Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2024 18.01.2021 yildagi 708-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohasini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-dekabrdagi 177-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi eng muhim voqelikka aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimiz rahbarining faoliyati davomida uchinchi marta yoʻllagan Oliy Majlisga Murojaatnomasi avvalgi yillarda boʻlgani kabi, vatanimiz taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega barcha dolzarb masalalar va oʻz yechimini kutib turgan muammolarni qamrab olgan, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, xalqimiz farovonligini yangi bosqichga koʻtarish, barkamol avlodni voyaga yetkazish va yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli vazifalarni nazarda tutuvchi yaxlit dasturiy hujjatga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadga erishish uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratish lozimligi, bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini roʻyobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanishlari uchun, ularning oʻz oldilariga katta marralarni qoʻyib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak berish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston — maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼtirof etish kerakki, soʻnggi toʻrt yil ichida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bogʻchalar soni esa 3 barobarga koʻpayib, 14 mingdan oshdi. 2020-yilda oliy taʼlimga qabul parametrlari 2016-yilga nisbatan 2,5 barobarga oʻsdi, yoshlarimizni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi. Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy oʻquv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Murojaatnomada taʼlim sohasi boʻyicha ilgari surilgan qator takliflar amaliyotga joriy etilishi, soʻnggi yillarda aniqlangan tizimli kamchilik va muammolar ham tezroq bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab berilgan vazifalarning muhim ekanligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi oʻzining nazorat-tahlil faoliyatini tashkil etishda birinchi navbatda Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarning amalga oshirilishi yuzasidan qatʼiy va har tomonlama parlament monitoringi tizimini shakllantirishi, belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishi holatini joylarga chiqqan holda oʻrganishi hamda taʼsirchan choralarni koʻrishi, shuningdek bu borada hududlarda qatʼiy parlament nazoratini amalga oshirishi zarurligi kun tartibiga chiqmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qabul qilingan qonun hujjatlari, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini va aholiga yaratilayotgan qulayliklarni keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish, shuningdek bu borada olib borilayotgan ishlarning holatiga real tanqidiy yondashgan holda mahalliy Kengashlarda doimiy ravishda muhokama qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼlim sohasini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taʼlim sohasini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament va deputatlar nazoratini amalga oshirishga doir Chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim sohasini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha parlament komissiyasiga Koʻmaklashuvchi guruh tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Parlament komissiyasi zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament komissiyasining har bir aʼzosini tegishli hududlarga masʼul etib biriktirish hamda ular tomonidan oʻz faoliyatini asosan joylarda tashkil etilishini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun parlament komissiyasi aʼzolarining aniq yoʻnalishlar boʻyicha ixtisoslashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalar hamda oʻrganish mavzulari va obyektlarini aniq taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosining borishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament komissiyasi yigʻilishlarini, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marotaba oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda muntazam ravishda oʻtkazilgan oʻrganish va monitoring natijalarini mahalliy Kengashlarda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda olib borilgan oʻrganishlar yakunlaridan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi Kengashida koʻrib chiqish uchun asoslantirilgan takliflarni tayyorlab borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taʼlim sohasini yanada rivojlantirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Parlament komissiyasi bilan kelishilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov va Devonining rahbari M. Miralimov Parlament komissiyasi tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi (K. Ernazarov) va Yuridik boshqarmasi (B. Radjabov) Parlament komissiyasining soʻroviga asosan taʼlim sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, sohaga ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
708-IV-son