O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MARKAZIY OSIYO TADQIQOTLARI XALQARO INSTITUTI TO‘G‘RISIDA
Ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va ilmiy axborotlarni tarqatish, O‘zbekistonning Jahon hamjamiyati bilan ma’naviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek, Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro instituti (MOTXI)ni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Barcha vazirliklar va idoralar Mazkur Bitimning bajarilishini ta’minlasinlar.
3. MOTXI Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 19-uyga joylashtirilsin.
4. Samarqand shahri hokimligi:
MOTXI direktori yashashi uchun xizmat kvartirasini o‘z fondi hisobidan ajratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
MOTXI binosi va direktor kvartirasini saqlash xarajatlarini Samarqand viloyati mahalliy budjeti hisobidan qoplasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki MOTXI buyurtmanomasiga muvofiq hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochsin.
6. Ichki ishlar vazirligi MOTXI binosining qo‘riqlanishini ta’minlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi MOTXI mansabdor shaxslariga, shuningdek, taklif etilgan mutaxassislarga kechiktirmay hamda viza va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undirmay respublikaga kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirsin.
8. MOTXI texnik xodimlarining soni 6 nafar bo‘lishi, shtat jadvalini MOTXI direktori tasdiqlashi belgilab qo‘yilsin.
9. Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat vazirligi bilan birgalikda MOTXI texnik xodimlarini Fanlar akademiyasi tarif setkasiga muvofiq mablag‘ bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10. Aloqa vazirligi MOTXIni pochta xizmatlari, unga xalqaro gumanitar tashkilotlar uchun qabul qilinadigan tariflar bo‘yicha zarur shaharlararo va xalqaro aloqa kanali, uyali radiotelefonlar ajratishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-avgust,
335-son