1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqilayotganda kelgusi yilda aholining ish oʻrinlariga ehtiyoji qanday boʻlishi har bir qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini boʻyicha batafsil oʻrganib chiqilib, bunda demografik holat, jumladan aholining yoshi, kasbi, ijtimoiy ahvoli, mehnatga layoqati, ayollarning ish bilan bandligiga va boshqa koʻrsatkichlarga, hududlardagi mehnat bozorining hozirgi holati, ish joylariga muhtoj boʻlgan aholining haqiqiy soni kasblar kesimida aniqlanishiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilash, tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va boshqa materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yoʻl transporti va kommunikatsiya qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bilan uzviyligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlari 2017-yilga moʻljallangan makroiqtisodiy prognoz koʻrsatkichlari, budjet, soliq va investitsiya siyosatining asosiy yoʻnalishlari bilan chambarchas bogʻliq tarzda tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shularga asosan, Dastur doirasida hududlar va yoʻnalishlar kesimida kelgusi yilda 789,5 mingta ish oʻrni yaratilishi nazarda tutilgan. Shundan 345,3 mingtasi yangi doimiy ish oʻrinlaridir. Bundan 237,6 mingta ish oʻrni qishloq joylarida tashkil etilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 256,4 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, uy mehnatining turli shakllarini rivojlantirish orqali 35,9 mingdan ortiq kishining bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik hamda shaxsiy yordamchi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida, oʻzi-oʻzini band qilish orqali 308,6 ming nafar band boʻlmagan, ayniqsa ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ish bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olis va togʻli hududlarda tayyorlangan milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini uyushtirish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, yigʻish va qadoqlashni kengaytirish, turizm xizmatlarini, ayniqsa, ichki va ekoturizmni yanada rivojlantirish orqali 6,5 mingdan ortiq ish oʻrinlarini yaratish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp qavatli va qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylarni qurish va taʼmirlash, yoʻl transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi, qurilish montaj ishlari, loyihalashtirish hamda qurilishning boshqa yoʻnalishlarida 88,9 ming ish oʻrni yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish va ijaraga berish hisobiga 44 mingta ish oʻrni yaratilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga koʻra, yangi yaratiladigan, mavjud boʻsh va zaxira qilinadigan (kvota) ish oʻrinlariga kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining 508,8 ming bitiruvchisini ishga joylashtirish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida ish oʻrinlarini tashkil etish, ayniqsa, yangi doimiy ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi turmush darajasining barqaror, izchil oʻsishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 28-oktabrdagi “2017-yilga aholi bandligi dasturi toʻgʻrisida”gi 619-III-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Dastur maʼqullansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilgan va mavjud ish oʻrinlari kamayishi hamda yoʻqolib ketishining oldini olish uchun tegishli vazirlik, idora, tarmoq va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini jalb etgan holda taʼsirchan nazorat mexanizmini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilayotgan ish oʻrinlarining haqqoniyligini taʼminlash uchun zamonaviy elektron axborot tizimlaridan foydalangan holda yangi dastur ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning, ayniqsa, taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalangan holda ularning bandligini taʼminlashning yangi samarali shakl va uslublari joriy etilishiga qaratilgan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz aholini kasbga qayta oʻqitish hajmini kengaytirish va band boʻlmaganlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga qayta oʻqitish orqali ularning ish bilan toʻliq taʼminlanishiga erishish uchun tegishli chora-tadbirlar dasturini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorva mollari, parrandalarni boqayotgan, baliqchilik va asalarichilik bilan shugʻullanayotgan va yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiyasi bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni yanada ragʻbatlantirish va bandligi taʼminlanishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sektorni ishga joylashtirish xizmatlariga jalb qilish maqsadida rekruting (ish topish) xizmatlarini tashkil etish va rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrgangan holda “Rekruting faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlarini bajarish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining doimiy ravishda hamkorlikda ish olib borishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastur parametrlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturlari, sanoatni, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari, mahalliylashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, dehqon va fermer xoʻjaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish dasturlari va boshqa dasturlar parametrlaridan kelib chiqib, maxsus maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sanoatini, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari hamda qurilish sohasidagi korxona, tashkilotlarda mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band boʻlganlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan hamkorlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish va moliyaviy nochor korxonalarni sogʻlomlashtirish dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band boʻlganlar hamda dehqon va fermer xoʻjaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining shaxsiy yordamchi, dehqon va tomorqa xoʻjaligida hamda oilaviy tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik sohasida oʻz-oʻzini band qilganlar boʻyicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan taʼminlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor idoralar va korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tuman va shahar boʻyicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, keyinchalik