Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT GEOLOGIYA QOʻMITASINING NEFT VA GAZNI GEOLOGIK-QIDIRUV HAMDA IZLASh IShLARINI AMALGA OShIRUVChI KORXONALARINI “OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY KORPORATSIYASI TARKIBIGA OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Neft, gaz va gaz kondensati zaxiralarining zarur hajmlarda koʻpayishini oʻz vaqtida taʼminlash, ixtisoslashtirilgan geologik-qidiruv boʻlinmalarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining:
“Oʻzbekneftgazgeologiya”, “Oʻzbekgeofizika” korxonalarini, Neft va gaz konlari geologiyasi va qidirish institutini, Buxoro burgʻulash texnikasi zavodini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi boshqaruvi markaziy apparati tegishli boʻlimlarining shtatdagi xodimlarini 1995-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibidan “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi ixtiyoriga 1-ilovaga muvofiq oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisining neft va gaz masalalari bilan shugʻullanuvchi oʻrinbosari lavozimini qisqartirib, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi raisining neft va gaz qidirish va geologik-qidiruv ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tarkibiy boʻlinmalarni qayta tashkil etish chogʻida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda ishlovchilar sonini qisqartirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni taʼminlasin. Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibidan “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tizimiga oʻtkazilgan xodimlarning maishiy, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari saqlab qolinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-yanvar,
2-son
Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibidan “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibiga oʻtkaziladigan korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
I. “Oʻzbekneftgazgeologiya” davlat geologiya korxonasi, Qarshi shahri
Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Koson shahri
Hisoroldi neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani
Qorovulbozor neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Qorovulbozor shahri
Olot neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Buxoro viloyati, Olot tumani
Qoraqalpoq, neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Qoʻngʻirot shahri
Ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi, Qarshi shahri
Vishka montaj ekspeditsiyasi, Muborak shahri
Neft qazib olish ekspeditsiyasi, Koson shahri
Ishlab chiqarish-texnologik butlash boshqarmasi, Qarshi shahri
“Geoneftgaz” ishlab chiqarish-tijorat firmasi, Qarshi shahri
Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi, Qarshi shahri
Tarmoqlararo Oʻquv-kurs kombinati, Qarshi shahri
Tajriba-metodika ekspeditsiyasi, Toshkent shahri
Koʻchma mexanizatsiyalashtirilgan kolonna, Qarshi shahri
Qashqadaryo ishchilar taʼminoti boʻlimi, Qarshi shahri
Buxoro ishchilar taʼminoti boʻlimi, Buxoro shahri
II. “Oʻzbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani
Buxoro geofizika ekspeditsiyasi, Buxoro viloyati, Kogon shahri
Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi, Nukus shahri
Fargʻona geofizika ekspeditsiyasi, Qoʻqon shahri
Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi, Yakkabogʻ shahri
Bevosita boʻysunuvchi tashkilotlar va boʻlinmalar
Qoraqalpogʻiston ishchilar taʼminoti boʻlimi, Nukus shahri
III. Buxoro burgʻulash texnikasi zavodi, Buxoro shahri
IV. Neft va gaz konlari geologiyasi va qidirish instituti, Toshkent shahri
V. Davlat geologiya qoʻmitasi boshqaruv apparati boʻlimlari
Neft va gaz boʻlimi (5 kishi)
Chuqur burgʻulash texnikasi va texnologiyasi boʻlimi (3 kishi)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 10-maydagi 125-son qaroriga:
1-bandning birinchi xatboshidagi “140” raqami “110” raqami bilan almashtirilsin;
1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga raisning 3 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari va 7 kishidan iborat tarkibda hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin”;
koʻrsatib oʻtilgan qarorga ilovadagi “Neft va gaz boʻlimi” va “Chuqur burgʻulash texnikasi va texnologiyasi boʻlimi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qaroriga:
10-bandning uchinchi xatboshidagi “7” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin va xatboshi “Raisning neft va gaz qidirish Yer geologik-qidiruv ishlari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
koʻrsatib oʻtilgan qarorga 2-ilova quyidagi korxonalar roʻyxati bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekneftgazgeologiya” davlat geologiya korxonasi, Qarshi shahri;
“Oʻzbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani;
Buxoro burgʻulash texnikasi zavodi, Buxoro shahri;
Neft va gaz konlari geologiyasi va qidirish instituti, Toshkent shahri”;
3-ilova quyidagi boʻlimlar bilan toʻldirilsin:
“Neft va gaz geologiyasi boʻlimi;
Chuqur burgʻulash texnikasi va texnologiyasi boʻlimi”;
Geologiya, burgʻulash va konlardan foydalanish boshqarmasi Konlardan foydalanish boshqarmasi deb qayta nomlansin.