Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 19-dekabrdagi SQ-199-IV-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
| T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochi | |
| Vazirlik va idoralardan | Vazirlar Mahkamasidan | ||||
| I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish | |||||
| 1. | Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. | 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda | Oliy sud, Adliya vazirligi | Yuridik taʼminlash boshqarmasi |
| 2. | Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. | 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda | Oliy sud, Adliya vazirligi | Yuridik taʼminlash boshqarmasi |
| II. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish | |||||
| 3. | Qonunning mazmun-mohiyat� va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. | 3.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda | Oliy sud, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi | Yuridik taʼminlash boshqarmasi |
| 3.2. Reja-grafikni amalga oshirish. | Reja-grafik asosida | ||||
| 4. | OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. | 4.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. | Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda | Oliy sud, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi | Yuridik taʼminlash boshqarmasi |
| 4.2. Reja-grafikni amalga oshirish. | Reja-grafik asosida | ||||