ILOVA
|
№ |
Tadbir nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
Qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni har bir oʻqishdan soʻng Qonunchilik palatasi veb-resurslarida tezkor eʼlon qilish | |||
|
1. |
Veb-resurslarda eʼlon qilish uchun beriladigan qonun loyihalari matnlarining va ularga doir tahliliy materiallar formatlarini standartlashtirish hamda birxillashtirish |
2019-yil 1-yanvar |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi |
|
2. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni joylashtirishning dasturiy modulini ishlab chiqish |
2019 yil 1-iyul |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi |
|
3. |
Tashqi veb-resurslarda qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni tarqatish bazasini shakllantirish |
2019 yil 1-yanvar |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati |
|
4. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining elektron hujjat aylanishi tizimi tarkibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni joylashtirishning alohida servisini shakllantirish |
2020 yil 1-yanvar |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi |
|
5. |
Qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni har bir oʻqishdan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida tezkor eʼlon qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish |
2019 yil 1-yanvardan |
Yuridik boʻlim, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzuridagi Kotibiyat, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati |
|
Taklif va mulohazalarni real vaqt rejimida yuborish imkoniyati boʻlgan holda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Qonunchilik palatasi veb-resurslari orqali ushbu jarayonlarning onlayn namoyishini amalga oshirish | |||
|
1. |
Qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etish uchun veb-studiyani shakllantirish |
2019 yil 1-mart |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati |
|
2. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etishning dasturiy modulini ishlab chiqish |
2019 yili 1-iyul |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi |
|
3. |
Qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etishdan manfaatdor boʻlgan OAVlari roʻyxatini shakllantirish |
2019 yil 1-yanvar |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati |
|
4. |
Qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini manfaatdor OAVlari tomonidan amalga oshirish borasida koʻmaklashishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish |
2019 yil 1-yanvardan |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni,Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati |
|
5. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida qonun loyihalari yuzasidan parlament muhokamalari jarayonining onlayn namoyishini tashkil etish |
2019 yil 1-iyul |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati |