Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2617-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi koʻzdan kechiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri v.b. I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-fevral,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi DXX Raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-fevral,
27-son
Kelishildi:
Boshqaruv raisi v.b. B. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 3-fevraldagi 3 va 27-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining 2014-yil 27-avgustdagi 33 va 87-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2617, 2014-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 495-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining 2016-yil 28-iyuldagi 37 va 65-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarining muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2617-1, 2016-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 384-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 26-iyundagi 43 va 5-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarining 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2617-2, 2018-yil 19-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 10/18/2617-2/1548-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 10/21/2617-3/0138-son)