obod” DUKning chiqindilarni qayta ishlash hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va Pastdargʻom tumani hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻarbiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hududi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Urgut tumanidagi “Oʻramas” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan 50,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shimoliy tomondan — “Samad oqil”, “Mamadaminov Fazli” fermer xoʻjaliklari hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqiy tomondan — “Agro pilla” MChJ va Aholi punkti hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tomondan — “Gʻozi bobo” fermer xoʻjaligi hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻarbiy tomondan — “Izma ziyo izza” fermer xoʻjaligi hududi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2021-y., 09/21/133/0204-son)