O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT GEOLOGIYA QO‘MITASINING NEFT VA GAZNI GEOLOGIK-QIDIRUV HAMDA IZLASh IShLARINI AMALGA OShIRUVChI KORXONALARINI “O‘ZBEKNEFTGAZ” MILLIY KORPORATSIYASI TARKIBIGA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Neft, gaz va gaz kondensati zaxiralarining zarur hajmlarda ko‘payishini o‘z vaqtida ta’minlash, ixtisoslashtirilgan geologik-qidiruv bo‘linmalarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining:
“O‘zbekneftgazgeologiya”, “O‘zbekgeofizika” korxonalarini, Neft va gaz konlari geologiyasi va qidirish institutini, Buxoro burg‘ulash texnikasi zavodini hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi boshqaruvi markaziy apparati tegishli bo‘limlarining shtatdagi xodimlarini 1995-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibidan “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi ixtiyoriga 1-ilovaga muvofiq o‘tkazish to‘g‘risidagi;
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining neft va gaz masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘rinbosari lavozimini qisqartirib, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi raisining neft va gaz qidirish va geologik-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
“O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi tarkibiy bo‘linmalarni qayta tashkil etish chog‘ida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda ishlovchilar sonini qisqartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ta’minlasin. Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibidan “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi tizimiga o‘tkazilgan xodimlarning maishiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari saqlab qolinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-yanvar,
2-son
Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibidan “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibiga o‘tkaziladigan korxonalar va tashkilotlar
RO‘YXATI
I. “O‘zbekneftgazgeologiya” davlat geologiya korxonasi, Qarshi shahri
Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Koson shahri
Hisoroldi neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani
Qorovulbozor neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Qorovulbozor shahri
Olot neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Buxoro viloyati, Olot tumani
Qoraqalpoq, neftgazqidiruv ekspeditsiyasi, Qo‘ng‘irot shahri
Ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi, Qarshi shahri
Vishka montaj ekspeditsiyasi, Muborak shahri
Neft qazib olish ekspeditsiyasi, Koson shahri
Ishlab chiqarish-texnologik butlash boshqarmasi, Qarshi shahri
“Geoneftgaz” ishlab chiqarish-tijorat firmasi, Qarshi shahri
Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi, Qarshi shahri
Tarmoqlararo O‘quv-kurs kombinati, Qarshi shahri
Tajriba-metodika ekspeditsiyasi, Toshkent shahri
Ko‘chma mexanizatsiyalashtirilgan kolonna, Qarshi shahri
Qashqadaryo ishchilar ta’minoti bo‘limi, Qarshi shahri
Buxoro ishchilar ta’minoti bo‘limi, Buxoro shahri
II. “O‘zbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani
Buxoro geofizika ekspeditsiyasi, Buxoro viloyati, Kogon shahri
Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi, Nukus shahri
Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi, Qo‘qon shahri
Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi, Yakkabog‘ shahri
Bevosita bo‘ysunuvchi tashkilotlar va bo‘linmalar
Qoraqalpog‘iston ishchilar ta’minoti bo‘limi, Nukus shahri
III. Buxoro burg‘ulash texnikasi zavodi, Buxoro shahri
IV. Neft va gaz konlari geologiyasi va qidirish instituti, Toshkent shahri
V. Davlat geologiya qo‘mitasi boshqaruv apparati bo‘limlari
Neft va gaz bo‘limi (5 kishi)
Chuqur burg‘ulash texnikasi va texnologiyasi bo‘limi (3 kishi)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 139-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 12-son, 143-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qaroriga:
10-bandning uchinchi xatboshidagi “7” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin va xatboshi “Raisning neft va gaz qidirish Yer geologik-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ko‘rsatib o‘tilgan qarorga 2-ilova quyidagi korxonalar ro‘yxati bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekneftgazgeologiya” davlat geologiya korxonasi, Qarshi shahri;
“O‘zbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani;
Buxoro burg‘ulash texnikasi zavodi, Buxoro shahri;
Neft va gaz konlari geologiyasi va qidirish instituti, Toshkent shahri”;
3-ilova quyidagi bo‘limlar bilan to‘ldirilsin:
“Neft va gaz geologiyasi bo‘limi;
Chuqur burg‘ulash texnikasi va texnologiyasi bo‘limi”;
Geologiya, burg‘ulash va konlardan foydalanish boshqarmasi Konlardan foydalanish boshqarmasi deb qayta nomlansin.