egallagan kasblari boʻyicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun aniq tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirishga doir tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining aniq ish joylarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashining va ularni ishga joylashtirishning tashkil etilishini taʼminlash, bitiruvchilarning ish bilan band etilishi monitoringini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni umumlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dastur ijro etilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida jamlash, Dastur bajarilishining tahlilini olib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Qishloq va suv xoʻjaligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Markaziy banki, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalar har oyning 5 sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga muntazam ravishda tegishli maʼlumotlarni taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi dasturning ijrosi boʻyicha jamlangan tahliliy maʼlumotlarni yilning har choragi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirsin va olib borilgan ishlar yuzasidan yilning har choragi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga maʼlumot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga Dasturning bajarilishini oʻz sessiyalarida yilning har choragida tanqidiy muhokama etib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat, Iqtisodiyot, Qishloq va suv xoʻjaligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ijro uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Qaror ijro etilishining borishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (Z. Nizamxodjayev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-124-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 13-dekabrdagi SQ-124-III-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda aholi bandligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-yanvardagi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining 2016-yil 8-sentabrdagi qoʻshma majlisida aholi bandligini taʼminlash masalalari 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil II yarim yillik Ish rejasiga muvofiq, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shaharlar) hokimliklari tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yilda aholi bandligini taʼminlash Dasturi loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tuman va shaharlar kesimida, mehnat bozorining ehtiyojlari va prognozi hamda tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur yangi obyektlarni ishga tushirish, faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, qayta jihozlash va ulardan toʻlaqonli foydalanish, toʻxtab qolgan korxonalar, birinchi navbatda sanoat, xizmat koʻrsatish va servis sohalari korxonalari faoliyatini tiklash, infratuzilma, kommunikatsiya, uy-joy qurilish hajmlarini kengaytirish, kichik biznesni, shu jumladan, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish hisobiga aholi bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlari investitsiya loyihalari, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish, ularni jadal rivojlantirish uchun barcha toʻsiqlarni bartaraf etish, korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, transport va kommunikatsiya qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur tuman va shaharlar xalq deputatlari kengashlari, barcha darajadagi hokimliklar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlarining bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturdagi yangiliklar va farqlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mehnat bozorida talab va taklifni baholash boʻyicha chuqurlashtirilgan oʻrganish oʻtkazildi, barcha tuman va shaharlar uchun 2017-yilda bandlikni taʼminlashga boʻlgan ehtiyoj hamda uning tarkibi aniqlandi. Bu esa, taʼlim muassasalari (kollejlar va oliy taʼlim muassasalari) bitiruvchilarini, mehnat migrantlarini, aholining ijtimoiy zaif guruhlarini, ishsizlarni ishga joylashtirishning haqiqiy imkoniyatlari va yoʻnalishlarini aniqlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 193 ta tuman (shahar)lar uchun mehnat bozori ehtiyoji prognozlaridan kelib chiqqan holda asosiy kasblar (mutaxassisliklar) kesimida 2017-yilda aholi bandligini taʼminlash yuzasidan buyurtmalar shakllantirildi. Shu asosda tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan kollejlar bitiruvchilari, mehnat migrantlari, ishdan boʻshatilayotgan xodimlar va ishga joylashishga muhtoj boshqa shaxslar sonidan kelib chiqib aholini ish bilan taʼminlash parametrlari ishlab chiqildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida, shu jumladan kichik sanoat zonalari tashkil etish, qurilish va infrastrukturani, qishloq xoʻjaligini, xizmat koʻrsatish va servis sohasini, shundan turizmni rivojlantirish, tijorat banklarining kreditlari evaziga, tadbirkorlikni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlari tashkil etishning yoʻnalishlari kengaytirildi va alohida ajratildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, 2017-yilda aholi bandligini taʼminlashning xarajatlari, har bir tuman (shahar) uchun aholini (statsionar ish oʻrinlariga, kichik biznesda, oilaviy biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlikda, dehqon va fermer xoʻjaliklarida) ishga joylashtirishning real, muvofiq shakllari tanlab olinib, bitta ish oʻrni tashkil etish sarf-xarajatini hisobga olgan holda, barcha yoʻnalishlar va hududlar boʻyicha aniqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, ishga tushiriladigan obyektlarning joyi, ishga tushirish muddati, tarmoq boʻyicha boʻysunuvi, masʼul ijrochilar, manzilli roʻyxatlarni shakllantirish, zarur boʻladigan xarajatlar va moliyaviy manbalarini belgilash, yaratilgan ish oʻrinlari va aholini ishga joylashtirish haqidagi maʼlumotlarning haqqoniyligini (STIR — SHJPHR orqali) taʼminlash hamda Dasturning ijrosi boʻyicha tuman va shaharlar hokimliklari qoshidagi maxsus komissiyalar faoliyati natijadorligini oshirish (dasturiy choralarni muntazam koʻrib borish, loyihalarning LSʼH, TIA, tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, ularni moliyalashtirish, ish oʻrinlarini va aholini, ayniqsa kollejlar bitiruvchilari, mehnat migrantlari, aholining ijtimoiy zaif guruhlarini ishga joylashtirishni tasdiqlangan hisobini yuritish) asosida Dastur bajarilishi monitoringi boʻyicha qulay