04.12.2015 yildagi SQ-70-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I. Abdullayevning 2015-yilning oʻtgan davrida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab hamda muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish borasida oʻz zimmalariga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyulda qabul qilingan PF-4636-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tarkibida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tuzilganligi prokuratura organlari nazorat faoliyati kuchayishining muhim omili boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qonun hujjatlari talablarini bajarish ustidan hamda ular qabul qilayotgan huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini nazorat qilish boʻyicha taʼsirchan choralar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijro etilishi yuzasidan hisobot davrida oʻtkazilgan 17 mingdan ortiq tekshirish yakunlari boʻyicha prokuratura organlari tomonidan 115 228 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanildi, 87 094 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Davlat organlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan 19 578 ta hujjatiga protest keltirilib, keyinchalik ular bekor qilindi yoki qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilishi, uning kelib chiqishi sabablari va bunga imkoniyat berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida 20 185 ta taqdimnoma kiritildi. Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 14 406 nafar mansabdor shaxsga qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantiruv eʼlon qilindi. 66 mingdan ortiq shaxsning intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi. Qariyb 175 milliard soʻm miqdorda yetkazilgan moddiy zararni undirib olish toʻgʻrisida sudlarga 27 849 ta ariza kiritildi. 4 195 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining alohida eʼtibori fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, shu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablagʻlarning manzilliligini, shuningdek qonun bilan belgilangan imtiyozlar vakolatli organlar tomonidan berilishini taʼminlash masalalari ham prokuratura organlarining diqqat markazida boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, prokuror nazorati natijalari boʻyicha ushbu sohada 4,5 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. 5 955 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanildi, shu jumladan 467 nafar mansabdor shaxs qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirildi. Bundan tashqari, 3 747 nafar shaxsning intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilishi, 607 million soʻmdan ortiq miqdorda yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplanishi taʼminlandi, 238 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi ijrosi ustidan qatʼiy nazorat olib borilib, keksalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning sogʻligʻini saqlash, pensiya va nafaqalar tayinlash hamda ularning boshqa huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha prokuratura organlari tomonidan 11 715 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanildi. 3,7 milliard soʻmdan ortiq miqdorda yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplanishi taʼminlandi, 403 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan xorijiy investorlarning huquqlarini samarali himoya qilishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-mayda qabul qilingan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-sonli Farmoni ijrosiga alohida eʼtibor berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Farmonni ijro etish asnosida manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda 1 060 ta normativ-huquqiy hujjat inventarizatsiya qilindi, inventarizatsiya natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 31 ta qonuni va 10 ta kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadigan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida tadbirkorlikni himoya qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari natijasida 1 147 ta protest kiritildi, 77 nafar mansabdor shaxs rasman ogohlantirildi, 798 nafar shaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Tadbirkorlar foydasiga 13 milliard soʻmni undirish toʻgʻrisida sudlarga 764 ta ariza kiritildi, 6 220 nafar tadbirkorning huquqlari tiklandi, jiddiy qonunbuzilish holatlari boʻyicha 67 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuraturaning murojaatlarni telefon orqali kunu-tun qabul qilish Markaziga 8 268 ta murojaat kelib tushdi, ularning 1 598 tasi qanoatlantirilib, buzilgan huquqlar tiklandi. Bundan tashqari, prokuratura organlari tomonidan 15 845 nafar tadbirkorlik subyektlariga qonun doirasida amaliy yordam koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hisobotini tahlil qilish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qoʻyilgan fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari taʼminlanishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayevning qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash borasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (I. Abdullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishining oldini olish va uni profilaktika qilish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi prokuror taʼsir choralarining samaradorligini oshirsin, bunda mehnat, ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan prokuror nazorati kuchaytirilishiga alohida eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan nikoh yoshiga toʻlmagan shaxslar bilan nikoh tuzish holatlariga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga hamda ularning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj qatlamlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning manzilliligini, bunda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlash boʻyicha samarali amaliyotni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyulda qabul qilingan “Qonunchilik ijrosini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4636-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalar soʻzsiz bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga turli byurokratik toʻsiqlar qoʻyish, qonunga xilof ravishda aralashish hollariga barham berish boʻyicha amaliyot takomillashtirilishini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun davlat boshqaruvi organlarining, shu jumladan nazorat qiluvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-mayda qabul qilingan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalarni toʻliq bajarish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari soʻzsiz ijro etilishi hamda qabul qilingan normalar amaliyotga joriy etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi, ayniqsa davlatning yoshlarga oid siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ijodkorligi sohasida prokuratura organlarining ishtirokini faollashtirsin, shuningdek huquqiy taʼlimni va maorifni, huquqiy bilimlar targʻibotini tubdan yaxshilash borasidagi faoliyatni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlarining prokuror nazorati sohasida chet davlatlarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllash va ijro etish ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda prokuratura organlari fuqarolik jamiyati institutlari bilan har tomonlama hamkorlikni kompleks amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (I. Abdullayev) ushbu Qaror ijro etilishining borishi toʻgʻrisida 2016-yilning 10-fevraliga qadar Senatga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (B. Matmuratov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-70-III-son