Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3119-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son qarori (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) bilan tasdiqlangan Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-fevral,
2-2021-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-fevral,
QQ-08-2021-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 16-fevraldagi 2-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 15-fevraldagi QQ-08-2021-son va Moliya vazirligining 2021-yil 9-fevraldagi 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-bobning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
1. |
Direktor |
Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari uchun masʼul prorektori (filial direktori oʻrinbosari) bir vaqtning oʻzida akademik litsey direktori hisoblanadi. |
”. |
2. 2-bob quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
11. |
Ijrochi direktor |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 10/21/3119-2/0178-son)