O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmatining
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmatining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalarining muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2617-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 3-fevraldagi 3 va 27-sonli ““O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror va unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2617-3, 23.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining 2014-yil 27-avgustdagi 33 va 87-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2617, 2014-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 39-son, 495-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalarining muqaddimasidagi “Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 219-sonli “O‘zbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan qo‘lda olib yuriladigan yukni, bagajni ko‘zdan kechirish va yo‘lovchilarni, fuqaro kemalari ekipaji a’zolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i T. ULJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyul,
37-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-iyul,
65-son
Kelishilgan:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2016-yil 28-iyul
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 31-son, 384-modda)