1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud muammolarni hal etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmonining 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish va unga O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, istisno tariqasida, 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Jamg‘arma tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ikki hafta muddatda Jamg‘armaga, istisno tariqasida, 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatidagi turizm salohiyatiga ega hududlarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tartibga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish ishlarini olib borish va obodonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini subsidiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm zonalarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash, turizm ko‘chalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm targ‘iboti ishlarini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz turizm va servis kollejini ta’mirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi va yo‘nalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobotni shakllantirish va nazorat o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘laridan har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduxakimov, J.A. Qo‘chqorov) tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 112-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma Qashqadaryo viloyati hokimligi (keyingi o‘rinlarda — Viloyat hokimligi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablag‘lardan keyinchalik turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Loyiha ofisi tashkil etiladi va ushbu Loyiha ofisiga Qashqadaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitlarga Moliya vazirligi G‘aznachiligiga buyurtmanomalar taqdim etish yo‘li bilan joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Viloyat hokimligi tomonidan ochiladigan milliy va chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat hokimligi tomonidan 2021-yil uchun 20-mart kuniga qadar hamda keyingi yillar uchun 1-dekabr kuniga qadar ushbu nizomning 10-bandida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha yillik manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda — Dastur) loyihasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastur loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dasturda belgilangan xarajatlardan kelib chiqib, Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini 2021-yil uchun 10-aprel kuniga hamda keyingi yillar uchun 20-dekabr kuniga qadar ishlab chiqadi va Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy amal qilgan holda bajarilishini ta’minlash uchun tegishli mablag‘larni ajratish to‘g‘risida Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishi asosida Loyiha ofisi rahbari tomonidan to‘lov topshiriqnomalari rasmiylashtiriladi va pul mablag‘larini chiqarish uchun viloyat moliya boshqarmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) viloyatning turizm salohiyati mavjud hududlarida muhandislik-kommunikatsiya va turizm infratuzilmasini yaxshilash, yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish (yo‘l, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minoti, suv-oqava tizimlari, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) viloyatdagi moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) turistik industriya, dor yo‘li, sihatgohlar va turizm zonalari va majmualari loyihalarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aeronavigatsiya vositalari va kichik sig‘imdagi havo kemalari (vertolyotlar, kichik dvigatelli samolyotlar va boshqalar) uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) viloyatdagi oilaviy mehmon uylari yo‘nalishida faoliyatini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga oilaviy mehmon uylari tashkil qilish xarajatlarining 30 foizgacha, lekin 10 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, kamida 3 yil davomida faoliyat olib borish hamda belgilangan tartibda tashrif buyuruvchilarni avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturga kiritib borish sharti bilan subsidiyalar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) viloyatda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari, turistik axborot markazlari yoki tashrif markazlari (“visitor center”) tashkil qilish hamda turistik xaritalar, yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) suvenir, hunarmandchilik va oziq-ovqat mahsulotlari savdo shohobchalari joylashtirilishini nazarda tutuvchi turistik ko‘chalar, shuningdek, viloyatdagi yo‘llarda maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “turizm mahallasi”, “turizm qishlog‘i” loyihalarini amalga oshirish doirasida obodonlashtirish va sayyohlar uchun folklor-etnografik chiqishlarni tashkil qilish xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) viloyat turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni (targ‘ibot mahsulotlarini tayyorlash, xalqaro tadbirlar tashkil etish, xorijiy turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida axborot turlari (infoturlar) tashkil qilish, xalqaro va mahalliy turizm ko‘rgazmalarida ishtirok etish) moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qashqadaryo viloyati hokimi Jamg‘arma mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi. Bunda, Jamg‘arma mablag‘larini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda tasarruf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘arma mablag‘laridan garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik va majburiyatlarni bajarishning boshqa usuli sifatida foydalanish, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ssudalar va kreditlar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiya ajratish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subsidiya 2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar oilaviy mehmon uylari tashkil qilgan xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlariga ushbu Nizomning 10-bandi “d” kichik bandida belgilangan shartlarga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma tomonidan subsidiya ajratish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subsidiya olish uchun tadbirkorlik subyektlari har oyning 1-sanasidan 5-sanasiga qadar Viloyat hokimligiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan shaklda subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi (F.I.O.), joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobvarag‘i rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uyi tashkil qilishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma nusxasi, to‘lov cheklari/kvitansiyasi va boshqalar) nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning asosliligi Viloyat hokimligi tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Viloyat hokimligi ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Viloyat hokimligi arizani ko‘rib chiqqandan so‘ng, bir ish kunida Qashqadaryo viloyati hokimi tomonidan subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va u bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qarorning nusxasi qaror qabul qilingan kunda ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, belgilangan tartibda bir ish kunida tadbirkorlik subyektiga zarur summani unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror nusxasi ariza beruvchiga ushbu qaror qabul qilingan kunda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Viloyat hokimligiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Viloyat hokimligi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Loyiha ofisi Viloyat hokimligining rasmiy saytida Jamg‘arma mablag‘laridan subsidiya ajratilgan holda tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari va arizalari rad etilgan shaxslarning ro‘yxatini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tashkil etilgan oilaviy mehmon uylari to‘g‘risida, ularning manzillarini ko‘rsatgan va fotosuratlarini ilova qilgan holda, targ‘ibot ishlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Loyiha ofisining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan yillik manzilli dastur loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqish uchun Qashqadaryo viloyatida o‘rganish o‘tkazish va Dasturni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Dastur asosida Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Dastur hamda Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihalarini Qashqadaryo viloyat hokimiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Dastur hamda Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi va Madaniy meros departamentiga kelishish uchun hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish maqsadida tegishli hujjatlarni tayyorlash;
(26-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirish uchun tegishli mablag‘larni ajratish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimining farmoyishi loyihalarini tayyorlash hamda to‘lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Dastur hamda Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar smetasining amalga oshirilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish va uning natijalari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimiga axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida, shu jumladan Dastur ijrosi va Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga to‘liq rioya etilayotgani bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan hisobotlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Jamg‘armaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, targ‘ibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Jamg‘arma mablag‘laridan foydalangan holda amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida axborot tayyorlash va targ‘ibot ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanishni nazorat qilish har yil yakuni bilan keyingi yilning 1-fevral kuniga qadar belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda 10-fevralga qadar amalga oshirilgan nazorat yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qashqadaryo viloyati hokimi va Viloyat hokimligi bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qashqadaryo viloyati hokimi Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida, shu jumladan Yillik dastur ijrosi va Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga to‘liq rioya etilayotgani bo‘yicha har chorak yakuni bilan keyingi oyning 20-kuniga qadar Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamg‘armaning foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qashqadaryo viloyati hokimi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan oilaviy mehmon uyi tashkil qilish uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
Ariza beruvchi
Subsidiya olish uchun Hokimlikka yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra
Hokimlik
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
5 ish kunida
Hokimlik
Subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasini qaror qabul qilingan kunda ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kunida
Ariza beruvchi
Rad etish to‘g‘risidagi qarorni olgan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etib, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Hokimlikka takroran ariza bilan murojaat qiladi.
14 kunda
Hokimlik
Takroran taqdim etilgan arizani qayta ko‘rib chiqadi.
3 ish kunida
Hokimlik
Subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, zarur summani ariza beruvchiga uning xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazib beradi.
1 ish kunida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш