ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish | |||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, saylov huquqi sohasidagi olim va mutaxassislar, xorijiy ekspertlar ishtirokida keng muhokamadan oʻtkazish, shuningdek, loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish. |
2018-yil noyabr |
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (A. Saidov), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (R. Xakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi jarayonida uning matni boʻyicha kelib tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish hamda Kodeks matnini takomillashtirish. |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (R. Xakimov), Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (A. Saidov) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritish choralarini koʻrish. |
2018-yil noyabr-dekabr |
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (A. Saidov), Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (T. Abdusattarov) |
|
II. Saylov jarayoni ishtirokchilarining elektoral madaniyatini oshirish | |||
|
1. |
Jamoatchilikni saylov qonunchiligi yangiliklari bilan keng tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mohiyati va ahamiyati, fuqarolar, jamoat tashkilotlarining saylov huquqlarini, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlarini yoritish kafolatlarini taʼminlashni nazarda tutuvchi aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish yuzasidan taklif tayyorlash va ularni Markaziy saylov komissiyasiga yuborish. |
2019-yil mart — dekabr |
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (A. Saidov), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (R. Xakimov) |
|
2. |
Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov instituti muhimligi, jamiyatda fikrlar plyuralizmi, koʻp partiyaviylikni rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirishga bagʻishlangan hududiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini oʻtkazish yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga taklif kiritish. |
2019-yil mart — dekabr |
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (A. Saidov), Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekoharakat deputatlar guruhi bilan hamkorlikda |