ILOVA
1-ILOVA
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
| 1-bosqich | Tashrif buyuruvchi | 1. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — JIEBB) yozma yoki elektron shaklda murojaat yuboradi. 2. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrif uchun JIEBBga yuboradigan murojaat xatida JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) hamda uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda, quyidagilarni ilova qiladi: JIEMga kiruvchi shaxs (shaxslar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusxasi; Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlarida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (nodavlat notijorat tashkilotlar uchun); Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (ommaviy axborot vositalari vakillari uchun); JIEMda oʻtkaziladigan tadbir (dastur)ning loyihasi. | Zarurat tugʻilganda | |||
| 2-bosqich | IIV JIEBB | JIEMga kirishga ru�sat olish toʻgʻrisida murojaat tushgan kundan boshlab u JIEBB tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi. | 15 kun mobaynida | |||
| 3-bosqich | IIV JIEBB | Murojaat ijobiy hal etilgan taqdirda, JIEMga kirish vaqti va soati murojaat qiluvchi bilan oldindan kelishiladi. | Belgilangan muddatda | |||
| 4-bosqich | IIV JIEBB | JIEMga kirish uchun ruxsat olish haqidagi murojaa� quyidagi asoslarga koʻra JIEBB tomonidan rad etilishi mumkin: qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaxslarning hayotiga jiddiy xavf paydo boʻlganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida; oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda; tashrif buyuruvchilar tomonidan yolgʻon maʼlumot taqdim qilinganda; favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi davrida. | Tashrif davomida | |||
| 5-bosqich | Tashrif buyuruvchi | Murojaat qiluvchi JIEBBning JIEMga kirish uchun ruxsatni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilishga haqli. | Norozi boʻlgan vaqtda | |||
| 6-bosqich | IIV JIEBB | Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga kirishini tashkil etish JIEBB va JIEM masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. | Tashrif davomida | |||
| 7-bosqich | IIV JIEBB | JIEM maʼmuriyati rejalashtirilgan tashrif haqida tegishli koʻrsatma olganidan soʻng uning belgilangan muddatda oʻtkazilishini tashkil etadi. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIEBB masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin. | Tashrif davomida | |||
| 8-bosqich | IIV JIEBB | Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha amalga oshiriladi. | Tashrif davomida | |||
| 9-bosqich | IIV JIEBB | 1. Respublika va mahalliy �odavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi. 2. Tashrif buyuruvchilar JIEMning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi. Bunday hollarda JIEM maʼmuriyati JIEBBni, JIEBB esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini rasmiy ravishda xabardor qiladi. | Tashrif davomida | |||
| 10-bosqich | IIV JIEBB | Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEBBga xabar beradi. | Zudlik bilan | |||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Tashrif buyuruvchi |
1. JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi�a roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar esa tegishligicha Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim. 2. Murojaatda JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) va uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilishi lozim. |
Zarurat tugʻilganda | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni besh ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun JIEBBga yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi. |
5 kun muddatda | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
IIV JIEBB |
1. JIEBB tomonidan murojaat haqidagi soʻrov xati olingandan soʻng besh kun ichida uni koʻrib chiqadi, zarur hollarda tekshiruv tadbirlarini amalga oshiradi va tashrifning maqsadga muvofiqligi belgilanadi. |
5 kun muddatda | |||
|
2. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud organlari ixtiyorida boʻlgan hollarda JIEBB tomonidan murojaat muallifining soʻrov xati tegishlicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga uch kun muddat ichida yuboriladi hamda bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga maʼlum qilinadi. |
3 kun muddatda | |||||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
IIV JIEBB |
Murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida JIEBB tashrif buyuruvchini xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli maʼ�umot yuboradi. |
5 kun muddatda | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEBBning tegishli javobini olganidan soʻng murojaat muallifiga natija haqida maʼlum qiladi. |
5 kun muddatda | |||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Tashrif buyuruvchi |
1. Murojaat qiluvchi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligidan javob xatini olganidan soʻng masala ijobiy hal etilgan taqdirda, muassasaga tashrif sanasi va vaqtini JIEBB bilan kelishadi. 2. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha) amalga oshiriladi. |
Belgilangan muddatda | |||
|
|
||||||
|
7-bosqich |
IIV JIEBB |
1. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi. 2. Tashrif buyuruvchilar JIEMga kirish qoidalarini, shu jumladan, ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, JIEM maʼmuriyati tomonidan uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi va bu haqida JIEBBga, zudlik bilan axborot beriladi. JIEBB Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligini bundan xabardor qilinadi. |
Belgilangan soatda | |||