23.02.2021 yildagi PQ-5001-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Investor) “Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) doirasida Oʻzbekiston Respublikasida “ACWA Power Dzhankeldy Wind” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 24-yanvarda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — SHES) loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmalariga olgan holda, jami dastlabki baholash boʻyicha 650 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 24-yanvarda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 18 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi doirasida SHESni yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlari Investor va Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi va ushbu ishlar uchun sarflangan xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlar asosida kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligiga Investor, Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartibga muvofiq xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalarini jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalari bilan investitsiya loyihasi doirasida belgilangan tartibda majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazmagan holda, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldagi bank hisobvaraqlaridan chet el valyutasida kredit olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi doirasida bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomada (“EPC” shartnomasi) belgilangan kafolat muddati tugagunga qadar Loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz bitimlari va oraliq qarz bitimlari boʻyicha chet el valyutasida pul mablagʻlarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilarga, yetkazib beruvchilarga yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri chet eldagi bank hisobvaraqlaridan amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) xarid qilish va belgilangan tartibda ular orqali qurilish ishlarining monitoringini olib borish.
(7-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-215-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son )
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimdagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan SHES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklarining investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida hamda Navoiy viloyati Konimex tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq jami 154,2 gektar yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5001-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5001-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300 — 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hudud nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi

(gektar)

Shundan, yaylov yerlar

Tuproq ball boniteti

Shamol elektr stansiyasini qoʻrish uchun

Peshku tumani

Jongeldi massivi

39q

4,63

4,63

baholanmagan

86q

11,65

11,65

baholanmagan

42q

0,5

0,5

baholanmagan

44q

32,84

32,84

baholanmagan

45q

26,04

26,04

baholanmagan

87q

41,84

41,84

baholanmagan

Jami

117,5

117,5

Havo elektr uzatish tarmoqlarining tayanch qurilmalarini qurish uchun

Peshku tumani

Jongeldi massivi

86q

0,1

0,1

baholanmagan

87q

1,25

1,25

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

1,35

1,35

Gʻijduvon tumani

Koʻkcha massivi

117q

0,73

0,73

baholanmagan

118q

0,35

0,35

baholanmagan

120q

0,32

0,32

baholanmagan

123q

0,59

0,59

baholanmagan

161q

0,38

0,38

baholanmagan

159q

0,14

0,14

baholanmagan

160q

0,29

0,29

baholanmagan

175q

0,33

0,33

baholanmagan

176q

0,32

0,32

baholanmagan

177q

0,61

0,61

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

4,06

4,06

Navoiy viloyati

Konimex tumani

“Qaraqata” OFY hududi

125q

0,65

0,65

baholanmagan

126q

1,05

1,05

baholanmagan

127q

0,9

0,9

baholanmagan

128q

0,15

0,15

baholanmagan

129q

0,45

0,45

baholanmagan

130q

0,6

0,6

baholanmagan

131q

0,1

0,1

baholanmagan

132q

0,75

0,75

baholanmagan

142q

0,2

0,2

baholanmagan

164q

0,9

0,9

baholanmagan

166q

0,85

0,85

baholanmagan

167q

0,05

0,05

baholanmagan

168q

1,65

1,65

baholanmagan

169q

0,9

0,9

baholanmagan

176aq

1,3

1,3

baholanmagan

183a q

0,45

0,45

baholanmagan

182a q

1,05

1,05

baholanmagan

180q

0,3

0,3

baholanmagan

181q

1,2

1,2

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

13,5

13,5

Jami

18,91

18,91

Podstansiya qurilishi uchun

Peshku tuman

Jongeldi massivi

87q

17,79

17,79

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

17,79

17,79

Loyiha boʻyicha jami

154,2

154,2

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 07/21/5001/0144-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)