Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2025 20.02.2021 yildagi PQ-4997-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2025
Hujjat 20.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli “Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikada davlat obyektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni samarali qoʻriqlashni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari joriy qilinishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qoʻriqlashga olingan obyektlari soni soʻnggi ikki yilda 15 foizga oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy qoʻriqlash texnologiyalarini keng joriy etish orqali qoʻriqlash xizmatining qamrovini yanada kengaytirish, xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, sohada boshqaruv faoliyati samaradorligini taʼminlash bilan bogʻlik tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining yaxlit tizimini shakllantirish, qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish sohasida samarali boshqaruvni amalga oshirish xamda bu boradagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Qoʻriqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida davlat obyektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlarini xamda jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash vositalari va tizimlarini koʻllash sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni taʼminlash, shuningdek, qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida texnik qoʻriqlash vositalarini oʻrnatish (sozlash), ularga texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli qoʻriqlash boʻlinmalarida inspektorlik nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mustaqil tarkibiy boʻlinma hisoblanadi hamda oʻz vakolatlari doirasida davlat obyektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash boʻyicha vazifalar va funksiyalarni koʻrsatilayotgan qoʻriqlash xizmatlari uchun tushadigan mablagʻlar hisobiga, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash, xarajatlarni qoplash va mustaqil xoʻjalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim tarif razryadlarining roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻriqlash bosh boshqarmasining shahodatlangan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xodimlari hisoblanadi, huquqiy maqomi boʻyicha ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlariga har oyda ularning lavozim maoshiga 20 foiz miqdorda oylik ustama belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Qoʻriqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari oʻrtacha ikki baravargacha oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obyektlarni qoʻriqlash tizimi “Yuqori sifat va qulay narx” tamoyili asosida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bosqichma-bosqich takomillashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahodatlangan tarkib tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarni bosqichma-bosqich harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalariga oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbullashtirilgan aralash qoʻriqlash turlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnik qoʻriqlash vositalarini joriy etish orqali jismoniy qoʻriqlashni uzluksiz qisqartirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu chora-tadbirlar uch bosqichda, kuyidagi obyektlarga nisbatan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvarga qadar — vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hokimliklarning maʼmuriy binolari, oʻquv va madaniy muassasalar, chakana amaliyot kassalari, bank xizmatlari markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar — ishlab chiqarish obyektlari, bozorlar, savdo markazlari, teleradiouzatuv obyektlari, suv inshootlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvarga qadar — bank binolari va boshqa obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻriqlash bosh boshqarmasi kuch va vositalarini boshqarish tizimi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali takomillashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha xarajatlarni qisqartirish hamda kuch va vositalarni boshqarish samaradorligini oshirish uchun hududiy boʻlinmalar sonini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saf boʻlinmalarini tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimlari sifatida qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash xizmati koʻrsatilayotgan obyektlar joylashishi va shaxsiy tarkib sonini inobatga olgan holda tumanlararo qoʻriqlash boʻlimlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari lavozimlarini (bundan tor doiradagi mutaxassislikka ega boʻlgan nomzodlar mustasno) jamlash ustuvor tarzda Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashgʻulotlari va tanlov bosqichlaridan oʻtgan ishchi va xizmatchilari orasidan tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar bilan qoʻriqlash xizmati koʻrsatish borasida tuzilgan shartnomalar asosida Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tashkiliy-shtat tuzilmasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlarining tariflarini (narxlarini) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun — mustaqil belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-mayga qadar obyektlar xavfsizligini taʼminlash tizimiga zamonaviy qoʻriqlash vositalarini joriy etish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda uni modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning tariflarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoʻriqlash boʻlinmalarini texnika, qurol-aslaha, maxsus vositalar va boshqa zarur mol-mulkning yangi namunalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti, Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax va Fargʻona viloyatlari mintaqaviy oʻquv markazlari bazasida Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari ishchi va xizmatchilarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax va Fargʻona viloyatlari mintaqaviy oʻquv markazlarini rekonstruksiya qilish, joriy taʼmirlash va moddiy taʼminlashni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilayotgan qoʻriqlash xizmatlari takomillashtirilishini inobatga olib, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa budjet tashkilotlarining hisob-kitoblariga asosan ularning xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tasarrufida Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanayotgan obyektlari boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlari qoʻriqlashning yangi mexanizmini joriy etish bosqichlaridan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va jismoniy qoʻriqlashni qisqartirish hisobiga tasarrufidagi obyektlarning qoʻriqlash tizimlari qaytadan koʻrib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birga yangidan tasdiqlangan tariflar asosida qoʻriqlash xizmati koʻrsatish borasidagi shartnomalarning qaytadan tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududlardagi krimenogen vaziyatni eʼtiborga olgan holda, texnik qoʻriqlash markazlarini ochish, ularning tezkor harakatlanuvchi guruhlarini tashkil etish, bino va inshootlar bilan taʼminlash, aholi va mulkdorlar oʻrtasida qoʻriqlash xizmatini targʻib etishda Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar mamlakat hududida integrallashgan texnik qoʻriqlash vositalarini ishlab chiqilishini (mahalliylashtirishni) nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlansin va taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4997-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * — generallar tarkibi lavozimi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) oʻz vakolati doirasida davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qoʻriqlashga doir Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya) vazifalari va funksiyalarini, shuningdek, davlat organlari, idoraviy qoʻriqlash tashkilotlari tomonidan qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan Milliy gvardiyaning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qoʻriqlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasidagi vazifalar va funksiyalarni koʻrsatilayotgan qoʻriqlash xizmatlari uchun tushadigan mablagʻlar hisobiga oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash, xarajatlarni qoplash va mustaqil xoʻjalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tarkibida davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boʻlinmalar ham faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Milliy gvardiya qoʻmondonining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalyon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻrsatilgan xizmat uchun tushadigan mablagʻlar hisobiga Qoʻriqlash bosh boshqarmasida boshqarma, boʻlim, boʻlinma va guruhlar, shuningdek, qoʻriqlash faoliyati sohasida koʻp tarmoqli rejalashtirish va tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazlar, kengashlar va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiga kiruvchi qoʻriqlash boʻlinmalari shaxsiy tarkibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni oʻtash tartibi va huquqiy maqomiga koʻra ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladigan (maxsus unvon beriladigan) xodimlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan ishchi va xizmatchilardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmatni oʻtash masalalarining maxsus normativ-huquqiy hujjatlarda tartibga solinmagan qismiga mehnat qonunchiligi normalari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, oʻzining mustaqil balansiga (smetasiga) ega boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi bank hisob varaqalari ochish, shuningdek, boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish va ulardan daromad olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Qoʻriqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari obyektlarini qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlarini hamda jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni taʼminlash, shuningdek, qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida texnik qoʻriqlash vositalarini oʻrnatish (sozlash), ularga texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuklangan vazifalariga muvofiq Qoʻriqlash bosh boshqarmasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shartnoma asosida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari obyektlarini qoʻriqlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlari, mol-mulki, moddiy va boshqa boyliklarini samarali qoʻriqlash-kuzatish borasidagi faoliyatning shakl va usullarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim, toifalangan obyektlar, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, kuchaytirilgan tartibda qoʻriqlanishi talab etiladigan davlat ahamiyatiga molik boshqa obyektlarning qoʻriqlanishi va mudofaasini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga asosan mol-mulk, moddiy va boshqa boyliklarni qoʻriqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi, shuningdek, ularning obyektlarini texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qoʻriqlashga jalb etilgan saf, harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks choralar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, transportda tashish jarayonida qoʻriqlanishi belgilangan yuklar, tovar-moddiy boyliklar, xavfli yuklarni qoʻriqlash (kuzatish)ni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib bilan reallikka yaqinlashtirilgan sharoitlarda hamkorlikdagi harakatlarni ishlab chiqish, shuningdek, har tomonlama taʼminlash va boshqarish boʻyicha qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik va tezkor-taktik oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etadi hamda oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlash faoliyatining yagona tartib-qoidalari va meʼyorlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlarini hamda jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishi boʻyicha ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qoʻriqlash tizimiga va qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatiga xavfsizlikning zamonaviy muhandislik-texnik vositalarini joriy etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda oʻz vakolatlari doirasida qoʻriqlanayotgan obyektlarda gʻayriqonuniy tajovuzlarni profilaktika qilish, oldini olish, bartaraf etish samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyekt va