4-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Mas’ullar |
|
I. Sholi urug‘chilik tizimini tashkil etish | |||||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda elita urug‘chilik xo‘jaliklarini tashkil etish. |
1. Talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish; |
2021-yil 1-fevral |
Tashabbuskorlar mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
2. Tanlov o‘tkazish orqali talabgorlarni aniqlash; |
2021-yil 10-fevral | ||||
|
3. Tegishli viloyat, tuman hokimining qarorini qabul qilish; |
2021-yil 1-mart | ||||
|
4. Urug‘chilik xo‘jaliklari maydonlariga ekinlarni joylashtirish; |
2021-yil 10-mart | ||||
|
5. Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti yoki import qilish orqali sifatli yuqori avlod urug‘larini yetkazib berish va ekish. |
2021-yil 1-aprel | ||||
|
2. |
Urug‘chilik xo‘jaliklarida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ilmiy asoslangan holda sholi urug‘larini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. |
1. Sholi yetishtiriladigan maydonlarni lazerli tekislagich bilan tekislash. |
2021-yil aprel-may |
Tashabbuskorlar mablag‘lari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov), |
|
2. Yer maydonlarini sifatli tayyorlash. |
|||||
|
3. Urug‘larni ekishda Sholichilik ilmiy tadqiqot institutining yuqori avlodli urug‘liklaridan foydalanish. |
doimiy | ||||
|
4. Sholi navlarini ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar asosida yetishtirish. |
doimiy | ||||
|
5. Sholi maydonlarini belgilangan tartibda aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish va sertifikat olish. |
2021-yil avgust-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (Vaxabov) | |||
|
6. Hosilni nes-nobud qilmay yig‘ishtirish. |
2021-yil oktabr | ||||
|
7. Urug‘lik sholini tozalash, saralash va qadoqlash. |
2021-yil noyabr | ||||
|
3. |
Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslarga urug‘lik sholiga sertifikat berish mexanizmini amaliyotga joriy etish. |
1. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslarga urug‘lik sholiga sertifikat berishga ruxsat berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. |
2021-yil 1-aprel |
Moliyalashtirish talab etilmaydi |
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (Vaxabov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Teshayev) |
|
2. Ushbu faoliyatga talabgor yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish. |
2021-yil may |
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov) | |||
|
4. |
Sholi urug‘larini yetishtiruvchi xo‘jaliklarda mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos almashlab va navbatlab ekish tizimini amaliyotga joriy etish. |
1. Mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos sholi-kuzgi bug‘doy-dukkakli ekinlarni almashlab va navbatlab ekish dasturini tuzish. Bunda, bir dalada 2 yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik. |
2021-yil mart |
Moliyalashtirish talab etilmaydi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Teshayev) |
|
2. Urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklarda almashlab va navbatlab ekish tizimini joriy etish. |
doimiy | ||||
|
II. Sholichilikda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish | |||||
|
5. |
Sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash. |
1. 2021-yilda sholi maydonlarining kamida 20 foizida ko‘chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari yordamida ekish. |
2021-yil davomida |
Tashabbuskorlar mablag‘lari hamda Davlat budjetidan 2021-yilda ajratilishi nazarda tutilgan subsidiyalar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xaitov) |
|
2. 2022-yilda sholi maydonlarining kamida 40 foizida ko‘chatlab ekish, 70 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 50 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari yordamida ekish. |
2022-yil davomida | ||||
|
6. |
Sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalar: 500 ga maydonda zovur suvlaridan foydalangan holda sholi yetishtirish; 50 ga maydonda tunda suv bermaslik usulida sholi yetishtirish; 20 ga maydonda sholini yomg‘irlatib sug‘orish usulida hamda 20 ga maydonda tuproqosti tomchilatib sug‘orish usulida yetishtirishni qo‘llash bo‘yicha tajriba sinovlarini o‘tkazish. |
1. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda suvni tejaydigan texnologiyalar orqali sholi yetishtirish bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini ishlab chiqish hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilish. |
2021-yil 1-fevral |
Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratiladigan mablag‘lar hamda tashabbuskorlar mablag‘lari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Fanlar Akademiyasi (Yuldashev) |
|
2. Ilmiy tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan loyihani moliyalashtirish. |
2021-2022-yillar | ||||
|
3. Ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida tadqiqotlar olib borish hamda natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
III. Sholichilik sohasida ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish | |||||
|
7. |
