Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 99-son qaroriga
ILOVAFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA|
Bosqichlar |
Subyekt |
Bajarish mexanizmi |
Bajarish muddatlari | |||
|
1. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 6-bandida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar orqali baholanadi; 2. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholashda ularning biriktirilgan koʻch� yoki uyda kamida bir chorak davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi; 3. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholash natijalarini muhokama qiladi; 4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan koʻchaboshi va uyboshilar roʻyxatini majlis bayoni bilan tasdiqlaydi. |
||||||
|
Fuqarolar yigʻini kengashi |
Bir chorak yakuni boʻyicha k�yingi oyning 2 sanasiga qadar | |||||
|
1-bosqich |
||||||
|
Ragʻbatlantirish tariqasida faol koʻchaboshi va uyboshilarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlab berish yuzasidan tuman (shahar) Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga taklif kiritadi. |
||||||
|
Fuqarolar yigʻini raisi |
Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar | |||||
|
2-bosqich |
||||||
|
Faol koʻchaboshi va uyboshilar roʻyxatini ularga chorak davomida kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlab berish uchun tuman (shahar) hokimliklarga yuboradi. |
||||||
|
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi |
Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 7 sanasiga qadar | |||||
|
3-bosqich |
||||||
|
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan koʻchaboshi va uyboshilarni ragʻbatlantirish mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlarining maxsus hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi. |
||||||
|
Tuman (shahar) hokimliklari |
Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar | |||||
|
4-bosqich |
||||||
|
Koʻchaboshi va uyboshilarga ragʻbatlantirish mablagʻlarini toʻlash Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan bank kartalari orqali toʻlab beriladi. |
||||||
|
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi |
Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20 sanasiga qadar | |||||
|
5-bosqich |
||||||
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVAFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishini baholash
| T/r | Faoliyatni baholash mezonlari | Baholash ballari |
| 1. | Koʻchalar va koʻp kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, joriy va toʻliq taʼmirlash hamda bolalar maydonchalarini tashkil etish va jihozlashga doir chora-tadbirlar rejalari loyihalariga kiritilgan takliflar | 20 |
| 1.1. | koʻchalar va koʻp kvartirali uylarning obodonlashtirilganligi hamda koʻkalamzorlashtirilganligi | 7 |
| 1.2. | koʻchalar va koʻp kvartirali uylarning taʼmirlanganligi | 7 |
| 1.3. | bolalar maydonchalari tashkil etilganligi va jihozlanganligi | 6 |
| 2. | Aholining “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilishi, ularga moddiy yordam koʻrsatilishi va kelgusida mazkur daftarlardan chiqarilishi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini kengashiga kiritilgan takliflar | 20 |
| 2.1. | “temir daftar”da qayd qilish orqali moddiy yordam koʻrsatilgan fuqarolar | 7 |
| 2.2. | “ayollar daftari”da qayd qilish orqali moddiy yordam koʻrsatilgan xotin-qizlar | 7 |
| 2.3. | “yoshlar daftari”da qayd qilish orqali moddiy yordam koʻrsatilgan yoshlar | 6 |
| 3. | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalarni, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni, notinch va muammoli oilalarni, qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kambagʻal oilalarni, pensionerlarni va nogironlarni oʻrganish va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularga homiylik yordamlarini koʻrsatish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga kiritilgan takliflar | 20 |
| 3.1. | moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan yolgʻiz keksalar | 4 |
| 3.2. | moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan boquvchisini yoʻqotgan oilalar | 4 |
| 3.3. | moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan notinch va muammoli oilalar | 4 |
| 3.4. | moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan kambagʻal oilalar | 4 |
| 3.5. | moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan pensionerlar va nogironlar | 4 |
| 4. | Aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishlarini targʻib qilishda, shuningdek, tegishli hududni namunali saqlashda shaxsiy tashabbus koʻrsatganligi | 10 |
| 4.1. | aholi tomonidan issiqlik va elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suvdan foydalanish tartiblarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi | 6 |
| 4.2. | biriktirilgan hududning namunali saqlanganligi | 4 |
| 5. | Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashiga kiritilgan takliflar | 10 |
| 5.1. | oʻrnatilgan tartiblar asosida oʻtkazilgan toʻy-hashamlar | 6 |
| 5.2. | oʻrnatilgan tartiblar asosida oʻtkazilgan oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar | 4 |
| 6. | Fuqarolar yigʻiniga yoki mutasaddi organlarga xabar berish natijasida oldi olingan huquqbuzarliklar | 10 |
| 6.1. | maʼmuriy huquqbuzarliklarning aniqlanishi va jinoyatlarning fosh etilishi hamda notinch oilalarda kelib chiqqan nizolarni bartaraf etish | 4 |
| 6.2. | sud qaroriga koʻra voyaga yetmagan farzandi uchun aliment pullarining oʻz vaqtida toʻlanishi | 4 |
| 6.3. | ota-onasining qaramogʻisiz qolgan bolalarning aniqlanishi | 2 |
| 7. | Fuqarolar yigʻini majlisi (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarorlari boʻyicha amalga oshirilgan targʻibot va tashviqot ishlari | 10 |
| 7.1. | biriktirilgan hududda aholi orasida targʻibot va tashviqot tadbirlarining oʻtkazilganligi | 6 |
| 7.2. | fuqarolar bilan uyma-uy (xonadonma-xonadon) yurish orqali targʻibot va tashviqot oʻtkazilganligi | 4 |