unga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni taʼminlash, shuningdek, qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganadi va tahlil qiladi, qoʻriqlash xizmatlari roʻyxatini kengaytirish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik qoʻriqlash vositalaridan foydalangan holda obyektlar xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimlarini ishlab chiqadi va Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy texnik qoʻriqlash vositalarini keng joriy etish masalalari boʻyicha maslahat-texnik kengashlar, amaliy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarda foydalanishga tavsiya etiladigan texnik qoʻriqlash vositalari roʻyxatini shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik qoʻriqlash vositalarining ishlash holati va ehtimol tutilgan gʻayriqonuniy tajovuzlardan ishonchli himoyasi taʼminlanganligi ustidan monitoring olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim, toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlashga va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun Milliy gvardiyani xabardor qilgan yuridik shaxslarning hisobini yuritish va ular tomonidan qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shartnoma asosida texnik qoʻriqlash vositalarini oʻrnatish (sozlash), ularga texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan obyektlarga texnik qoʻriqlash vositalarini oʻrnatish (sozlash), ulardan foydalanish borasida xizmatlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarda oʻrnatilgan texnik qoʻriqlash vositalarini profilaktika qilish borasidagi texnik reglament ishlarini bajaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazadi, qoʻriqlashning tashkil etilishi, xodimlarning xizmatni oʻtashi, ularning kasbiy tayyorgarligi, obyektlarning texnik mustahkamligi va texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanishini oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlovidagi obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish, aholi gavjum joylarida jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida dam olish va jamoat ovqatlanish joylari, turizm obyektlari va savdo-koʻngilochar muassasalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish tadbirlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ommaviy toʻplanish joylarida jamoat tartibini saqlash ishlarida huquq-tartibot organlariga koʻmaklashadi, shuningdek, ommaviy tadbirlar jarayonida jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlashda Milliy gvardiya va boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan, shuningdek, Milliy gvardiyaning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlar mansabdor shaxslari, ishchi-xizmatchilari va obyekt hududidagi boshqa shaxslardan ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya qilishni hamda jamoat tartibini saqlashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, muhandislik-texnik vositalar holatini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyekt maʼmuriyatiga, mansabdor shaxsiga, shartnoma shartlariga muvofiq obyektni muhandislik-texnik mustahkamligini taʼminlash, signalizatsiya tizimlari va videokuzatuv bilan jihozlash boʻyicha taqdimnoma kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslariga tuzilgan shartnomaga muvofiq bajarilishi majburiy boʻlgan, qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish, muhandislik-texnik mustahkamlik, shuningdek, obyektlarning ichki, ruxsat berish rejimlaridagi kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish borasida taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektdan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarga noqonuniy kirganlar yoki huquqbuzarlik qilganlarning shaxsini aniqlash va maʼmuriy bayonnoma tuzish maqsadida ushlash va qoʻriqlash xizmati xonalariga olib kelish, ushlab turish, zarur hollarda esa — tegishli qaror qabul qilish uchun ularni hududiy ichki ishlar organlariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablariga muvofiq qoʻriqlash posti hududida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol hamda uning oʻq-dorilari, qurolning asosiy qismlari, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar, qoʻriqlanayotgan obyekt hududiga olib kirilishi va undan olib chiqib ketilishi taqiqlangan ashyolar, buyumlar, vositalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlsa, fuqarolarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻrikdan oʻtkazish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni olib qoʻyish, transport vositalarini koʻzdan kechirish va tashib oʻtilayotgan yuklarning tovar-transport hujjatlarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilayotgan jinoyatlarni toʻxtatish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni taʼqib etish va ushlash, bir vaqtning oʻzida bir necha obyektda “tashvish” signalizatsiyasi ishlab ketgan hollarda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya patrul guruhlarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida mansabdor shaxslardan tushuntirishlar, maʼlumotlar va hujjatlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va mansabdor shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlar nazorat-oʻtkazish joylari va hududlarida noqonuniy olib chiqilayotgan (olib kirilayotgan) mol-mulkni aniqlash va olib qoʻyish, shuningdek, gʻayriqonuniy harakatlarni aniqlash uchun fuqarolarning hayoti va sogʻligiga, tekshirilayotgan mol-mulk va atrof muhitga ziyon yetkazmaydigan zamonaviy texnik vositalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni aniqlash, bunday xatti-harakatlarning oldini olishda xizmat itlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va belgilangan tartibga muvofiq jismoniy kuch ishlatish, oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha bayonnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan oʻz vakolati doirasida idoraviy qoʻriqlash faoliyatini tashkil qilish yuzasidan yozma va ogʻzaki maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni toʻlaqonli taʼminlash uchun hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bogʻliq holda texnik vositalarning butun kompleksidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus yorugʻlik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalariga ega boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini oʻz vakolatlari doirasida himoya qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt maʼmuriyati tomonidan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmasi rahbarlari bilan kelishgan holda tasdiqlagan kirib-chiqish yoʻriqnomasiga asosan obyektda ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan mol-mulkning oʻgʻirlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xoʻjasizlik va beparvolikning har qanday koʻrinishiga oʻz vaqtida munosabat bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni oʻtash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektda jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarining saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek, nochor holatdagi fuqarolarga birinchi tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish borasidagi choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarda tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda hodisa va holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonib topshirilgan tabel qurollar, maxsus va texnik vositalar, shaxsiy himoya vositalari, xizmat kiyim-boshlari, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularning soz holda saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligini taʼminlash, shuningdek, xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha tegishli dasturlarda belgilangan mashgʻulotlarning shaxsiy tarkib bilan oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalarda belgilangan tartibda safarbarlik tayyorgarligini tashkil etish va taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi bevosita Milliy gvardiya qoʻmondoniga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasini Milliy gvardiya qoʻmondoni tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi) boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faoliyatini va bevosita boshqaruvini tashkil etadi va yuklatilgan vazifalar, majburiyatlarni samarali va sifatli amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarda Milliy gvardiya nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Qoʻriqlash bosh boshqarmasi barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik va favqulodda holat davri, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzasidan maxsus rejalashtirish va harbiy safarbarlik masalalarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan smeta doirasida pul mablagʻlari sarflanishini boshqaradi, belgilangan tartibda banklarda va ularning filiallarida joriy va boshqa hisob varaqlari ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi depozit hisob varaqlarini ochadi va boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamomaddan, rastratadan, oʻgʻirlikdan koʻrilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yoʻq deb hisoblangan boshqa qarzlarni, aniq aybdorlarni aniqlash mumkin boʻlmagan holatlarda boyliklarning meʼyordan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli koʻrilgan zarar va yoʻqotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek, asosiy fondlar hisobida boʻlgan maʼnaviy eskirgan va kelgusida foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilayotgan qoʻriqlash signalizatsiyasi asbob-uskunalari, texnik qoʻriqlash markaz (punkt)lari qurilishining namunaviy loyihalari texnik shartlarini kelishadi, texnik topshiriqlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faoliyatining barcha masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qoʻrib chiqadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini koʻradi, ushbu ishlar tashkil etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibni tanlash, tanlov asosida saralash, joy-joyiga quyish, oʻqitish va tarbiyalash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning boʻlinmalari xizmatiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish boʻyicha komissiyani belgilangan tartibda tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik, qorovullik boʻlinmalari shtatlarini kiritish (qisqartirish) va qayta tashkil etish boʻyicha buyruqlar chiqaradi, ishchi, xizmatchilar, xususan “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy boʻlinmalari shtatlarini tasdiqlaydi va oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari xodimlari, ishchi-xizmatchilarini belgilangan tartibda ragʻbatlantiradi va ularga intizomiy jazo beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarida yoʻl qoʻyilgan qonun, xizmat va mehnat intizomi buzilishi holatlari boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilishini tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar, serjantlar va safdorlar tarkibi xodimlarini xizmatga qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq safdor, serjant va ofitserlar tarkibi xodimlarining xizmatni oʻtash chegara yoshi muddatini uzaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshqarmalarining nizomlarini, boshqaruv apparati rejalarini va mansabdor shaxslarining funksional vazifalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi va shtatlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari, boshqaruv apparati boshqarma, boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qoʻriqlash boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosarlarini, Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalyon komandiri, uning oʻrinbosarlarini, Oʻz xavfsizligi xizmati va Nazorat-taftish boʻlimi rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish boʻyicha Milliy gvardiya qoʻmondoniga taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi ofitserlar tarkibiga birinchi va “podpolkovnik”, “polkovnik” maxsus unvonlari berish boʻyicha Milliy gvardiya qoʻmondoniga taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasida xizmat qilayotgan “polkovnik” unvonidagi xodimlarni xizmatdan boʻshatish boʻyicha Milliy gvardiya qoʻmondoniga taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya etish va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash boʻyicha belgilangan tartibda taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi safdor va serjantlar tarkibiga — maxsus unvonlar, shuningdek, yangidan xizmatga qabul qilinayotgan, ofitserlik lavozimiga