Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 10-yanvardagi 269-V/KQ-31-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi 2737-III/KQ-593-III-sonli Qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi (bundan buyon matnda Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) tashkil etilgan edi.
Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasida jurnalistlar hamjamiyati bilan birgalikda milliy axborot sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbirlar oʻtkazdi.
Jamoatchilik kengashining ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishga hamda axborot sohasini yanada liberallashtirish va demokratlashtirishga, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga, shuningdek aholining axborotga oid madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutuvchi 2021-yil uchun moʻljallangan Ish rejasi ishlab chiqildi.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining yanada samarali boʻlishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi “Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2737-III/KQ-593-III-sonli Qoʻshma qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 664-modda) 1-ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashining 2021-yil uchun moʻljallangan ish rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-dekabr,
679-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 26-dekabr,
KQ-170-IV-son