mexanizmlar joriy qilinmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, barcha tuman va shaharlarda, birinchi navbatda yoshlarni, imkoniyatlari cheklangan shaxslar va chetdan kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha zamonaviy usullarini joriy etilishi koʻzda tutilmoqda. Jumladan, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkillashtirishda tijorat banklarining, soliq organlarining, “bir darcha” xizmatining mutaxassislari jalb etiladi. Bu oʻz navbatida ishtirokchilarga kredit olish va oʻz biznesini boshlashda imkoniyat yaratadi. Dasturning yana bir yangilik tomoni, yarmarka ishtirokchilarining ish beruvchilar oldida oʻz mehnat qobiliyatini namoyish etish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun hisobot davrida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari bevosita mehnat maydonlarida tashkil etilib, bunda har xil uskunalar, gʻisht terish, boʻyoqchilik, payvandchilik va santexnika jihozlarini oʻrnatilishi namoyish qilinadi. Natijada, yarmarkalarda ishtirok etayotgan yosh mutaxassislar korxona va tashkilotlarning vakillariga oʻz mehnat qobiliyatlarini va kasbiy mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega boʻlib, ishga joylashish imkoniyati va oʻtkazilayotgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarining samaradorligi va sifatini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Dasturning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan, demografik omillar va mehnat bozorining xususiyatlarini hisobga olgan holda, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatini ishga solish, ishga joylashtirishning samarali shakllarini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks va uzviy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga muvofiq dasturning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) respublika hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish doirasida yangi obyektlarni ishga tushirish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirish hisobiga, birinchi navbatda sanoat, qurilish, xizmat koʻrsatish sohasida ish oʻrinlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) avval tashkil etilgan ish joylarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyati, imkoniyatlari va zaxiralarini ishga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bandlikning samarali shakllarini, ayniqsa kichik biznes, uy mehnati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) band boʻlmagan aholini hamda chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlarini, birinchi navbatda yoshlarni va xotin-qizlarni ishga joylashtirishga qaratilgan mehnat bozoridagi faol, aniq va maqsadli choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tuman va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida Dasturning tizimli monitoringini yuritish va amalga oshirilishini tahlil qilish, zarur boʻlgan hollarda, 2017-yilga belgilangan parametrlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturi quyidagilarga yoʻnaltirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, qurilish, xizmat koʻrsatish va servis, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va qayta jihozlash, faoliyatsiz korxonalarni tiklash boʻyicha maqsadli dasturlarini amalga oshirish hisobiga aholi bandligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash, ayniqsa qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes subyektlarini kredit va tovar-xom ashyo resurslaridan qulay foydalanishlarini taʼminlash boʻyicha qabul qilingan qonunchilikka muvofiq oilaviy tadbirkorlikni, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga kichik biznesning rolini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni va tarmoqlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlari, sanoat, xizmat koʻrsatish va servis, qishloq joylarda yakka tartibdagi qurilish va pudrat ishlarini, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infrastrukturasini, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar orqali mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va takliflarning mutanosibligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar va band boʻlmagan aholini, kollej bitiruvchilari hamda qaytib kelayotgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boshqa toifalarini ishga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan choralar “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” Qonun talablariga, bandlikni taʼminlash borasidagi davlat prinsiplariga (5, 16, 17, 18-moddalar) mos keladi. Dasturning maqsad va vazifalari, bu boradagi xalqaro talablarni (jumladan HMTning Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan, 122-sonli “Bandlik sohasidagi siyosat haqida” Konvensiya) ham hisobga oladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda dunyoda ishsizlar soni, hisob-kitoblarga koʻra, 208 mln. dan oshishini eʼtiborga olib, mehnat bozorida faol siyosat olib borish, mehnatga talabni oshirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va amaldagilarini saqlab qolish, shuningdek, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, oʻz-oʻzini bandligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 5 yil ichida yoshlar orasida ishsizlar soni yiliga oʻrtacha 800 ming kishiga ortib borayotganligini hisobga olib, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ishlayotgan yoshlarning ijtimoiy muhofazasi va mehnat kafolatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232,0 mln.dan ortiq (yoki 1990-yildan boshlab 50% dan ortiq kishi) oʻz yurtidan tashqarida yashayotganligini hisobga olgan holda mehnat migrantlarini ishga joylashishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi yoʻnalishlar Oʻzbekistonda Dasturining maqsad va vazifalariga, aholi bandligini taʼminlash va mehnat bozorini tartibga solish choralariga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. 2016-yilning oʻtgan davrida aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish natijalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi ishchi komissiyalarining tezkor maʼlumotlariga koʻra, 2016-yilning yanvar — sentabr oylarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli dasturlarga muvofiq 274,4 mingta ish oʻrinlari tashkil etildi (2016-yil yakunida 397,3 mingta tashkil etilishi kutilmoqda), shu jumladan sanoatda — 81,1 ming (130,8 ming), xizmat koʻrsatish sohasida — 51,6 ming (69,5 ming), qishloq xoʻjaligida (chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, pillachilik, uzumchilik) — 38,6 ming (54,6 ming), qurilishda — 47,5 ming (56,7 ming), ijtimoiy infrastruktura sohasida — 29,9 ming (39,8 ming);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida 25,6 ming ish oʻrni tashkil etildi (2016-yil yakunigacha 45,9 mingta). Bu oʻrinda, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni tugatish va ularni ishlab chiqarish quvvatlari va ish oʻrinlari tashkil etish sharti bilan, yangi mulkdorlarga sotish boʻyicha maqsadli “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish mexanizmlari ishga solingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish maqsadida ajratilgan mablagʻlari hisobiga 147,6 mingta kishi ish bilan taʼminlandi (joriy yil yakuni bilan 197,5 mingta kishi ish bilan taʼminlanishi kutilmoqda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrilgan faol choralar natijasida 117,1 ming kishi bandligi taʼminlandi (2016 yakunigacha 140,9 mingta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning oʻtgan davrida joylarda mehnat organlari tomonidan 199,1 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar ishga joylashtirildi, 5,2 ming nafar ishsizlar kasbga qayta oʻqitildi, 7,5 ming ishsizlar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 3,0 ming nafar ishsizlar roʻyxatga olinib, ishsizlik nafaqasi tayinlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻrsatkichlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi “Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PF-4782-son Farmoni va 2016-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkillashtirishning takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-2498-son qaroriga muvofiq mehnat organlarining tuzilmasini maqbullashtirilishi, Mehnat vazirligi tomonidan boʻsh ish joylari haqidagi maʼlumotni mamlakatning istalgan mintaqasidan onlayn rejimida olish imkonini beruvchi vakant ish joylari haqidagi maʼlumotlarning yagona bazasini joriy etilishi hamda mehnat organlari tizimi xodimlarining yalpi attestatsiyasini oʻtkazish yakuni bilan tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish natijasida erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlari boʻyicha eng koʻp ish oʻrinlari Fargʻona (77,8 ming), Samarqand (74,8 ming), Toshkent (68,6 ming), Qashqadaryo (70,2 ming) viloyatlarida tashkil etilgan. Ish oʻrinlari qolgan qismi Buxoro (58,9 ming), Namangan (55,1 ming), Surxondaryo (53,4 ming), Xorazm (49,4 ming), Qolgan ish joylari Andijon (49,2 ming), Jizzax (60,1 ming), Navoiy (34,6 ming), Sirdaryo (25,7 ming) viloyatlarida hamda Toshkent shahri (70,2 ming) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (38,7 ming) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Demografik omillar va mehnat bozoridagi vaziyatni hisobga olgan holda 2017-yilda ish oʻrinlari va bandlikni taʼminlashga ehtiyoj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi kuchining taklifi va unga talabning balansiga taʼsir qiluvchi hamda mehnat bozorida haqiqiy tendensiyalarni oʻrganish va demografik va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omillari asosida 2017-yilda bandlikka boʻlgan ehtiyoj parametrlari belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda demografik omillarning mehnat bozoriga sezilarli va bevosita taʼsiri saqlanib qoladi. Prognozga koʻra 2017-yilda mehnat resurslarining soni 18,7 mln. kishini tashkil etadi, shundan iqtisodiy faol aholi — 14,2 mln. kishi, shu jumladan 13,5 mln. kishi — bandlar, 0,7 mln. kishi — ishsizlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlariga talab qilmayotgan iqtisodiy faol boʻlmagan aholi soni 4,5 mln. kishini tashkil etadi, ulardan 1,7 mln. — ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar, 1,8 mln. — bolasi 3 yoshgacha boʻlgan davrda bola parvarishi taʼtilidagi ayollar, 1,0 mln. kishi — sogʻligining holati va oilaviy sabablarga koʻra ishga tusha olmaydiganlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shularni hisobga olgan holda ish oʻrinlariga va ishga joylashishga talab mehnat bozorida ishchi kuchini birinchi marotaba taklif etayotgan shaxslar (kollej, oliy va boshqa taʼlim muassasalari bitiruvchilari) hamda ish bilan taʼminlanishga muhtoj, band boʻlmagan aholi (ishga va daromad manbaiga ega boʻlmagan shaxslar, chet ellardan qaytib kelgan mehnat migrantlari va h.k.) hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda Oʻzbekiston boʻyicha kollejlar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni tamomlab, mehnat bozoriga birinchi marotaba 508,8 ming bitiruvchilar hamda ishga joylashishiga muhtoj 736,7 ming ishsiz fuqarolar, 145,5 ming chetdan kelayotgan mehnat migrantlari, 111,0 ming nafari tarkibiy oʻzgarishlar hisobiga boʻshayotganlar hamda 18,3 ming nafar muddatli harbiy xizmat va jazoni oʻtash joylaridan qaytayotganlar kirib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada 2017-yilda tasdiqlangan dasturlarga asosan, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash yoʻl xaritalarini amalga oshirish, boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berish va xususiylashtirish hisobiga yangidan tashkil etilayotgan muqim ish oʻrinlarida 389,3 ming kishining bandligi taʼminlash kuzda tutilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 97,6 ming kishi band boʻladi. Aholini, shu jumladan chet ellardan qaytgan mehnat migrantlarini qishloq xoʻjaligi va qurilishdagi 199,1 ming mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlariga jalb qilish — aholi bandligini taʼminlashning muhim yoʻnalishi boʻlib hisoblanadi. Shu bilan birga, oʻz oʻzini band qilish sohasida (xususan, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikda) 308,5 ming kishi mehnat faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar, korxonalarni optimizatsiyalash, bankrot qilish va tugatish, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikda 205,2 ming ta ish oʻrinlari tugatilishi hisobga olgan holda 2017-yilda ishsizlik darajasini xalqaro standartlarga koʻra maqbul boʻlgan 5-6 foiz atrofida saqlab qolishga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ish oʻrinlari talabi kasblar boʻyicha tarkibini ham hisobga olish zarur. Unga koʻra, 2017-yilda buyurtmanoma asosida ishga joylashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollejlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun talab etilayotgan kasblar boʻyicha ish oʻrinlari yaratish zarur boʻladi — tikuvchilik, toʻqimachilik, yengil sanoat sohasida (50,2 mingta), oziq-ovqat sanoati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashda (12,7 mingta); mashinasozlik va metallni qayta ishlashda (15,2 ming); energetika sohasida (11,7 ming); kimyo va neftekimyo sanoatida (8,1 ming); qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida (30,2 ming); transportda (31,4 ming), axborot-kommunikatsiya sohasida (39,5 ming); umumovqatlanish va savdo (12,5 ming); qishloq xoʻjaligida (39,1 ming); moliya sohasida (38,1 ming), taʼlim sohasida (38,0 ming); sogʻliqni saqlashda (40,2 ming) hamda tadbirkorlik sohasida (19,2 ming) va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida (62,8 mingta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish uchun, birinchi galda, kasblar boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etish — qurilish va obodonlashtirish sohasida (149,2 ming); qishloq xoʻjaligida (58,6 ming); umumovqatlanish va savdo (39,3 ming); uy-joy kommunal xoʻjaligida (34,2 ming); tikuvchilik, toʻqimachilik, yengil sanoat sohasida (29,7 ming); transportda (28,9 ming) hamda tadbirkorlik sohasida (26,4 ming).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. 2017-yilda aholini bandligining parametrlari va asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning prognoz parametrlari hududlar va yoʻnalishlar (tarmoqlar) kesimida ish oʻrinlariga va ishga joylashtirishga, ayniqsa birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni, band boʻlmagan shaxslarni, boʻshatilayotgan xodimlarni, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ish bilan taʼminlashga boʻlgan talabdan kelib chiqib aniqlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2017-yilda, quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha va hududlar kesimida aholi bandligini taʼminlash koʻzda tutilgan (ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, 389,3 ming kishining doimiy ish oʻrinlarida bandligini taʼminlash, shundan: yangi ish oʻrinlarini yaratish — jami 345,3 ming, shu jumladan, 131,1 mingtasi — sanoatda (investitsiya loyihalari doirasida), 69,5 mingta — xizmat koʻrsatish va servis sohasida, 55,8 mingta — qishloq xoʻjaligida (chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilikni rivojlantirish dasturlari doirasida), 88,9 mingta — qurilish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga 44,0 ming kishining bandligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻrsatkichlarga 2017-yilda maxsus maqsadli dasturlar — investitsiya dasturi, sanoatni ustuvor rivojlantirish dasturlari, sanoat zonalarini yaratish va ularni faoliyatini tashkil etish, qurilish tashkilotlarini rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, shu jumladan qishloq joylarda va sanoatni rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirish hisobiga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlarida maxsus industrial zonalarning faoliyat yuritishi bu yoʻnalishda yangi ish oʻrinlari tashkil etishning salmoqli omili hisoblanib, ular faqatgina bu yerda yangi ish oʻrinlarini yaratishni va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarida ish joylari sonini oshirishni taʼminlabgina qolmay, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida (transport, qurilish, ijtimoiy infratuzilmada) tarmoqlararo aloqalar uzviyligida ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish, temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish, qishloq aholi punktlarini kompleks qurilishi, tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida shaxsiy uy-joylar, muhandislik qurilmalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishiga oid investitsiya loyihalari muhim ahamiyatni saqlab qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 97,7 ming kishining bandligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mulkni, kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoyalashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bilan qabul qilingan qatʼiy choralar yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish uchun haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy qurol boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, aholini qishloq xoʻjaligi, xususan paxtachilik, gʻallachilik, pillachilikdagi, namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi, shuningdek, ishlab chiqarish, yoʻl boʻyi, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlaridagi mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlariga jalb qilish. Bu oʻz navbatida 199,1 ming kishining bandligini taʼminlash imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarini, oʻzi-oʻzini band qilishda rivojlantishda 308,6 ming nafar band boʻlmagan, ayniqsa ayollar, nogironlar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini hamda chet ellardan qaytayotgan mehnat migrantlarini ish bilan taʼminlashga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning va ish oʻrinlari yaratishning muhim shakli sifatida iqtisodiyotning turli sohalarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zaruriy qonunchilik bazasini va qulay sharoitlarni shakllantirishni taʼminlash imkonini bergan Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” Qonunida koʻzda tutilgan imkoniyatlar ishga solinadi. Bu oʻrinda, kichik biznes subyektlari uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan barcha imtiyozlar, preferensiya va kafolatlarni oilaviy korxonalarga ham tatbiq etilishi alohida eʼtiborga molik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikda ish kuchini va mehnat taqsimotini moslashuvchan qilib belgilash mumkin, mehnatni tashkil etishning bunday shakli bandlikning boshqa shakllarida iloji boʻlmaydi. Bu esa, oilaviy tadbirkorlikdagi bandlikka (ishlab chiqarishga) aholining “ishga joylashmagan” toifalarini: yosh bolali ayollar va mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan boshqa shaxslarni jalb qilish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy mehnati bilan bandlikning sezilarli qismi anʼanaviy milliy hunarmandchilik markazlari hisoblanuvchi mintaqalarida — Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Samarqand viloyatlarida, shu jumladan Buxoro, Qarshi, Namangan, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlarida hamda Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Asaka, Paxtaobod, Shahrixon, Vobkent, Gʻijduvon, Nurota, Qiziltepa, Kosonsoy, Uychi, Chortok, Chust, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Urgut, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Rishton, Xovos, Xiva, Hazorasp