tayinlanayotgan xodimlarga “katta serjant” maxsus unvonini, ofitserlar tarkibiga “mayor” va ungacha boʻlgan maxsus unvonlarni beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv apparati, Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarma, Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalyon xodimlariga va Qoʻriqlash bosh boshqarmasining ofitserlar tarkibiga mutaxassislik toifalarini, safdor va serjantlar tarkibiga — “birinchi toifali mutaxassis” va “usta” mutaxassislik toifalarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv apparati, Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarma va Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalyonning safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini, ishchi va xizmatchilarini (Milliy gvardiya qoʻmondoni nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlardan tashqari) lavozimga tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, ixtiyoriga oladi va xizmatdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qoʻriqlash boshqarmalari boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, boʻlinma boshliqlari, harbiy safarbarlik guruhi mutaxassislarini, alohida batalyonlar komandirlari, shahar-tuman qoʻriqlash boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlarini, “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasi direktori va uning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, ixtiyoriga oladi va xizmatdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va Milliy gvardiya qoʻmondonining buyruqlariga muvofiq Qoʻriqlash bosh boshqarmasi vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi oʻz tavsiyasiga muvofiq Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlmagan paytlarda, uning vazifalarini Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻiga asosan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Boshqaruv apparati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini himoya qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni, axborot va boshqa materiallarni umumlashtiradi, tahlil qiladi, qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining xizmat faoliyati masalalari boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻysunuvchi boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish, monitoring, nazorat qilishni, boshqarishni, joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining yagona axborot va kommunikatsiya tizimini joriy etadi va tezkor axborot almashinuvini taʼminlash borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan Milliy gvardiyaga takliflarni, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan majburiy qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlar roʻyxati hamda idoraviy harbiylashtirilgan soqchilikni tashkil etish huquqiga ega boʻlgan respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash boʻyicha montaj-sozlash ishlari, qoʻriqlash texnik vositalari boʻyicha tadqiqotlarni va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarini tashkil qiladi hamda mulkdorlarga boshqa xizmatlar koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining moliya-xoʻjalik faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tashkiliy-shtatlar va kadrlar ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi vakolati doirasiga kiruvchi masalalarda turli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda qoʻriqlash-yongʻindan ogohlantirish signalizatsiyasi apparatlari, boshqa texnik vositalar va materiallarni realizatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati sohasida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborot va boshqa materiallarni vazirliklar va idoralardan belgilangan tartibda soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralarning maxsus taʼlim muassasalari maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byulleten, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlari, konferensiyalar materiallarini nashr etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash sohasi faoliyatidagi muammolarni oʻrganadi va konsultatsiyalar oladi, shu sohada normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash uchun shartnoma asosida tashkilotlar va mutaxassislarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalari Qoʻriqlash bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari hisoblanib, vakolatlari doirasida Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarma Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tashkiliy boʻlinmasi hisoblanadi, vakolatlari doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat ahamiyatidagi obyektlarni qoʻriqlashni amalga oshiradi, shuningdek, tutash hududlarda jamoat tartibini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalyon Qoʻriqlash bosh boshqarmasining tashkiliy boʻlinmasi hisoblanadi, vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari obyektlarini qoʻriqlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻriqlash boʻlinmalari boshqaruv apparatlari shtatlari soni qoʻriqlash xizmati koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining toʻrt foizigacha miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash xizmati saf boʻlinmalarida qoʻmondonlik tarkibi va taʼminot xizmati shtat birliklari soni qoʻriqlash xizmati koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash xizmati koʻrsatishni taʼminlash uchun qoʻriqlash boʻlinmalariga shtat birliklarini kiritish meʼyori shartnomalarda koʻrsatilgan qoʻriqlash vaqti va postlar (yoʻnalish) sonini hisobga olgan holda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish faoliyatidan tushadigan mablagʻlar maqsadli ravishda — faqat Qoʻriqlash bosh boshqarmasini taʼminlash va rivojlantirish, shuningdek, Milliy gvardiya boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilayotgan qoʻriqlash xizmati uchun tushadigan mablagʻlar hisobidan qoʻriqlash xizmatining tashkiliy tuzilmasiga kirmaydigan shtatlarni joriy etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning tariflari (narxi) Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, boshqa tashkilotlar uchun — Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan mustaqil tarzda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarida xizmatni oʻtash tartibi va xodimlarining formali kiyim-boshi namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimiga Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish, xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish (buxgalteriya axborotini yigʻish, qayd etish va umumlashtirish), shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari shtatlari, xarajatlar smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Obyektlarni qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan obyektlarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga koʻra mol-mulkni shartnoma asosida qoʻriqlashni amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoʻriqlash xizmati koʻrsatilishi qoʻriqlash naryadlari faoliyatini tashkil etish hamda texnik qoʻriqlash vositalari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Obyektni qoʻriqlashni tashkil etishda uning joylashuvi va xususiyati, muhandislik-texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlanganlik darajasi, nazorat-oʻtkazish punktlarining turlari, soni, hududdagi kriminogen vaziyat va boshqa holatlar eʼtiborga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra qoʻriqlash usullari, postlar (yoʻnalishlar) soni, ularning joylashuvi, qoʻriqlash vaqti, shuningdek, xavfsizlikning texnik vositalarini koʻllash orqali qoʻriqlash tizimini takomillashtirish koʻzda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektning qoʻriqlash tizimi obyektlar maʼmuriyati va qoʻriqlash xizmati vakillarining hamkorligida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Obyektlarni qoʻriqlash uchun postlar, yoʻnalishlarni qoʻyish hamda qoʻriqlash naryadlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishning qoidalari va shartlari, tartibi, usul va uslublari Milliy gvardiya tomonidan, shuningdek, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan hamkorlikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Texnik qoʻriqlash tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatning hammabopligini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga amaldagi tariflarni foiz hisobida kamaytirgan holda xizmat koʻrsatishga ruxsat etiladi. Bunda obyektlar alohida guruhlarga (ijtimoiy ahamiyati, saqlanayotgan moddiy-tovar boyliklar miqdori, soni va boshqalarga asosan) tasniflanadi. Obyektlarni guruhlarga tasniflash tartibi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining faoliyati quyidagi asosiy normativlar va mezonlar bilan baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha faoliyatning samaradorligi, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati, shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy qoʻriqlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (vositalarini) joriy etish va koʻrsatilayotgan texnik xizmatning sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, qoʻriqlanayotgan obyekt va fuqarolar xonadonlari sonining oshishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarining nazorat tekshiruvini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalarning jangovar tayyorgarlik holati, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarining sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi sifati va axloqiy-ruhiy holati, Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarida intizom va qonun hujjatlariga rioya etilishining darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimi, ishchi va xizmatchisi davlat organi vakili hisoblanadi va davlatning himoyasi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimi, ishchi va xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish jarayonida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻiga (komandiriga) boʻysunadi. Faqat ushbu shaxslar uni naryaddan ozod qilish yoki almashtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimining (xizmatchisining) qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun hujjatlariga asosan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xizmatni oʻtayotgan xodim (xizmatchi) qonunga zid boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda, uni bajarishni rad etish huquqiga ega va belgilangan tartibda bu haqda boshligʻiga (komandiriga) axborot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibidan faqat qoʻriqlash faoliyati bilan bogʻliq vazifalarni bajarishda (shartnoma asosida) foydalaniladi. Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻiga muvofiq Qoʻriqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi jamoat xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek, jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun yiliga bir marotaba tekshiruvdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mansabdor shaxslarga obyektlarning muhandislik-texnik mustahkamligidagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga, moddiy boyliklar saqlanishini taʼminlashga va qoʻriqlash xizmati xodimlari, ishchi-xizmatchilarining mehnat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarga ogohlantirish xati kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari gʻayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik, shuningdek, oʻz xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganlik uchun Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xoʻjalik yuritishda (operativ boshqaruvda) oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi, majburiyatlarni bajarish yuzasidan sudda daʼvogar va javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yuridik shaxslarning idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalarida inspektorlik nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish va muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Inspektorlik nazorat tekshiruvlari yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish va daxlsizligini taʼminlashda yagona siyosat yuritilishini taʼminlash hamda idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar obyektlarining (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va ularga boʻysunuvchi yuridik shaxslar va ular tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar bundan mustasno) inspektorlik nazorat tekshiruvlari reja asosida, har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan ularga tegishli obyektlarda