Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.1998 20.05.1993 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZNEFTGAZQURILISh” DAVLAT-AKSIONERLIK BIRLAShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft va gaz sanoati obyektlari qurilishi korxonalari va tashkilotlari boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ularni ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida, respublika Hukumatining 1993-yil 14-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzneftgazqurilish” ishlab chiqarish birlashmasi qatnashchilarning 1993-yil 18-yanvardagi yigʻilishi tomonidan respublika Hukumatining qaroriga muvofiq 1-ilovaga* binoan korxonalar va tashkilotlar negizida “Oʻzbekneftgaz” Milliy korporatsiyasi tarkibidagi Oʻzbekiston neft va gaz sanoati obyektlari qurilishi (“Oʻzneftgazqurilish”) davlat-aksionerlik birlashmasiga aylantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida tuzilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi timsolida davlat, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi, davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar, birlashma tarkibiy boʻlinmalarining jamoalari va tarmoqni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan respublika va xorijiy yuridik shaxslar “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik jamiyatining qatnashchilari hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzneftgazqurilish” birlashmasining davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalari va tashkilotlari aksiyalaridagi davlatning ulushi kamida 51 foiz qilib belgilangan davlat ulushi 25 foizni tashkil etadigan “Buxoroneftgazelektrmontaj” aksionerlik jamiyatidan tashqari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi quyidagilarni amalda qoʻllaydi: davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar paketlariga muvofiq birlashma faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasi boshqaruviga berish; davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini birlashmani rivojlantirish uchun shartnoma asosida birlashmaga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmaning boshlangʻich ustav sarmoyasi birlashma chiqaradigan aksiyalarning nominal qiymatiga toʻgʻri keladi va u davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarning davlat mulki asosida tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi “Oʻzbekneftgazqurilish” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tuzilgan majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha uning huquqiy vorisi boʻlib, oʻz faoliyatini toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida, Vazirlar Mahkamasi va “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi bilan kelishilgan holda qatnashchilar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan birlashma Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida neft va gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, tashish obyektlarini uy-joy, ijtimoiy-madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari majmui bilan birgalikda qurish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz tarmogʻida qurilishning, qurilish-montaj tashkilotlari, mehnat jamoalari, birlashma barcha qatnashchilarining oʻz mehnati natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligining ishonchli tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz sanoati obyektlari qurilishi, neftni qayta ishlash, magistral gaz quvurlari yotqizish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlashni amalga oshirish, tarmoqda progressiv texnika va qurilish texnologiyasini joriy etish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda bu korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasining yuqori organi qatnashchilarning, tarkibiy boʻlinmalari va aksiyalarining nazorat paketi birlashmaning toʻla xoʻjalik tasarrufida boʻlgan korxonalar vakillarining yigʻilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashma markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tavsiya qilinsin. Birlashmaga bosh direktorning 4 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin. “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasi bosh direktorining oʻrinbosarlari maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari jihatidan vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin. Bosh direktor oʻrinbosarlari birlashma Kengashi tomonidan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar, Apparatni mablagʻ bilan taʼminlash birlashma tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasi boshqaruv apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi, 98-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-son