Elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli ta’minlash maqsadida:
a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “CENGIZ ENERJI SAN. VE TIC A. Ş.” (Turkiya Respublikasi) (keyingi o‘rinlarda — Investor) va “Cenergo” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyasi) o‘rtasida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bog‘liq (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya loyihasi) Investor va Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi Investitsiya bitimi tuzilganligi;
b) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi o‘rinlarda — “O‘MET” AJ) va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim tuzilganligi, unga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda yagona xaridor — “O‘MET” AJga sotish majburiyatini olganligi;
“O‘MET” AJ Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi;
“O‘MET” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
3. “O‘MET” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin.
4. Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi xorijiy valyutada denominatsiyalangan tarif bo‘yicha amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga ruxsat berilsin.
6. “O‘ztransgaz” AJ “O‘MET” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolanishini ta’minlasin.
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga kreditlash, chet el valyutasidagi mablag‘larni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari chet el valyutasida kredit mablag‘lari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat berilsin.
8. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Loyiha kompaniyasiga Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarda Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlasin.
11. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish ishlarining sifati ustidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-apreldagi “Toshkent viloyatida 850 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4287-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.