Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1052-2]
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 28-iyundagi 58-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalari berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1052, 2001-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 14-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 25-oktabrdagi 92-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1052-1, 2006-yil 14-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 465-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-fevral,
8-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 10/21/1052-2/0179-son)