13.12.2016 yildagi SQ-130-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish va ilgari surish borasida tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish, yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalarida parlamentning rolini yanada oshirish, shuningdek ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini, dasturlari va ish rejalari ijrosi nazorat qilinishini, ular rahbarlarining va masʼul shaxslarining hisobotlari muntazam eshitib borilishini tashkil etishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi etib qayta tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining markazda va joylarda amalga oshirilishi, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro huquq normalarining milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilinishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yurtimizning turistik va investitsiyaviy jozibadorligi haqida jahon hamjamiyatiga xolis axborotni yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari yuzasidan muntazam ravishda parlament eshituvlari oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarining axborotini eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm sohasida tizimli tahlil oʻtkazish, aniq mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi normativ-huquqiy, shuningdek shartnomaviy asoslarni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasining qoidalariga muvofiq davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti sifatidagi oʻrni va rolini yanada oshirish, uning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi, Oʻzbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik makonini yaratish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlari taʼminlanishiga koʻmaklashish borasidagi faoliyatda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari mamlakat mintaqalaridagi ishlar holatining oʻrganilishidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xalqaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va respublika mintaqalariga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan Senat aʼzosining soʻrovlarini yuboradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining Senat aʼzosi soʻrovlariga javoblari Qoʻmita majlisida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlarini taklif etgan holda koʻrib chiqiladi, zarur hollarda esa, Senat Kengashi muhokamasiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament eshituvlari hamda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborotini, shu jumladan parlament soʻrovlari munosabati bilan oʻtkaziladigan eshituvlar va axborotlarni eshitish yakunlari boʻyicha Senat belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonun hujjatlari va xalqaro-huquqiy majburiyatlarining ijro etilishini, davlat dasturlarining amalga oshirilishini yanada takomillashtirish masalalari, shuningdek mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning qoidalarini amalga oshirish maqsadida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasiga Qoʻmita raisi va uning xalqaro munosabatlar masalalari hamda tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari boʻyicha ikki nafar oʻrinbosari rahbarlik qilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Senat qoʻmitalari bir oy muddatda qoʻmitalarning vazifalari, funksiyalari va faoliyatini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi qoʻmitalar toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va Senat Kengashi muhokamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senat Kengashi Senat qoʻmitalarining tashkil etilayotgan va oʻzgartirilayotgan lavozimlariga nomzodlar boʻyicha masalani koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning qoidalaridan kelib chiqqan holda, Senat devoni Xalqaro aloqalar boʻlimiga qoʻshimcha 3 ta boshqaruv xodimi shtat birligi ajratilsin va uning yangi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-130-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 13-dekabrdagi SQ-130-III-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlim mudiri (1)


Boʻlim mudirining

oʻrinbosari (1)



Katta referent (2)

Referent (1)

I toifali ish yurituvchi kotib (1)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami xodimlar soni 6 ta, shundan boshqaruv xodimlari soni 5 ta.