Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BUDJETIGA, MAHALLIY BUDJETLARGA BUDJET SSUDALARINI BERISh VA OLINGAN BUDJET SSUDALARINI QAYTARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-noyabrda 1052-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 16-fevraldagi 8-sonli ““Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1052-2, 03.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 28-iyunda 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2001-yil 19-iyul, roʻyxat raqami 1052 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-oktabr,
92-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 465-modda)