26.01.2021 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-aprelga qadar davlat xaridlari sohasidagi maxsus axborot portali operatorlari bilan birgalikda maxsus axborot portalida qurilish sohasida davlat xaridlarini elektron shaklda o‘tkazishni nazarda tutuvchi alohida sahifa yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar Markaziy axborot portalini yaratish bo‘yicha texnik-loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ekspertizadan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabrga qadar davlat xaridlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni jamlovchi va tashqi axborot tizimlar bilan o‘zaro elektron hamkorlikni ta’minlovchi Davlat xaridlari markaziy axborot portali dasturiy majmuasini (keyingi o‘rinlarda — Markaziy axborot portali) yaratish va uni kuzatishni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy axborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy axborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni ta’minlash xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hamda Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-apreldan boshlab davlat xaridlari ijrochisining muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari o‘rtasidagi axborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlari sohasidagi ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash maqsadida Markaziy axborot portali bilan elektron hamkorlikni amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ikki oy muddatda Moliya vazirligiga qurilish sohasida (loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal ta’mirlash) tanlovni (tenderni) tashkil etish va o‘tkazishda ishtirokchilar uchun talab etiladigan namunaviy hujjatlarni tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligining so‘roviga muvofiq Markaziy axborot portalini elektron hukumat tizimlari bilan integratsiyalashni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish bo‘yicha funksional talablar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini yuritish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) milliy klassifikatorining “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” bilan malumotlar almashishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish bo‘yicha funksional talablar (keyingi o‘rinlarda — Funksional talablar) “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, sohaga oid qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Funksional talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari markaziy axborot portali (keyingi o‘rinlarda — DXMAP) — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot elektron shaklda yuritilishini, shu jumladan, maxsus axborot portali operatorining (keyingi o‘rinlarda — operator) axborot tizimlari bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvi orqali davlat xaridlarining reja-jadvallari, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlarining yakunlari to‘g‘risidagi axborot, davlat xaridlari bo‘yicha statistik axborot va boshqa ma’lumotlarni o‘zining ma’lumotlar bazasida jamlanishini va ulardan barcha jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlovchi maxsus elektron platformasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot (keyingi o‘rinlarda — axborot) — davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, davlat xaridlarining reja-jadvallari, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, hujjatlarning namunaviy shakllari, xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan namunaviy shartnomalar, davlat xaridlarining yakunlari to‘g‘risidagi axborot, Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qarorlari, davlat xaridlari bo‘yicha statistik axborot va davlat xaridlari sohasiga oid boshqa ma’lumotlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot portali — operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, elektron davlat xaridlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot portali operatori — davlat xaridlarining subyektlariga xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish, maxsus axborot portaliga e’lonlarni, buyurtmanomalarni hamda davlat xaridlari va ularning yakunlari to‘g‘risidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi maxsus vakolatli yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Funksional talablar quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXMAPda axborotni shakllantirish va joylashtirish, shuningdek, uning jamoatchilikka ochiqligini ta’minlash uchun “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga hamda ushbu Funksional talablarning 2 va 3-boblari talablariga muvofiq funksional imkoniyatlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXMAPning operatorlar axborot tizimlari va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyasini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari mablag‘lari doirasida yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tartibiga muvofiq axborotni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida DXMAPda axborot majburiy tartibda jamoatchilikka havola etilishini ta’minlash, qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga o‘z funksiyalarini bajarishi uchun DXMAPdan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DXMAP O‘zbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining mas’ul xodimlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun o‘zlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda DXMAPda kuzatuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. DXMAPda joylashtirilgan axborot DXMAPda axborotni joylashtirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarning ERIsi bilan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. DXMAPda ERIni qo‘llash tartibi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga muvofiq, shuningdek, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. DXMAPga boshqa axborot tizimlaridan integratsiya asosida uzatiladigan axborot DXMAPga avtomatik tarzda joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. DXMAP bilan boshqa axborot tizimlari o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi belgilangan standart talablarga muvofiq yagona formatlar orqali hamda Elektron hukumatning ma’lumotnomalar, klassifikatorlar va yagona identifikatorlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DXMAPda axborotni joylashtirish quyidagi talablardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot elektron hujjatlarning yagona shakliga muvofiq bo‘lgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilayotgan ERIning haqiqiyligi tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilishi lozim bo‘lgan axborot qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Axborotni DXMAPda joylashtirishda ularga avtomatik ravishda DXMAP tomonidan identifikatsiya raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus axborot portalida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan axborot DXMAPda joylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. DXMAPga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. DXMAPda axborotni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va taqdim qilish funksiyalari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, ushbu Funksional talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. DXMAP quyidagi sahifalardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni joylashtirish, jamlash, qayta ishlash va tahliliy hisobotlarni shakllantirish sahifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi axborot tizimlar bilan ma’lumot almashinuvini ta’minlash sahifasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ichki audit bo‘linmalari tomonidan davlat xaridlari subyektlarining o‘z funksiyalarini qonunchilik hujjatlari talablari doirasida amalga oshirayotganligi bo‘yicha monitoring va nazorat qilish sahifasi;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini yuritish sahifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlanadigan ma’lumotlarning xavfsizligi, yaxlitligi, to‘g‘riligi va ulardan foydalana olish imkoniyatini ta’minlash sahifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan ma’lumotlarni (ma’lumotnomalar, tasniflar, normativ-huquqiy hujjatlar, sharhlar va tushuntirishlar) olish, saqlash va tarqatish sahifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilarining kasbiy mahoratga ega bo‘lishi, xodimlarning soha bo‘yicha malakasini muntazam ravishda oshirib borish uchun mo‘ljallangan ta’lim sahifasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. DXMAPda shakllantiriladigan, joylashtiriladigan va taqdim etiladigan axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. DXMAPda quyidagi axborotlar shakllantiriladi, joylashtiriladi va taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining reja-jadvallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, eng yaxshi takliflarni tanlash, tanlov va tender hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar, yakunlangan yoki bekor qilingan davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, davlat xaridlarida foydalaniladigan hujjatlarning namunaviy shakllari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari bo‘yicha statistik axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari monitoringi natijalari bo‘yicha jamlangan tahliliy hisobotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatori;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan elektron savdo maydonchalarida ro‘yxatdan o‘tgan davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari ro‘yxati;
(15-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari ijrochisining muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXMAP bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan axborot tizimlari ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilarining kelgusi yilda joriy xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun moddiy-texnik resurslar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasidagi yangiliklar, hujjatlar, o‘kuv materiallari, ma’lumotnomalar, savolnomalar, aloqa ma’lumotlari haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasiga oid boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. DXMAPda joylashtirilgan axborot jamoatchilik uchun e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. DXMAPda shakllantirilgan va joylashtirilgan barcha axborot qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. DXMAPda barcha operatorlar uchun teng ma’lumot almashinuvi imkoniyatlari yaratilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Funksional talablar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Operatorlar axborot DXMAPga o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatorini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini (keyingi o‘rinlarda — Klassifikator) yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarning maqsadi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va xalqaro klassifikatorlarga muvofiq tovarlar, ishlar va xizmatlarni tavsiflash va davlat xaridlari samaradorligini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli davlat organi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Klassifikatordan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari maqsadlari uchun tovar (ish, xizmat)ni tasniflash va kodlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat)ning batafsil tavsifini davlat xaridining reja-jadvalida, davlat xaridi to‘g‘risidagi e’londa, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining ofertasida, tanlov va tender hujjatlarida, davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomada va qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xaridlari to‘g‘risidagi boshqa axborotlarda aks ettirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni yig‘ish, hisobga olish, ishlov berish va tahlil qilishni hamda barcha manfaatdor shaxslarga undan foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning spetsifikatsiyalarini shakllantirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining boshlang‘ich narxini va loyiha xarajatlarining me’yoriy ko‘rsatkichlarini aniqlashda xolisligiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro statistika metodologiyasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqqoslash orqali statistik ma’lumotlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro elektron axborot tizimlari bilan davlat xaridlari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Klassifikatorning tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Klassifikator O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda — MST) asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuzilishiga ko‘ra Klassifikator tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlanishi, maxsus kodi va tavsifnomalaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Klassifikator maxsus kodlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSTning harfli kodi va olti xonali raqamli kodlardan iborat birinchi daraja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat)ning guruhi (tipi)dan kelib chiqib shakllantirilgan uch xonali raqamli kodlardan iborat ikkinchi daraja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat)ning standart parametrlari asosida shakllantirilgan besh xonali raqamli kodlardan iborat uchinchi daraja.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Klassifikator o‘n to‘rt raqamdan iborat va XX.XX.XX.XXX — XXXXX ko‘rinishdagi formulaga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Klassifikator kodlarining tuzilishi formulasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Klassifikatorni yuritish jarayonida tovar (ish, xizmat)ni guruhlarga (tiplarga) bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda yettinchidan to‘qqizinchigacha bo‘lgan raqamlar “0” etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovar (ish, xizmat)ning alohida tavsifnomalari vakolatli davlat organi tomonidan mavjud texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardan kelib chiqib yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovar (ish, xizmat) tasniflashining asosiy tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Klassifikator tuzilishining asosini faoliyat va tovar (ish, xizmat) turining yagonaligi tamoyili tashkil etadi, ya’ni tovar (ish, xizmat)ning har bir turi ma’lum bir iqtisodiy faoliyat turiga tegishli bo‘lishi va har bir faoliyat ushbu faoliyat natijasida yaratilgan tovar (ish, xizmat) kategoriyasiga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tovar (ish, xizmat)larni aniqlashtirish jarayonlari ketma-ket kodlarga bo‘lish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kategoriyaning kichik kategoriyalarga detalizatsiyasi tasniflash xususiyatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahsulotning asosiy tasniflash xususiyatlari mahsulotning ko‘lami, maqsadi, tarkibi, ishlab chiqarish usuli, bajaradigan vazifalaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tasniflashning bir xil darajasida joylashgan guruhlash bir-biri bilan tutashmasligi kerak, ya’ni ular o‘xshash tushunchalarni o‘z ichiga olmasligi kerak. Tasniflashning har bir bosqichida yuqori darajali guruhlashni ajratish uchun faqat bitta xususiyat ishlatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)larning nomlarini aks ettirish bo‘yicha asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomi uning asosiy parametrlarini va unga oid batafsil ma’lumotni o‘z ichiga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomidagi birinchi so‘z ot so‘z turkumida, bosh kelishik va birlikda bo‘lishi kerak, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘plikda belgilangan nomlar bundan mustasno. Nom kichik harflar bilan yozilishi va birinchi so‘z katta harf bilan boshlanishi kerak.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomini aks ettirishda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
juft ochiq joylar (probellar) qo‘yishga, nomning oxiri va boshida ochiq joylar (probellar) qo‘yishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomining oxirida va boshida tinish belgilari qo‘yishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomida “yo” harfi ishlatishga (“e” bilan almashtiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apostroflar va qavs belgilari ishlatilishiga, kiril harflari, lotin harflari va tinish belgilaridan boshqa har qanday belgilar qo‘yishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nom aniq talqin qilinishi va tovar (ish, xizmat) haqida maksimal ma’lumotni o‘z ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tovar (ish, xizmat) nomining axborot mazmuni ushbu turdagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelishi kerak (ustuvorlik kamayish tartibida): Davlat standarti (GOST), Sanoat standarti (OST), Texnik shartlar (TU), Pasportlar yoki texnik tavsiflar, ishlab chiqaruvchi kataloglari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Klassifikator vakolatli davlat organining axborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi. Klassifikatordan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari (kelgusi o‘rinlarda — Operator) axborot tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashinuvi orqali foydalanishlari mumkin. Bunda vakolatli davlat organi operatorlardan Klassifikatordan foydalanganlik uchun haq olishga haqli. Klassifikatordan foydalanganlik uchun haq vakolatli davlat organi va Operator o‘rtasida tuziladigan Kelishuvga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Klassifikator O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yuritiladi. Klassifikator boshqa tillarda ham yuritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Klassifikatorga davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Klassifikator pozitsiyalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: tovar (ish, xizmat) kodi, nomi, o‘lchov birligi, bajarilgan ish hajmi va ko‘rsatilgan xizmat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tovar (ish, xizmat)ning tavsifi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: iste’mol xususiyatlari va tovar (ish, xizmat)ning boshqa xususiyatlari, shu jumladan, funksional, texnik va sifat xususiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Miqdoriy baholashga ega bo‘lgan xususiyatlar kiritilayotganda, uning o‘ziga xos qiymati yoki muayyan qiymatlarning to‘liq ro‘yxati yoki maqbul qiymatlar oralig‘i yoki o‘zgarmas qiymatlar, shu jumladan, tovar (ish, xizmat)ga bo‘lgan talablar hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Miqdoriy baholashga ega bo‘lmagan xususiyatlar kiritilayotganda, xarid qilinayotgan obyektlarga qo‘yiladigan talablar hisobga olingan holda tovar (ish, xizmat)ning tegishli xususiyatlarining to‘liq ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Klassifikator pozitsiyalarini shakllantirish va kiritish vakolatli davlat organi tomonidan apparat-texnika vositalaridan foydalangan holda avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 2 va 5-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda) ilovaning 10, 14 — 16, 18 va 19-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda) 1-ilovaning 25 va 26-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 20-fevraldagi 50-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda) 1-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 1-apreldagi 100-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 9-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y. 16-sentabr, 37-son, 485-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi 307-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 81-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2015-yil 4-noyabrdagi 317-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibini takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 13-yanvardagi 9-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 34-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 290-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 26-martdagi 254-son qaroriga 1-ilovaning 1 va 6-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)