Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MARKAZIY OSIYO TADQIQOTLARI XALQARO INSTITUTI TOʻGʻRISIDA
Taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va ilmiy axborotlarni tarqatish, Oʻzbekistonning Jahon hamjamiyati bilan maʼnaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek, Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro instituti (MOTXI)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Barcha vazirliklar va idoralar Mazkur Bitimning bajarilishini taʼminlasinlar.
3. MOTXI Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 19-uyga joylashtirilsin.
4. Samarqand shahri hokimligi:
MOTXI direktori yashashi uchun xizmat kvartirasini oʻz fondi hisobidan ajratsin;
MOTXI binosi va direktor kvartirasini saqlash xarajatlarini mahalliy budjet hisobidan qoplasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki MOTXI buyurtmanomasiga muvofiq hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochsin.
6. Ichki ishlar vazirligi MOTXI binosining qoʻriqlanishini taʼminlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi MOTXI mansabdor shaxslariga, shuningdek, taklif etilgan mutaxassislarga kechiktirmay hamda viza va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov undirmay respublikaga kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirsin.
8. MOTXI texnik xodimlarining soni 6 nafar boʻlishi, shtat jadvalini MOTXI direktori tasdiqlashi belgilab qoʻyilsin.
9. Moliya vazirligi:
Mehnat vazirligi bilan birgalikda MOTXI texnik xodimlarini Fanlar akademiyasi tarif setkasiga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlash uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Aloqa vazirligi MOTXIni pochta xizmatlari, unga xalqaro gumanitar tashkilotlar uchun qabul qilinadigan tariflar boʻyicha zarur shaharlararo va xalqaro aloqa kanali, uyali radiotelefonlar ajratishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-avgust,
335-son