Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilda oʻtkaziladigan “hukumat soat”lari jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 332-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilda oʻtkaziladigan “hukumat soat”lari jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga navbatdagi oyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “hukumat soati”ga taklif etiladigan hukumat aʼzolariga beriladigan savollarni har oyning 15 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Axborot-tahlil boʻlimiga umumlashtirish uchun taqdim etish tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Axborot-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) fraksiyalar tomonidan taqdim etiladigan savollarni umumlashtirgan holda har oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi muhokamasiga kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi (I. Shaymardanov) 2021-yilda oʻtkazilishi moʻljallangan har bir “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq zarur choralarni koʻrib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov 2021-yilda oʻtkaziladigan har bir “hukumat soati” ommaviy axborot vositalarida yoritilishini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, Facebook va Youtube Internet platformalarida toʻgʻridan toʻgʻri uzatib borilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari M. Miralimov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-fevral,
761-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 19-fevraldagi 761-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilda moʻljallangan “hukumat soati”ni oʻtkazish
JADVALI
|
T/r |
Oʻtkazilish oyi |
Oʻtkazilish kuni |
Oʻtkazilish vaqti |
|
1. |
Mart |
2-mart |
Soat 1500 — 1600 |
|
2. |
Aprel |
6-aprel | |
|
3. |
May |
4-may | |
|
4. |
Iyun |
1-iyun | |
|
5. |
Iyul |
6-iyul | |
|
6. |
Avgust |
3-avgust | |
|
7. |
Sentyabr |
7-sentabr | |
|
8. |
Oktyabr |
5-oktabr | |
|
9. |
Noyabr |
2-noyabr | |
|
10. |
Dekabr |
7-dekabr |