va boshqa tumanlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli Farmoniga muvofiq koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni maqbullashtirish, yagona yer soligʻini toʻlash va fermer xoʻjaliklarini kreditlash boʻyicha imtiyozlar, ushbu xoʻjaliklarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobiga aholini, dastavval qishloq aholisini ish bilan taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini kreditlash borasida qoʻllab-quvvatlash yuqori darajada saqlanib qoladi ushbu maqsadlarga 15,8 trln.soʻm ajratilishi prognoz qilinmoqda. Bunda, ajratiladigan imtiyozli kreditlar koʻproq mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan uzoq joylashgan qishloq tumanlarida ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan loyihalarga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha qayd etilgan yoʻnalishlar va bandlikni taʼminlash parametrlari hududlar (tuman va shahar) kesimida aniqlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan 2017-yilga moʻljallangan tarmoq bandlik dasturlarini, har bir korxona kesimida hamda avval tashkil etilgan ish oʻrinlari soʻzsiz saqlab qolinishini va barqaror faoliyati yuritishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. 2017-yilda band boʻlmagan aholi, kollej bitiruvchilari, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarni ishga joylashtirish boʻyicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil Dasturining ijrosi borasida mehnat bozorida, jumladan ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, chet ellardan qaytib kelgan mehnat migrantlari, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar, iqtisodiyotda tuzilmaviy qayta oʻzgarishlar natijasida ishini yoʻqotgan shaxslar hamda nogironlar, koʻp bolali va yolgʻiz onalar, kishi savdosi jabrdiydalari va boshqalarga ishga joylashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish kabi faol choralar amalga oshirilishi davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band boʻlmagan aholiga ishga joylashishlarida koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda ishga joylashishlarida, shu jumladan 275 ming kishiga mavjud boʻsh ish joylariga, zaxira qilinadigan va yangi tashkil etiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashishlarida, 420 ming nafar fuqaroga, shu jumladan mehnat migrantlariga — mehnat qonunchiligi, mustaqil ravishda ishga joylashish uchun joy tanlovi va boshqa masalalar boʻyicha jami 695 ming nafar aholiga bepul maslahatlar berish orqali ishga joylashishda koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadda Uychi, Paxtaobod va Qoʻshtepa tumanlarida ishlab chiqilgan yangi, mahalliy mehnat bozorlariga moslashtirilgan shakl va usullar asosida barcha tuman va shaharlardan yagona kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Jumladan: tadbirkorlarga ajratilgan yer maydonlarini inventarizatsiya qilish, foydalanilmyotgan yer maydonlarini aniqlash va ularni tuman (shahar) hokimiyati zaxira fondiga qaytarish, korxonalar balansida boʻlib, foydalanilmayotgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (mahallalar) hududidagi mavjud xizmat koʻrsatish obyektlarini oʻrganish va ularni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarish obyektlarini aniqlash va ularni tadbirkorlarga “nol” qiymatda berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tadbirkorlar bilan birgalikda har bir ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyekti boʻyicha bajariladigan ishlarning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, har bir mahalla boʻyicha ishga joylashishga muhtojlarni aniqlash va ularni ishga tushiriladigan obyektlarga ishga joylashtirishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish uchun hududiy mehnat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, ish qidirishning ixtisoslashtirilgan dasturlaridan, vazirlikning www.mehnat.uz va hududiy organlarining veb-saytlaridan foydalaniladi, va Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali http://my.gov.uz orqali faol ish qidirayotgan fuqarolarga ishga joylashishlarida koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, band boʻlmagan aholi va ishsizlarga, birinchi navbatda yoshlarga, xotin-qizlarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga kasb-hunarga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish xizmatlari koʻrsatiladi. Buning uchun Toshkent va Samarqand shaharlarida Kasb-hunarga oʻqitish markazlari (KOIKA)ning imkoniyatlari ishga solinadi. Ushbu markazlarda hamda bazaviy kasb-hunar kollejlarida ishsiz fuqarolar, mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlarini hisobga olgan holda, mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida kasb-hunarga qayta oʻqitiladi va malakasi oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga, birinchi navbatda transport, yoʻl yoqasi va ijtimoiy infrastruktura obyektlari qurilishiga, qishloq joylarda namunaviy uy loyihalari boʻyicha uy-joy qurilishi ishlariga jalb etilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar, koʻp bolali onalar, odam savdosi jabrdiydalari, mehnat immigrantlari va mehnat bozorida ish topishda qiyinchilik sezayotgan boshqa shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 104,0 mingga yaqin ish oʻrinlari zaxira (kvota) qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari ishga joylashtirishning samarali usuli hisoblanib, ularni oʻtkazishdan maqsad — ish qidirayotgan fuqarolarni taklif etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirish hamda ularga mehnat bozori, xodimlarga ehtiyoj sezayotgan korxonalar, mavjud boʻsh ish oʻrinlari asosida ishga joylashish, kasbga qayta oʻqish imkoniyatlari haqida toʻlaroq maʼlumotlarni taqdim etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda, barcha tuman va shaharlarni toʻliq qamrab olgan holda muayyan imkoniyatlarga va boʻsh ish oʻrinlari mavjud korxona va tashkilotlar va band boʻlmagan aholi, kollej va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari, qaytib kelgan mehnat migrantlari ishtirokida, 1000 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda 2017-yilda band boʻlmagan aholini ish bilan taʼminlash, ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish, ishsizlik nafaqalarini tayinlash va toʻlash, tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari va ularning xodimlarini saqlab turish uchun 44,8 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda Dastur doirasida tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlari hamda mavjud boʻsh va zaxira (kvota) qilinadigan ish oʻrinlariga 508,8 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini (ularning maʼlum qismi oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi, kasalligi, oʻlimi, mamlakat tashqarisiga chiqib ketishi va boshqa obyektiv sabablarga koʻra ishlamasliklarini hisobga olgan holda) ishga joylashtirish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yoshlar, birinchi navbatda kollejlar va litseylar bitiruvchilari bandligini taʼminlashning yangicha yondashuvlari qoʻllaniladi. Bular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, kollej va litseylarning oʻquv jarayoniga oʻquv-amaliy kurslarning ikki xil turi tatbiq etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlovchi tadbirkor sifatida oʻz ishini ochishning asosiy jarayonlari, xususan ular uchun amaldagi imtiyoz va yoshlar vakillari uchun preferensiyalar, biznes-loyiha va TIA, kredit olish, lizingga uskuna sotib olish, yer maydoni ajratish, korxonani roʻyxatdan oʻtkazish uchun zaruriy jarayonlardan oʻtish, soliqqa tortish tartiblari va h.k. oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqini hisoblash, mehnat taʼtilining miqdorlari va mehnatga oid huquqlarni himoya qilishga doir kompleks savollarga tushuntirish berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklariga biriktirilgan bitiruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan biznes-loyiha va TIAlarni himoyasini tashkil etish va ularga mikrokreditlar olish huquqini beruvchi sertifikatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir bitiruvchiga alohida INPS raqami berish va Xalq bankida jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya daftarchasini ochish, soliq organlarida jismoniy shaxslarga beriladigan STIR rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, maxsus internet portalida “OʻZ BIZNESINGNI YARAT” ruknini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan ilgari maʼqullangan va moliyalashtirilgan namunaviy koʻrinishdagi biznes-loyihalar, TIA bilan birgalikda (masalan, tikuv sexi, goʻzallik saloni, avtoservis shaxobchasi, sartaroshxona, nonvoyxona, issiqxona, uy parrandalarini yetishtirish, mebel, qurilish materiallari, uy sharoitida qandolatchilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-loyiha va TIAlarni tayyorlash uchun daromad va xarajatlar strukturasini shakllantiruvchi, aylanma mablagʻlar harakatini, zaruriy moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblovchi elektron dasturlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishini tashkil etish boʻyicha turli qoʻllanmalar, biznesni yuritish uchun qulay va tushunarli shakldagi barcha zaruriy maʼlumotlar (jadval, infografika, aniq misollar va h.k. koʻrinishida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, yoshlar oʻrtasida oʻz ishini tashkil etishga qiziqishlarini orttirish maqsadida telekoʻrsatuvlarda uzatish uchun, real sharoitlarda oʻz ishini ochgan va yuritayotgan bir yigit va bir qiz misolida, realiti-shou koʻrinishida maxsus telekoʻrsatuv tayyorlash. Ushbu realiti-shouda aniq misollarda bitiruvchida oʻzining biznes-rejasini ishlab chiqishi, biznesni tashkil etish uchun joy tanlashi, biznes-reja va TIA (TEO)ni tayyorlash, hujjatlarni (tadbirkor guvohnomasi, taʼsis shartnomasi, ustav) rasmiylashtirish, biznesni ochish uchun uning moliyaviy manbalarini aniqlash, tijorat bankida kredit olish, uskunalar tanlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish, marketing, reklama va mahsulot (xizmat) sotish va h.k.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar (mutaxassisliklar), ularning tarixi va afzalliklari hamda ushbu kasb (mutaxassislik)ning ustalari bilan intervyular, ularning mahorati darajasi va qoʻlga kiritgan yutuqlari toʻgʻrisida hikoya qiluvchi qisqametrajli filmlar yaratish va kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, moliyaviy barqaror tadbirkorlar kollej va litseylar bitiruvchilari tomonidan taklif etilgan biznes-gʻoya va loyihalar ichidan muvaffaqiyatlilarini tanlab olib, keyinchalik ularni moliyalashtirish, kafilligini va kafolatini beradi, kredit uchun oʻzining mulkini garovga qoʻyadi, biznesini rivojlantirishda boshqa yordam va koʻmagini koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, yoshlarni ishga joylashtirishda ish beruvchilar oʻrtasida va kollejlar va litseylar bitiruvchilari oʻrtasida targʻib qilish yoʻli bilan www.mehnat.uz saytining imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish. Buning uchun quyidagilar koʻzda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari bilan birgalikda mahalliy mehnat organlariga boʻsh (vakant) ish joylari va lavozimlar hamda xodimlarni ishdan boʻshatilishi haqidagi maʼlumotlarni (yirik korxonalar — majburiy tarzda, kichik korxona va mikrofirmalar — ixtiyoriy ravishda) taqdim etishi majbur boʻlgan korxona va tashkilotlar Reyestrini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
www.mehnat.uz saytining imkoniyatlari haqida mahalliy telekanallarda bepul asosda videoroliklar joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida har bir tuman va shahar kesimida maxsus chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqiladi, ularni amalga oshirilishida manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar (ish beruvchilar), kollejlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari tomonidan imzolanadigan toʻrt tomonlama shartnomalarning samaradorligini va haqqoniyligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollejlar bitiruvchilarini ishga qabul qilganlik uchun kichik korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlardan toʻlaroq foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha viloyatlar markazlarida, yirik shahar va tumanlarda salohiyatli ish beruvchilar ishtirokida ixtisoslashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan kollejlar va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga oʻz ishini boshlashlari va yuritishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat kodeksi va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” Qonunga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalarga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashning yangi imkoniyatlari ishga