Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3285]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-son “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
28/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 21-iyuldagi 20/3-son qarori (roʻyxat raqami 1719, 2007-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 405-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 13-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Chiqim kassa orderi boʻyicha pul berish paytida kassir pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport, identifikatsiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat) koʻrsatishni talab qiladi, hujjatning nomi va raqamini, kim tomonidan va qachon berilganligini yozib qoʻyadi va pul oluvchidan imzosini qoʻydiradi.”;
b) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-son qarori (roʻyxat raqami 1815, 2008-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Kredit uyushmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandidagi “(pasporti maʼlumotlari)” degan soʻzlar “(shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomada:
a) 34-bandning uchinchi xatboshisidagi “pasporti” degan soʻz “shaxsini tasdiqlovchi hujjati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovadagi “Pasport seriyasi” degan soʻzlar “Shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori (roʻyxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “pasport maʼlumotlari (seriyasi, nomeri, kim tomonidan va qachon berilganligi)” degan soʻzlar “shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “pasport maʼlumotlari” degan soʻzlar “shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qarori (roʻyxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3022/1333-son) bilan tasdiqlangan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi uchinchi xatboshisidagi “pasport” degan soʻz “shaxsni tasdiqlovchi hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaning 10-ilovasidagi “Oluvchi shaxsning pasport maʼlumotlari” degan soʻzlar “Oluvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-son qarori (roʻyxat raqami 3224, 2020-yil 10-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 10/20/3224/0312-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida nizomning 92-bandi uchinchi xatboshisidagi “pasport seriyasi, raqami” degan soʻzlar “shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3385/0813-son)