ham shartnoma asosida inspektorlik nazorat tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Inspektorlik nazorat tekshiruvlari obyektni qoʻriqlash boʻlinmasi rahbarlari va obyekt maʼmuriyati vakillari ishtirokida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari va boshqa mutaxassislar jalb qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Inspektorlik nazorat tekshiruvi jarayonida idoraviy qoʻriqlashning tashkil etilganlik holati, idoraviy qoʻriqlash xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obyektning qoʻriqlash-yongin signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari holati oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatining nazorat tekshiruvi va muvofiqlashtirish jarayonida obyektning qoʻriqlanishini tashkil etish, xavfsizligini taʼminlashga doir boshqa masalalar ham oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Inspektorlik nazorat tekshiruvi natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va u ishtirok etgan vakillar tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma obyekt maʼmuriyati va Qoʻriqlash bosh boshqarmasi vakili tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi belgilangan vaqtda nazorat tariqasida inspektorlik tekshiruvini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan inspektorlik nazorat tekshiruvlari natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar tegishli tavsiyalar bilan birgalikda tekshiruv oʻtkazilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Inspektorlik nazorat tekshiruvini rejalashtirish, oʻtkazish tartibi Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining moliyaviy, moddiy-texnik taʼminoti, xodimlarning ijtimoiy himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlariga, ularning oila aʼzolariga va zaxiraga yoki isteʼfoga boʻshatilganlarga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek, qoʻriqlanayotgan obyektlarning poliklinikalari, kasalxonalari, sanatoriylari, dam olish uylari, maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan xizmat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Uy-joy olish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy maydonini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi oʻzining uy-joy fondiga ega boʻlishiga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlariga xizmatni oʻtash davri davomida uy-joy quyidagilar hisobidan berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlari va mol-mulki qoʻriqlanayotgan tashkilotlar tomonidan ularning xodimlari va xizmatchilari bilan umumiy asoslarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining oʻz mablagʻlariga qurilgan uy-joy fondi hisobidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yotoqxonaga ega boʻlgan tashkilotlar shartnoma asosida ulardan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari xodimlariga turar-joy beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi oʻz mablagʻlari hisobiga xizmat binolarini loyihalashtirishi va qurishi hamda xizmat binolarini qurishda ulush hisobida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qoʻriqlanayotgan obyektlar maʼmuriyatlari tomonidan obyektning bevosita koʻrigini taʼminlash uchun moddiy-texnika vositalari, qurollar va xizmat xonalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mehnat sharoitlari sogʻliq uchun zararli boʻlgan obyektlarda xizmat qiluvchi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlanayotgan obyektlar maʼmuriyati oʻz xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilarini taqdirlashi, shuningdek, qoʻriqlash boʻlinmalarining bino va inshootlari, avtotransport vositalarini taʼmirlashi va boshqa moddiy xarajatlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek, formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, pensiya va tibbiy taʼminot bilan taʼminlanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining xodimlari va ularning oila aʼzolarini sanatoriylardagi sanatoriy-kurort davolanishini taʼminlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining shakllanadigan pul taʼminoti jamgʻarmasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimlari lavozim va maxsus unvon maoshidan hisoblangan ikki oylik maoshi miqdoridagi mablagʻlarni, ishchi va xizmatchilar ikki oylik lavozim maoshi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirgan holda ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining xodimlariga lavozim va maxsus unvon maoshidan hisoblangan bir oylik maoshi miqdoridagi, ishchi va xizmatchilariga bir oylik lavozim maoshi miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilgan holda moddiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining xodimlari hamda ishchi va xizmatchilariga budjet hisobidan taʼminlanuvchi muassasa va tashkilotlar xodimlariga belgilangan moddiy ragʻbatlantirish (shaxsiy ustama oʻrnatish va mukofotlashni amalga oshirish) maxsus jamgʻarmasini shakllantirish va sarflash tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining axborot xizmati xodimlariga, boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash bosh boshqarmasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga, yil yakunlari boʻyicha zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirgan ish natijalari belgilangan mezonlar orqali baholangan holda lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida oylik ustama toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etishning ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman(shahar) qoʻriqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * — shtat lavozimlari kelgusida qoʻriqlash xizmatini rivojlanishi, iqtisodiy samaradorligi, qoʻriqlash vositalarining foydalanilayotgan sigʻimlari va umumiy shtat birliklarining soni hisobga olinib kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** — tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimi binosida qurol va maxsus vositalarni saqlash tashkil etilganda navbatchilik qismi shtatlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** — yirik ishlab chiqarish korxonalari mavjud boʻlgan tuman (shahar)larga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim tarif razryadlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimlar nomi

YTS boʻyicha tarif razryadi

YTS boʻyicha belgilangan mehnatga haq toʻlash tarif razryadlariga koʻra lavozim maoshlariga koeffitsiyent qoʻllanilishi

1.

Yetakchi mutaxassis

9

-

2.

“Call-center” operatori

9

-

3.

Muhandis, inspektor, buxgalter, kadrlar boʻyicha inspektor

1-toifa

2-toifa

6

8

7

-

4.

Tasvirga olish operatori

1-toifa

2-toifa

4

6

5

-

5.

Ombor mudiri

6

-

6.

Muhandis

1-toifa

2-toifa

4

6

5

-

7.

Boshqaruv pulti navbatchisi, dispetcher

5

-

8.

Otryad boshligʻi

I-guruh

II-guruh

III-guruh

9

8

7

2 baravar

9.

Otryad boshligʻi oʻrinbosari

I-guruh

II-guruh

III-guruh

8

7

6

2 baravar

10.

Alohida komanda boshligʻi:

I-guruh

II-guruh

III-guruh

7

7

6

2 baravar

11.

Otryad tarkibidagi komanda boshligʻi:

I-guruh

II-guruh

III-guruh

7

6

6

2 baravar

12.

Guruh (qorovul) boshligʻi

6

2 baravar

13.

Obyektni qoʻriqlash boʻlinmasi boshligʻi:

I-sinf

II-sinf

5

4

2 baravar

14.

Starshina

6

2 baravar

15.

Ruxsatnomalar byurosi boshligʻi

6

2 baravar

16.

Ruxsatnomalar byurosi navbatchisi

3

2 baravar

17.

Kinolog

6

1,5 baravar

18.

Nazorat oʻtish punkti nazoratchisi

4

2 baravar

19.

Elektromontyor, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi elektromontyori

6

2 baravar

20.

Oʻqchi

3

2 baravar

21.

Qorovul

3

1,5 baravar

22.

Hudud farroshi

3

-

23.

Xizmat xonalari farroshi

2

-

24.

Bogʻbon

3

-

25.

Chilangar-santexnik

6

-

26.

Avtomobillar taʼmirlash boʻyicha chilangar

6

-

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2021-y., 07/21/4997/0131-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son; 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son; 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)