Respublikaning tuproq va iqlim sharoitlariga mos sholi navlarini yaratish, yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va urug‘chilik tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlarini olib borish. |
1. Respublikaning tuproq va iqlim sharoitlariga mos sholi navlarini yaratish, yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va urug‘chilik tizimini rivojlantirish bo‘yicha 3 — 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli loyihalar tanlovini e’lon qilish. |
2021-yil 1-fevral |
Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratiladigan mablag‘lar hamda tashabbuskorlar mablag‘lari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev) |
|
2. Tanlov mavzusiga oid ilmiy-tadqiqot loyihasini shakllantirish va unda ishtirok etish. |
2021-yil mart |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov) | |||
|
3. Loyiha doirasida tadqiqotlarni olib borish. |
2021 — 2025-yillar | ||||
|
8. |
Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarida sholining yuqori hosilli xorijiy navlarini sinash va mahalliy sharoitda urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha tajriba sinovlarini amalga oshirish. |
1. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning Xorazm filialiga viloyatning tuproq-iqlim sharoitlarida sholining yuqori hosilli xorijiy navlarini sinash va mahalliy sharoitda urug‘larini ko‘paytirishga oid maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini ajratish. |
2021-yil 1-fevral |
Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratiladigan mablag‘lar hamda tashabbuskorlar mablag‘lari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
2. Ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida tadqiqotlar olib borish. |
2021-2022-yillar |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov) | |||
|
3. Xorazm viloyatining tuproq va iqlim sharoitlariga mos xorijiy navlarini tanlash va urug‘larini ko‘paytirish. |
2021-2022-yillar | ||||
|
IV. Ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratish | |||||
|
9. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Zaruriy laboratoriya asbob-uskunalari, qishloq xo‘jalik texnikalari va agregatlari, sholi urug‘ligini saralash va qadoqlash uskunalari ro‘yxatini aniq hisob-kitoblar asosida shakllantirish. |
2021-yil 10-fevral |
Jahon banki mablag‘lari |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (Sattarov) |
|
2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida texnika va uskunalarni Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan mablag‘lari hisobidan xarid qilish. |
2021-yil davomida |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev) | |||
|
10. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialining infratuzilmasini yaxshilash. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialiga Gurlan tumani, Sholikor qishlog‘i, Chinobod MMTP hududidagi bo‘sh turgan yer maydonida ma’muriy-laboratoriya binosi qurish choralarini ko‘rish. Bunda: |
2021-yil iyul |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov) |
|
1. Viloyat hokimi qarorini chiqarish. |
fevral | ||||
|
2. Mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish. |
mart | ||||
|
3. Ma’muriy-laboratoriya binosi loyihasini ishlab chiqish va qurish. |
mart — sentabr | ||||
|
11. |
Gurlan tumanidan 200 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilishini ta’minlash. |
1. Viloyat hokimi qarorini chiqarish. |
2021-yil fevral |
Moliyalashtirish talab etilmaydi |
Xorazm viloyati hokimligi |
|
2. Gurlan tuman xokimi qarorini chiqarish |
mart | ||||
|
3. Gurlan tumanida 200 gektar sug‘oriladigan yer maydonini ajratish. |
aprel | ||||
|
V. Malakali kadrlar tayyorlash | |||||
|
12. |
Oliy ta’lim muassasalarida sholichilik yo‘nalishida talabalarni o‘qitish maqsadida qabul kvotasini oshirish. |
Toshkent Davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida sholichilik yo‘nalishida talabalarni o‘qitish maqsadida qabul kvotasini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil 15-fevral |
Oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), |
|
13. |
Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filialida Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil qilish. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filiali hamda Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil qilish choralarini ko‘rish. |
2021-yil 1-iyunga qadar |
Oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), |
|
14. |
Dunyoning sholichilikka ixtisoslashgan markazlarida (Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Filippin va boshqalar) yosh kadrlar va mutaxassislarni xorijiy grantlar asosida malakasini oshirish hamda tajriba almashishga yuborish. |
1. Yosh kadrlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarda malakasini oshirish va tajriba almashishga yuborish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va tanlash. |
2021-yil 1-aprel |
Xorijiy grantlar mablag‘lari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov) |
|
2. Xorijiy davlatlar (Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Filippin va boshqalar)da malaka oshirishi tajriba almashishga yuborishni tashkil etish. |
2021-yil davomida | ||||