solinadi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari boʻyicha oʻqigan bitiruvchilarni hamda kishi savdosi jabrdiydalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining tashabbusi bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari boʻyicha oʻqigan bitiruvchilarni ishdan boʻshatilishi haqida mehnat organlarini xabardor qilish yoʻli bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellarda mehnat faoliyatini tugatib qaytib kelayotgan mehnat migrantlarning bandligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda chet ellarda mehnat faoliyatini tugatib qaytib kelayotgan 145,5 ming nafar mehnat migrantlarini ishga joylashishlarida koʻmaklashish koʻzda tutilgan. Ularning aksariyat qismi Andijon (16,7 ming kishi), Fargʻona (15,8 ming), Surxondaryo (15,1 ming), Xorazm (10,9 ming), Buxoro (10,4 ming), Samarqand (10,4 ming), Qashqadaryo (9,2 ming), Toshkent (7,8 ming), Jizzax (6,9 ming), Navoiy (5,2 mingta kishi) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda tuman va shaharlarda quyidagilarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda malaka talab etmaydigan, epizodik ishlarda ishlagan shaxslarga yashash joyi boʻyicha ishga joylashish uchun vakant ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan mehnat immigrantlariga kichik biznes korxonalarini tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlariga kreditlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan ishlab chiqarishni (xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish orqali ish oʻrinlari tashkil etish sharti bilan foydalanilmayotgan obyektlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan obyektlarni buzish natijasida boʻshab chiqayotgan yer maydonlarni ajratish va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. 2017-yilda Dastur ijrosining monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda aholi bandligi dasturi parametrlarining sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida tuman va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining elektron axborot tizimlaridan faol foydalanilgan holda Dastur ijrosining tizimli va muntazam monitoringi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosining borishi belgilangan aniq muddat davrida real vaqt rejimida tahlil qilib boriladi. Ushbu mexanizm, Dasturning hisobot davri uchun tasdiqlangan parametrlardan ortda qolayotgan korxonalar, tarmoqlar, bandlik yoʻnalishlari hamda tuman va shaharlarni aniqlash va joriy davrda Dastur parametrlarini soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda aholi bandligi dasturi ijrosining monitoringi quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturlari, sanoatni, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari, mahalliylashtirish va boshqa dasturlar parametrlaridan kelib chiqib, maxsus maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalar bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish va moliyaviy nochor korxonalarni sogʻlomlashtirish dasturlari boʻyicha — Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha — Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirilishi boʻyicha — Markaziy bank tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon va fermer xoʻjaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish dasturlari boʻyicha — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermerlar Kengashi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy mehnati (kasanachilik), hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik dasturlari boʻyicha — “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Pensiya jamgʻarmasi tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ijrosi boʻyicha umumiy muvofiqlashtirish, maʼlumotlarni jamlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish Mehnat vazirligiga yuklatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, ularning ishchi komissiyalari tomonidan muntazam ravishda, har oyda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va tarmoq jadvallari asosida, tegishli choralar qabul qilgan holda, hududiy bandlik dasturlarining bajarilishining borishini koʻrib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar faoliyatining samaradorligi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Buning uchun quyidagilar koʻzda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar tomonidan 2017-yilda oʻtkaziladigan yigʻilishlar (tuman darajasida — ikki haftada kamida bir marta, viloyat hokimligi darajasida — bir oyda kamida bir marta) jadvallarini tasdiqlash va ularni hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat vazirligining saytlarida joylashtirish. Bunda, viloyat darajasida bitta yigʻilishda kamida 2-3 ta tumandagi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha muammoli loyihalarni, tuman darajasida — kamida 10-15 ta muammoli korxonalarni ularning rahbarlarini, muammoni yechish uchun masʼullarni taklif etgan holda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalarning tasdiqlangan bayonlarini va ularni bajarish boʻyicha nazorat-rejalarni Mehnat vazirligi saytida joylashtirish, ijrosi boʻyicha monitoringini yuritish uchun komissiyalar tomonidan tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etib borilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda aholi bandligi Dasturi monitoringi natijalari va mehnat bozoridagi vaziyat Mehnat vazirligining Hayʼat yigʻilishlarida, vazirlik va uning hududiy boshqarmalarining maxsus yigʻilishlarida muntazam ravishda koʻrib boriladi, yigʻilish yakuniga koʻra barcha darajadagi hokimiyatlar va iqtisodiyot tarmoqlari xoʻjalik boshqaruvi organlariga tuman va shaharlar kesimida mehnat bozoridagi vaziyat va aholi bandligi toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda Dastur amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralar koʻrish yuzasidan taklif va tavsiyalar joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning tahlili va bajarilishi monitoringi asosida umumlashtirilgan maʼlumotlar, mavjud ortda qolishliklar, ularning sabablari va bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar bilan birgalikda har oyda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Ushbu maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining maxsus yigʻilishlarida masʼul vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar va yirik korxonalar rahbarlari va masʼullar ishtirokida muhokama etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш